"Jenoa" Shevchenkoni iste'foga chiqardi

Alisher
15 yanv 2022
"Jenoa" Andrey Shevchenkoni bosh murabbiylikdan iste'foga chiqardi.

"Klub murabbiy va uning shtabiga so'nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar uchun minnatdorchilik bildiradi", - deyiladi genuyaliklar xabarida.

45 yoshli mutaxassis qo'l ostida "Jenoa" 11ta o'yindan atigi 1tasida g'alaba qozondi - Italiya Kubogi doirasidagi "Salernitana" (1:0)ga qarshi o'yinda g'alaba.

Yana 7ta o'yin mag'lubiyat bilan yakunlandi, shuningdek mutaxassis uchta durang qayd etdi. "Jenoa" ayni damda A Seriya jadvalida 19-o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/GenoaCFC