So’nggi yangiliklar

10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  3 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  22 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  4 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  19 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  5 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  8 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  169 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  1 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  6 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  6

Jeparov: "KXDR terma jamoasini mag'lub etish mumkin, albatta" Yangiliklar

Jeparov: "KXDR terma jamoasini mag'lub etish mumkin, albatta"

O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Server Jeparov KXDR terma jamoasiga qarshi 12 noyabr kuni o'tkaziladigan o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 110 o'yinda maydonga tushib, 23 golga mualliflik qilgan Server Jeparov eng avvalo, ushbu jamoa bilan Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi dastlabki o'yinda uchralgan mag'lubiyat haqida to'xtalib, shunday dedi: “Birinchi o'yindagi mag'lubiyat sabablari sifatida bir nechta omillarni keltirib o'tish mumkin. Avvalo, KXDRga qarshi o'yin Jahon chempionati saralashidagi ilk o'yinimiz edi. Undan tashqari maydon bilan bog'liq muammolar bor edi. Suniy maydon tabiiysidan katta farq qiladi. Bu futbol, unda har bir o'yinda ham g'alaba qozonavermaysan. “Maydon tekis, to'p dumaloq”, deyishadi-ku”.

Server KXDR terma jamoasi ustidan Toshkentdagi o'yinda g'alaba qozonish imkoniyatlari haqida ham to'xtalib o'tdi.

“Albatta, bu jamoani yutish mumkin. Biz SHimoliy Koreyani ko'p bora mag'lub etganmiz ham. Faqat bir martagina ularga mag'lub bo'ldik, adashmasam”.

O'zbekistonlik 33 yoshli futbolchi terma jamoa yig'inining ilk kunlaridanoq unda ishtirok eta boshlashiga imkon yaratib bergani uchun “Ulsan” klubi bosh murabbiyidan minnatdor ekanini ham takidlab o'tdi.

“Janubiy Koreyada chempionat yakuniga etyapti va men murabbiy bilan kelishgan holda milliy terma jamoa yig'iniga o'z vaqtida etib keldim. Bunga sharoit yaratib berishgani uchun klub mamuriyatidan minnatdorman”.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика