“Jenoa”ga kelishi kutilgan hujumchi “Yuventus” nishoniga tushdi
20 jan 2021 21:40
Yangiliklar


“Jenoa”ga kelishi kutilgan hujumchi “Yuventus” nishoniga tushdi
Kshishtof Pyontek yana A Seriyaga qaytishi mumkin, deya xabar bermoqda Corriere Torino.
Yanvar boshida polshalik forvard “Jenoa”ga qaytish ehtimoli borligini aytilgandi. SHuningdek, “Yuventus” zaxira varianti sifatida “Gerta” azosining nomzodini ko'rib chiqmoqda. Transfer amalga oshsa, qarama-qarshi yo'nalishga turinliklar safida o'zini ko'rsatolmayotgan Federiko Bernardeski yo'l olishi mumkin.
25 yoshli Kshishtof Pyontek joriy mavsum klub safida 17 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar