"Jenoa" 37 yoshli Pandevga bir yillik shartnoma taklif qildi
02 iyu 2021 18:47
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/640405_original.jpg)
![](/upload/storage/640405_220.jpg)
"Jenoa" 37 yoshli Pandevga bir yillik shartnoma taklif qildi
"Jenoa" hujumchi Goran Pandev bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Italiya klubi 37 yoshli forvardga bir yilga yangi shartnoma taklif qildi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
Pandev o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, makedoniyalik futbolchi genuyaliklar safida 2015 yildan beri o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar