JCH saralash. 3 iyun kuni bizni kutayotgan o'yinlar
31 may 2021 16:26
Yangiliklar
JCH saralash. 3 iyun kuni bizni kutayotgan o'yinlar
SHu kuni 8ta guruhdan ikkitasida o'yinlar o'tkazilmaydi. Qolgan guruhlarda esa jamoalar bir necha oylik tanaffusdan so'ng yana kurashga kirishishadi.
"D" guruhida o'z o'yinlarini o'tkazayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi saralash bahslarini 7 iyundan davom ettiradi. SHu kuni vakillarimiz Singapur terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Quyida 3 iyun kuni bo'lib o'tadigan bellashuvlar taqvimini keltirib o'tamiz.
"A" guruhi. O'yinlar qaerda bo'lishi hozircha to'liq malum emas
Filippin - Guam
Xitoy - Maldiv
"B" guruhi. O'yinlar Quvaytda bo'ladi
Avstraliya - Quvayt
Nepal - Xitoy Taypeyi
"C" guruhi. O'yinlar Bahraynda bo'ladi
Eron - Gonkong
Bahrayn - Kambodja
"D" guruhi. O'yinlar Saudiya Arabistonida bo'ladi
Falastin - Singapur
"E" guruhi. O'yinlar Qatarda bo'ladi
Bangladesh - Afg'oniston
Hindiston - Qatar
"F" guruhi. O'yinlar Yaponiyada bo'ladi
3 iyunga o'yin qo'yilmagan.
"G" guruhi. O'yinlar BAAda bo'ladi
Tailand - Indoneziya
BAA - Malayziya
"H" guruhi. O'yinlar Janubiy Koreyada bo'ladi
3 iyunga o'yin qo'yilmagan
Fikrlar