Jenas: "Sulsherning MYU bosh murabbiyi bo'lishi to'g'ri qaror emas"
20 apr 2019 11:10
Yangiliklar
Jenas: "Sulsherning MYU bosh murabbiyi bo'lishi to'g'ri qaror emas"
Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Jermeyn Jenas "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher haqida fikr bildirdi.
"Sulsherning tayinlanishi to'g'ri qaror deb hisoblamayman. Aleks Fergyuson qilgan ishni takrorlash qiyin. Gvardiola "Manchester Siti"ga kelganida u o'zi istaganini bajardi. Klopp ham shunday, uning o'z uslubi bor.
MYU ham shu ishga qo'l urishi lozim. Ularga Fergyuson ishini takrorlaydigan odam kerak emas. Jamoa yangi uslubni topishi kerak. Mourinyu harakat qildi, ammo klub unga ishonmadi" - deydi Jenas.
Fikrlar