JCHga ilk marta chiqqan terma jamoa Angliya va Belgiyadan ustun bo'lishni istamoqda
27 fev 2018 20:32
Yangiliklar


JCHga ilk marta chiqqan terma jamoa Angliya va Belgiyadan ustun bo'lishni istamoqda
O'z tarixida ilk marta Jahon chempionatida ishtirok etadigan Panama terma jamoasi bosh murabbiyi Edgar Karvaxal mundial haqida fikrlarini bildirdi.
"Mundialning bir qismi bo'lishni istagandim - orzuimga etishdim. Biz bu turnirda munosib ishtirok etish uchun katta ko'lamli ish bajardik. Endi ikkinchi orzuimni amalga oshirishim kerak - guruhdan chiqish", - dedi Karvaxal.
Panama mundialning "G" guruhidan o'rin olgan va Angliya, Belgiya hamda Tunis termalari bilan bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar