So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

JCH saralash oldidan. 5 sentyabrgacha nima qilamiz? Yangiliklar

JCH saralash oldidan. 5 sentyabrgacha nima qilamiz?

O'zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati 3-saralash bosqichini o'z maydonida KXDRga qarshi bahs bilan boshlaydi.

Bu o'yin 5 sentyabr kuni "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi. 5 iyuldan o'tib oldik, tez orada 5 avgust keladi va qarabsizki 5 sentyabrga ham yaqinlashib qolgan bo'lamiz.

Bugun bo'lib o'tadigan O'zbekiston Kubogi 1/8 finalning yana ikkita uchrashuvidan so'ng rasman birinchi davra yakunlanadi va avgustga qadar o'yinlar bo'lmaydi. Iyulda faqat O'zbekiston olimpiya terma jamoasi uchta rasmiy bellashuvda maydonga tushadi:

24 iyul. O'zbekiston - Ispaniya
27 iyul. O'zbekiston - Misr
30 iyul. O'zbekiston - Dominikan Respublikasi




Superliga klublari uchun ikkinchi davra 2 avgustdan boshlanadi. Yani, 14-tur o'yinlari 2-3-4 avgustga qo'yilgan. SHuningdek 6-7 va 13-14 avgust kunlariga O'zbekiston Kubogining 1/4 final uchrashuvlari belgilangan. Avgustdagi taqvimni tushunarliroq ko'rinishda keltirib o'tamiz.

2-3-4 avgust. Superliga 14-tur
6-7 avgust. O'zbekiston Kubogi 1/4 final
9-10-11 avgust. Superliga 15-tur
13-14 avgust. O'zbekiston Kubogi 1/4 final
16-17-18 avgust. Superliga 16-tur
23-24-25 avgust. Superliga 17-tur
28-29 avgust. O'zbekiston Kubogi 1/2 final

Agar tavqimda o'zgarish ro'y bermasa avgust oyidayoq Kubok finalchilari kim bo'lishini bilib olamiz. Final esa 5 oktyabrga belgilangan. SHunday qilib kelasi oy Superligada 4ta tur va Kubokning ikkita bosqich o'yinlari o'tkaziladi.

Bu degani milliy jamoa avgustda hech qanaqasiga o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaza olmaydi. Birinchidan taqvim tig'iz, ikkinchidan avgustda FIFA kunlari yo'q. FIFA kunlari 2 sentyabrdan boshlanadi va 10 sentyabrga qadar davom etadi.

Superligada 17-turning oxirgi o'yini 25 avgust kuni bo'lib o'tishini hisobga olsak, mahalliy futbolchilar 26-27 avgustdan terma jamoa jamoa bazasiga yig'ilishi mumkin, shunda ham Kubokning yarim final bosqichida o'ynaydiganlar terma jamoaga kela olmaydi.




Katta ehtimol bilan legionerlar 2 sentyabrdan terma jamoa tarkibiga qo'shilishni boshlaydi. Uch kunlik mashg'ulot va qarabsizki ilk rasmiy o'yin. O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH saralash 3-bosqichidan o'rin olgan dastlabki bahsni 5 sentyabr kuni o'z maydonida KXDR (SHimoliy Koreya)ga qarshi o'tkazadi. 10 sentyabr kuni esa Bishkekda Qirg'iziston mehmoni bo'lamiz. Vaziyatdan kelib chiqqan holda har ikkala rasmiy o'yinni o'rtoqlik uchrashuvisiz o'tkazishimizga to'g'ri keladi.

P.S. Mavzuga doir keyingi maqola dastlabki raqib - KXDR haqida bo'ladi.

X.Xoliqov


Muallifning oldingi maqolalari 

Hal qiluvchi saralash oldidan: Uyda boshlab uyda tugatish ustunlik beradimi?         

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика