So’nggi yangiliklar

01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  2 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  5 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  5 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  7 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  9 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1

JCH-2022 yarim final. Argentina - Xorvatiya prevyusi Yangiliklar

JCH-2022 yarim final. Argentina - Xorvatiya prevyusi

2022 yilgi Jahon CHempionati yarim final bosqichiga etib keldik. Qiziqarli kechgan nim chorak va chorak finaldan so'ng musobaqaning hal qiluvchi bosqichida 4 ta jamoa qoldi.

18 dekabr sanasida kubokni boshi uzra baland ko'tarishga ko'z tikkan ko'plab yulduzlar, yuqori darajali futbolchilar va ajoyib tarkiblar shu erda. Ular qolganlardan munosibroq ekanliklarini isbotlashdi.

Yarim final bugun chorshanbaga o'tar kechasi Xorvatiya va Argentina termalari o'rtasidagi o'yin bilan start oladi, so'ngra oradan bir kun o'tib amaldagi Jahon chempioni Marokashga qarshi maydonga tushadi. Ushbu o'yinlar boshlanishidan avval har bir jamoaning finalga chiqish imkoniyatlari va hal qiluvchi o'yinchilar haqida fikr-mulohazalarni etiboringizga havola etamiz.

Seshanba, 00:00, “Lusail” o'yingohi. Argentina - Xorvatiya.


Ular yaqin orada uchrashganmi?

 

Bu ularning mundiallardagi uchinchi to'qnashuvi bo'ladi. 1998 yilgi guruh bosqichida bo'lib o'tgan o'yinda Argentina 1:0 hisobida zafar quchgan. 2018 yilda esa Xorvatiya raqibini 3:0 hisobi bilan dog'da qoldirgan.


Nega Xorvatiya finalga yo'l oladi?


Terma jamoa  murabbiyi Zlatko Dalich chorak finalda Braziliya ustidan penaltilar seriyasida g'alaba qozonilganidan so'ng ularning “jangovar ruhi” haqida qo'p gapirdi. Bu statistika va malumotlar bilan baholab bo'lmaydigan narsa bo'lsa ham argentinaliklarni eng ko'p tashvishlantirayotgan xusisiyat ekani aniq.

Xorvatiya har qanday vaziyatda o'yinda qolish kabi fantastik qobiliyatga ega. Ularning yarim himoyadagi uchligi - Luka Modrich, Mateo Kovachich va Marcelo Brozovich to'p boshqaruvida maydonning kattagina qismini nazorat qilishadi. Xorvatlar himoyalanishga kelganda tirishqoq va tartibli o'yin namoyish etadi.

Argentina, hatto Lionel Messi bilan birga, Xorvatiyaning tartibini buzishi juda qiyin bo'ladi. O'yin qanchalik uzoq davom etsa, Evropaliklarning ishonchi shuncha o'sib boradi. Yirik turnirlarning pley-off bosqichlarida so'nggi 9 o'yinning 7 tasida qo'shimcha taymlarga qadar borgan Xorvatiya Qatarda Yaponiya va Braziliyani penaltilarda turnirdan chiqarib yubordi. 2018 yilda ham ular finalga qadar yo'l olib, yo'l-yo'lakay Rossiya va Daniyani “otishma”da mag'lub qilgan edi.

Xorvatiya Argentina va Messida vahima uyg'otish uchun etarlicha vaqt ularning o'yinini buzishga urinadi va shundan so'ng bundan foydalanib ustunlikni qo'lga olishga intiladi. Ularning so'nggi ikki Jahon CHempionatlaridagi natijasi bu yaxshi tuzilgan reja samarasi ekanidan dalolat beradi. Ular Braziliyani taslim qila olgan ekanlar, buni Argentina bilan ham amalga oshirishlari mumkin.


Nega Argentina finalga yo'l oladi?


Buning bari taqdirda nima yozilganiga bog'liq bo'lib qolmoqda. Bu deyarli shubhasiz, Lionel Messining Jahon CHempionatida g'olib bo'lish uchun so'nggi imkoniyati bo'ladi. Leo o'zining yorqinliga va kuchli shaxsiyati orqali Argentinani shu bosqichga qadar etakladi. Tushunarliki, Messi o'zining eng yuqori darajadagi holatida emas, u avvalgi kabi tezkor va g'ayratli emas, biroq 35 yoshida u hali ham bir o'zi o'yin taqdirini hal qilib yuborishga qodir.

Uning Avstraliya va Meksikaga urgan gollari terma jamoani katta g'alabalar sari yo'llagan bo'lsa, Niderlandiyaga qarshi o'yinda Nauel Molina tomon oshirgan betakror to'pi mundialning eng yorqin lahzalaridan biri bo'ldi va yarim final yo'llanmasiga ega chiqishda jamoaga katta yordam bo'ldi.

