So’nggi yangiliklar

19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  9 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  4 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  4 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  5 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  5 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  105

JCH-2026 qanday bo'ladi? 48ta terma jamoa, guruhda ehtimoliy penaltilar seriyasi va ikkita mini-turnir formati Yangiliklar

JCH-2026 qanday bo'ladi? 48ta terma jamoa, guruhda ehtimoliy penaltilar seriyasi va ikkita mini-turnir formati

Barchasini keyingi yil hal qiladi.

18 dekabr kuni JCH-2022 yakunlandi, endi keyingi turnir haqida o'ylash vaqti keldi. U 2026 yilda AQSH, Kanada va Meksika davlatlarida bo'lib o'tadi. Va o'sha mundial aniq tarixiy bo'ladi, sababi JCHda ilk bor 48ta terma jamoa ishtirok etadi.



O'zgarishlarning asosiy sabablari: futbolni ommalashtirish (yana 16 mamlakat JCHdagi ishtirokni nishonlaydi) va moliyaviy foyda.


Kengayish kvotalarga qanday tasir qiladi?


Tabiiyki, jamoalar sonining umumiy o'sishi bilan barcha qita konfederaciyalari vakillari ham o'sib boradi.


Osiyo: 8ta terma jamoa (oldingi kvotaga 4ta qo'shiladi).

Afrika: 9ta (+4).

SHimoliy, Markaziy Amerika va Karib dengizi mamlakatlari: 6 (+3).

Evropa: 16 (+3).

Janubiy Amerika: 6 (+2).

Okeaniya: 1 (+1).


Yana 2ta o'rin qitalararo o'tish o'yinlarida o'ynaladi.



Agar JCH-2022 saralashi misolida ko'rsak, turnir tarkibi bunday (46 jamoa o'tish o'yinlarisiz) bo'lishi mumkin edi:


Afrika: Kamerun, Marokash, Senegal, Gana, Tunis (tanlangan) + Kongo DR, Misr, Mali, Nigeriya (oshirilgan kvotalar orqali tanlanishi mumkin edi).

Osiyo: Avstraliya, Eron, Yaponiya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya + Iroq, BAA.

SHimoliy, Markaziy Amerika va Karib dengizi mamlakatlari: Kanada, Kosta-Rika, Meksika, AQSH + Yamayka, Panama.

Evropa: Belgiya, Xorvatiya, Daniya, Angliya, Franciya, Germaniya, Niderlandiya, Serbiya, Ispaniya, SHveycariya, Polsha, Portugaliya, Uels + SHimoliy Makedoniya, SHveciya, Ukraina.

Okeaniya: Yangi Zelandiya.

Janubiy Amerika: Argentina, Braziliya, Ekvador, Urugvay + Peru, CHili.


Turnir qanday formatda bo'lishi mumki?


Bu hali nomalum.

FIFAning global rivojlanish bo'yicha rahbari Venger muhokama qilinayotgan formatlarni malum qildi: "Uchta variant bor: 3ta jamoadan 16ta guruh, 4ta jamoadan 12ta guruh va 24 jamoadan 2ta mini-turnir. Qaror FIFA kengashining kelasi yilgi yig'ilishida qabul qilinadi".

• ESPN birinchi variant haqida to'liq yozdi: 16 guruhli format bo'yicha JCH 2017 yilning yanvarida ishtirokchilar sonini oshirishni qabul qilishganida kelishib olingandi.

Bu holda o'yinlar soni 64tadan 80taga ko'payadi, ammo FIFA turnir uchun odatiy bo'lgan 32 kunni (Qatardagi JCH-2022 Evropadagi klublar mavsumi sabab 29 kunda o'tdi) davom ettirishni rejalashtirmoqda.



Har bir guruhda har bir konfederaciyadan maksimum bitta jamoa bo'lishi taxmin qilinmoqda. Evropadan 16 jamoa tanlanishi sabab, ularning har biri alohida guruhlarda bo'ladi.

Pley-off 1/16dan boshlanadi, unga har bir guruhda dastlabki ikki o'rin chiqadi. Qo'rquv yo'q emas – guruh bosqichining final o'yinida ishtirok etadigan jamoalar ikkisiga ham mos keladigan natija uchun o'ynashi mumkin.

The Athletic malumotiga ko'ra, FIFA bu narsaning oldini olish uchun 2026 yildan boshlab JCH guruh bosqichida ochkolar tengligi va kelishilgan o'yinlarning xavfini kamaytirish uchun penaltilar seriyasini joriy etishni ko'rib chiqqan.

• Ikkinchi variant – 4ta jamoadan 12ta guruh. pley-offga har bir guruhdan dastlabki ikki o'rin chiqadi + 8ta eng yaxshi uchinchi o'rin: yakunda 32 jamoa uchun 1/16 final.

• Uchinchi variant – 24ta jamoadan 2ta mini-turnir. Har bir mini-turnirda 4ta jamoadan 6ta guruh bo'ladi, pley-offga esa Evro formulasida chiqiladi (har bir guruhdagi dastlabki ikki jamoa + eng yaxshi 4ta 3-o'rin egasi), mini-turnir g'oliblari asosiy finalda uchrashishadi.



O'yinlar soni deyarli ikki baravarga ko'payadi. JCH-2022da 64ta o'yin ko'rdik, bu erda esa 104ta bahs talab qilinadi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика