“Jenoa” futbolchisining otasi “Roma” qarorgohiga bostirib kirdi
18 may 2021 21:05
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/638006_original.jpg)
![](/upload/storage/638006_220.jpg)
“Jenoa” futbolchisining otasi “Roma” qarorgohiga bostirib kirdi
Kecha oqshom Emiliano Skamakka “Roma” bazasiga bostirib kirdi, deya xabar bermoqda Football Italiya.
“Jenoa” hujumchisi Janluka Skamakkaning otasi o'zi nosog'lom tutgan va u erda bo'lganlarning barchasini qo'rqitib, qo'lidagi lom bilan avtoturargohdagi “Roma” xo'jayinlariga tegishli mashinalarga zarar etkazgan.
Bu vaqtda rimliklarning yoshlar jamoasi maydonda mashg'ulot olib borayotgan bo'lgan va guvohlar ularga zarar etishidan qo'rqqan. Biroq, vaziyatga policiya aralashib, salbiy oqibatlarning oldini oldi. Hozircha u nega o'zini bunday tutgani malum emas.
Janluka Skamakka “Roma” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u 16 yoshida PSJga ketgan. 22 yoshli “Sassuolo” hujumchisi hozirda “Jenoa”da ijara asosida o'ynamoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar