"Jenoa" MYU sobiq yarim himoyachisini o'z safiga qo'shib olishi mumkin
11 jan 2022 11:10
Yangiliklar
"Jenoa" MYU sobiq yarim himoyachisini o'z safiga qo'shib olishi mumkin
Erkin agent maqomida bo'lgan portugaliyalik yarim himoyachi Luish Nani faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, futbolchi Genuyaning "Jenoa" klubi qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi.
35 yoshli portugaliyalikka shuningdek "Bolonya" ham befarq emas.
Luishning so'nggi ish joyi "Orlando" klubi bo'lgandi, u 88ta o'yinda maydonga tushib, 31ta gol va 25ta assist qayd etdi.
Fikrlar