So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  21 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

JCH saralash. Osiyo. Navbatdagi turga 3 kun qoldi Yangiliklar

JCH saralash. Osiyo. Navbatdagi turga 3 kun qoldi

Teglar :  JCH saralashOsiyo
Noyabr oyida ham Osiyo mintaqasida JCH-2022 saralash bosqichining ikkita tur o'yinlari o'tkaziladi.

11 noyabr kuni 5-tur uchrashuvlari o'tkazilsa, 16 noyabrda 6-tur bahslari bo'lib o'tadi. SHunda biz ushbu oyda jami 12ta o'yin guvohiga aylanamiz. 

"A" guruhidagi vaziyat

Ushbu guruhda Eron terma jamoasi 10 ochko bilan peshqadamlik qilyapti. Forslar 4ta o'yindan uchtasida g'alaba qozonib, bir bor durang o'ynashdi.  Ikkinchi o'rindagi Janubiy Koreya hisobida esa 8 ochko bor. 

5-tur uchrashuvlari. 11 noyabr

Janubiy Koreya - BAA

Iroq - Suriya

Livan - Eron


Janubiy Koreya navbatdagi turni o'z maydonida o'tkazadi. Ular hali g'alaba qozonmagan BAAni qabul qilishadi. Agar BAA yana g'alaba qozona olmasa, unda bu jamoa jahon chempionatiga chiqish orzusi bilan xayrlashsa ham bo'laveradi. Guruhda oxirgi o'rinlarni egallab turgan Iroq va Suriya Qatar poytaxti Dohada o'zaro hisob-kitob ishlarini olib borsa, Eron safarda Livan mehmoni bo'ladi. 


"B" guruhidagi vaziyat

Bu guruhda Saudiya Arabistoni terma jamoasi 12 ochko bilan peshqadamlik qilyapti. 4ta o'yinda 4ta g'alaba. Avstraliya esa 9 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turgan bo'lsa, keyingi o'yinlarda borayotgan Ummon va Yaponiya hisobida bir xil 6 ochkodan bor. 

5-tur uchrashuvlari. 11 noyabr

Avstraliya - Saudiya Arabistoni

Vetnam - Yaponiya

Xitoy - Ummon


Ushbu turda bizni "dahshatli" to'qnashuv kutmoqda. Negaki hali mag'lubiyatga uchramagan Yaponiya "kengurular" yurtiga safar qiladi. Bungacha to'rtta o'yindan uchtasini o'z maydonida o'tkazgan Saudiya mana endi jiddiy sinovdan o'tadi. Albatta, Avstraliya o'z maydonida faqat g'alabani ko'zlab to'p tepishi aniq, negaki ortda Yaponiya quvib kelyapti. Lekin saudiyaliklar ham qarab turmasa kerak. 

Yaponiya terma jamoasi 11 noyabr kuni hamma o'yinlarda mag'lubiyatga uchrayotgan Vetnam maydonida o'ynaydi. Xitoy esa mezbon sifatida Ummon bilan o'ynaydi. Mezbon sifatida deganimiz boisi, uchrashuv SHarjada o'tkaziladi.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика