Jennaro Gattuzo: "Napoli" futbolchilari mening suratimga tupursa kerak"
14 dek 2020 20:20
Yangiliklar


Jennaro Gattuzo: "Napoli" futbolchilari mening suratimga tupursa kerak"
"Napoli" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Italiya chempionati 11-turi doirasidagi "Sampdoriya" (2:1) bilan o'yindan keyin shogirdlari bilan o'rtasidagi munosabat haqida gapirdi.
Uchrashuvning 68-daqiqasida g'alaba golini urgan neapolliklar forvardi Andrea Petanya zahira o'rindig'i tomon yugurib, golni murabbiy bilan nishonlagan edi.
"O'ylashimcha, bazida futbolchilar meni yaxshi ko'rishadi. Bazan esa ertalab uyg'onishlari bilan suratimga qarab tupurishsa kerak. Men o'zim ham futbolchi edim va xafagarchiliklar bo'lib turishini inkor qilmayman. Yigitlarga yolg'on gapirmayman, ulardan hech narsani yashirmayman. O'ylaymanki, ular buni qadrlashadi", — Gattuzoning so'zlarini keltiradi Football Italia.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar