So’nggi yangiliklar

12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   0 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  0 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  0 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  7 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  10 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  6 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1

⚡️ "JCHda o'ynashni orzu ham qilmagandim. Faqat Van Gal bunday ishga qo'l ura oladi" – Rabiner saytimiz uchun maxsus Niderlandiya TJ azosi bilan suhbat o'tkazdi Yangiliklar

⚡️ "JCHda o'ynashni orzu ham qilmagandim. Faqat Van Gal bunday ishga qo'l ura oladi" – Rabiner saytimiz uchun maxsus Niderlandiya TJ azosi bilan suhbat o'tkazdi

Niderlandiya - AQSH (3:1) o'yinidan so'ng mikst-zonada bir necha niderlandiyaliklar bilan suhbat qilishga muvaffaq bo'ldim.

Masalan, Devi Klassendan 19ta pasdan so'ng urgan goli haqida so'radim.

- Ha, bu ideal gol! - deya xursand bo'ldi Klassen.

- Mashg'ulotda shunga o'xshash narsa ustida ishlaganmidingiz?

- Ha, shunaqasi bo'lgan, faqat raqib yo'q edi. Bugun o'sha raqibga qarshi uslubimizni sinadik va ular oxirgisi emas. Bunday goldan rohatlanasan.

- Gollaringiz chiroyli chiqdi, ammo o'yinning katta qismida eski gollandcha uslubda o'ynamadingiz. SHunday niyat bormi? Sizga go'zallik kerakmi?

- Kerak. Ammo natija muhimroq. Ikkisini birlashtira olamiz deb umid qilaman.

Deyli Blin esa Lui van Gal haqida, uning betoblig, jamoaning murabbiy uchun o'ynashi borasida gapirib berdi:

- Lui bizni havotir olishimizni, kasal ekanligini bilishimizni istamay tunda kasalxonaga borib kelardi. Hamma van Galni hurmat qiladi. U hech qachon o'zgarmaydi. Yuzingizga gapiradi, aldamaydi. U biz bilan ekanligidan xursandmiz. Van Gal ajoyib shaxs. Biz murabbiyimiz uchun o'ynamoqchimiz.

Suhbatimiz 203 santimetrlik gigant, mundialning eng novcha futbolchisi, kutilmaganda Niderlandiyaning asosiy tarkib darvozaboni Andris Noppert bilan cho'zildi.

Hozir uchun 28 yoshda, 2021 yilning boshida u "Gou Exed Iglz" bilan shartnoma imzolagan, uning hisobida bor-yo'g'i 16ta rasmiy o'yin bor edi.

Joriy mavsum u "Xerenven" safida barqaror o'yin ko'rsatyapti, ammo hech kim uni terma jamoa asosiy posboni bo'lishini kutmagandi. CHunki mundial startigacha u Niderlandiya terma jamoasi safida bittayam o'yin o'tkazmagandi.

- Bolaligingda jahon chempionatida o'ynashni orzu qilasan. Ammo men bilan bog'liq vaziyatda orzu ham qilib bo'lmasdi. Endi esa u ro'yobga chiqdi. Biroz omadim keldi. Har bir bahsda ishlashda va g'alaba qozonishda davom etishimiz kerak. Bu mening o'ziga xos hikoyam - deydi Noppert.

- Nima deb o'ylaysiz, van Galdan boshqasi bu ishga qo'l urgan bo'larmidi?

- Yo'q. Hech kim. Aniq.

- Bu shunchaki tush bo'lishi mumkin deb o'ylab qolasizmi?

- Yo'q. Ota-onam hayotning har soniyasidan rohatlanish kerakligini aytishgan. Gollandiyaga qaytganimdan so'ng, o'rnimga yotib, shirin damlarni eslayman. Ammo hozir bor etiborim JCH o'yinlarida. Men uchun har bir o'yin final.

- O'z hikoyangiz bilan boshqa yulduz bo'la olmagan futbolchilarni ilhomlantirib, yuqori saviyada o'ynashga yordam bera olaman deb o'ylaysizmi?

- Mening hikoyam nafaqat futbolchilar, balki boshqa soha vakillariga ham ilhom beradi deb umid qilaman. Agar o'zingga ishonib, mehnat qilishda davom etsang, o'z maqsadingga erishasan.


Igor Rabiner “Championat.asia” uchun Qatardan maxsus

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика