"Jenoa" SHevchenkoni istefoga chiqardi
15 jan 2022 17:32
Yangiliklar
"Jenoa" SHevchenkoni istefoga chiqardi
"Jenoa" Andrey SHevchenkoni bosh murabbiylikdan istefoga chiqardi.
"Klub murabbiy va uning shtabiga so'nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar uchun minnatdorchilik bildiradi", - deyiladi genuyaliklar xabarida.
45 yoshli mutaxassis qo'l ostida "Jenoa" 11ta o'yindan atigi 1tasida g'alaba qozondi - Italiya Kubogi doirasidagi "Salernitana" (1:0)ga qarshi o'yinda g'alaba.
Yana 7ta o'yin mag'lubiyat bilan yakunlandi, shuningdek mutaxassis uchta durang qayd etdi. "Jenoa" ayni damda A Seriya jadvalida 19-o'rinda bormoqda.
Fikrlar