Messi turnir davomida butun o'yinni deyarli barchadan yaxshiroq nazorat qilayotgan Xorvatiyani engish uchun biror “sehrli” narsa topishi kerak bo'ladi. 2018 yilgi mundial finalchilari juda tirishqoq va mag'rur jamoa bo'lib xuddi Messi kabi o'yinga jiddiy tasir o'tkazadigan Modrichdek etkachiga ega. Ammo bu safar Argentinaning natijasi taqdir huqmida bo'ladi, shekilli.


Necha Xorvatiya finalga chiqa olmaydi?


Argentinaning Xorvatiya to'sig'idan o'tib finalga yo'llanma olishining eng asosiy sababi shundaki, oddiy qilib aytganda, ularda yaxshiroq futbolchilar bor. Argentina va Messi Qatarga Jahon CHempioni unvonini qo'lga kiritish uchun kelgan, Xorvatiya va Modrichni esa guruh bosqichidan chiqishning o'zi o'ylantirayotgan edi. Maydonda murabbiylar jangi kechadi. Kimda bu borada chuqur iqtidor bo'lsa va vaziyatdan kelib chiqib to'g'ri qarorlar bera olsa, o'yin taqdirini hal qila oladilar.

Guruh bosqichida Kanada darvozasiga to'rtta gol yo'llagan Xorvatiya qolgan to'rtta o'yinda bor-yo'g'i raqib posbonini ikki bor ranjitdi. Braziliyaga qarshi bahsning 116-daqiqasida o'yindagi ilk aniq zarbadan gol urildi. Xorvatiya mana shu statistikani o'zgartirishga ham urinishi kerak bo'ladi.

2018 yilda ular finalgacha ajoyib o'yin ko'rsatib etib borishdi. Biroq finaldagi raqib Franciya mutlaqo o'zgacha to'siq edi. Ularga qarshi hech narsa ishlamadi. Xorvatlar 65 daqiqa ichida 4 ta to'p o'tkazib yuborishdi. Ular nim chorak, chorak va yarim final bosqichlarida 120 daqiqadan o'ynaganliklarini inobatga olsak, bunga ajablanmasa ham bo'laveradi.

Yaponiya va Braziliyaga qarshi o'yinlarda qo'shimcha taymlar va penaltilardan so'ng Xorvatiyaning Argentina bilan o'yinda to'xtab qolish xavfi bor. Ayniqsa, etarlicha holdan toygan evropaliklarga qarshi Lionel Skaloni zaxira o'rindiqlariga o'girilib, bir qator xalqaro darajadagi kuchli o'yinchilarni maydonga tashlasa, Xorvatiya ilojsiz holatga tushib qolishi mumkin.


Nega Argentina finalga chiqa olmasligi mumkin?


Birgina Messini tarkibdan chiqarib tashlang Argentina qanchalik cheklanganiga guvoh bo'lasiz. Ajoyib o'yinchilarni etishtirib chiqargan mamlakat uchun Messini jahon darajasida qo'llab-quvvatlash etishmayotgani ko'rinib qolmoqda. Xulian Alvares, Enco Fernandes va Aleksis Mak Allisterlar Qatardagi Jahon CHempionatida yaxshi o'yin ko'rsatishmoqda, biroq bu chempion bo'lish uchun etarli emas. Argentina Serxio Aguero va Gabriel Batistuta kabi buyuk hujumchilari bilan hozir ko'prog'iga erisha olar edi. Leo Messi darajasida va shunga yaqin bo'lgan o'yinchilar soni kamayib bormoqda.

Argentinaning tezkorligi va ijodkorligi hozirgacha katta muammo tug'dirmadi ammo turnir hal qiluvchi pallaga kirib borar ekan, mayda tafsilotlar ham muhim bo'lib qoladi. Ular Xorvatiyani taslim qilish uchun qo'shimcha nimadir o'ylab topishlari kerak bo'ladi.

Lionel Skaloni shogirdlari Modrichning maydon markazidagi to'p bilan harakatlanish hukmronligini cheklash yo'lini izlashlari lozim bo'ladi. Bu Xorvatiyaning deyarli barcha raqiblari uchun bir xil qiyinchilik bo'lib, uni uddalay oladiganlar kam bo'ldi. Bu o'yin Argentina Modrichni to'xtata oladimi yo'qmi, shuningdek, ular Messini jalb qilmagan holda Xorvatiyaga qanday xavf tug'dira olishiga bog'liq bo'lib qolmoqda.

Mansurbek Nematov tarjimasi

Original manba

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика