So’nggi yangiliklar

23:03Февзи Давлетов: “Мағлубиятга лойиқ эмасдик”  3 22:53Ўйиндан ўқ чиқди, "Арсенал"нинг 3 кунлик футболчиси 3 ҳафтага сафдан чиқди  2 22:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" - "Навбаҳор", Ибрагимов ва Чераннинг хатоси қимматга тушди  15 22:11Ўзбекистон Кубоги. "Андижон" - "Сурхон" 0:0 (пенальтилар серияси 5:4)  5 22:04Ўзбекистон кубоги. Бир киши кам бўлиб қолган "Навбаҳор" пенальтилар сериясида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  262 21:55Ўзбекистон кубоги. "Андижон" тарихий оқшомда "Сурхон"ни мағлуб этиб финалга чипта қўлга киритди  45 21:34БАА. ОЧЛ амалдаги ғолибига қарши ўйинда Ғаниев жамоасидан супер камбэк!  0 21:10"Челси" ҳужумчиси рекорд суммага сотилади  0 20:48Эронда легионерларимиз дербиси бўлади!  1 19:48Расман: Англия терма жамоаси дарвозабони "Саутгемптон"га ўтди  4 19:20Клопп дўстини қўллаб-қувватлаш учун Паралимпия Ўйинларига борди  2 18:53Конференциялар Лигасига қура ташланди: "Челси" Қозоғистонга боради, "Бетис" Молдовага сафар қилади  0 18:35Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси U-20 Осиё Кубоги саралаш баҳсларида қатнашиш учун Хитой Тайпейига йўл олади  0 18:06Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  10 17:55"Пахтакор" ва "Навбаҳор" "Жар"га етиб келди  4

JCH-2022 saralashini yomon boshlamagan Yaman terma jamoasi haqida Yangiliklar

JCH-2022 saralashini yomon boshlamagan Yaman terma jamoasi haqida

Ertaga, 10 oktyabr kuni JCH-2022 saralashi doirasidagi O'zbekiston - Yaman uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'quvchilarimiz etiboriga Yaman terma jamoasi haqida malumotlar beramiz. Yaman davlati 1990 yilga qadar ikkiga ajralgan holatda edi. 1990 yilga qadar SHimoliy Yaman hamda Janubiy Yaman alohida terma jamoalar sifatida musobaqalarda ishtirok etib kelishgan. Mamlakat birlashgach hozirgi Yaman terma jamoasi tashkil etilgan, hamda u SHimoliy Yamanning merosxo'ri sifatida qayd etilgan. Yaman terma jamoasi U-17 va U-20 jamoalaridan farqi ravishda o'z tarixida hech qachon Jahon chempionatiga chiqa olmagan.

Yamandagi siyosiy vaziyat tufayli 2015 yildan buyon mahalliy chempionat o'yinlari o'tkazilmayapti. SHu sababli ham terma jamoaning ko'plab futbolchilari Qatar klublarida faoliyat olib borishadi.



OSIYO KUBOGI-2019
Osiyo Kubogidagi debyut esa 2019 yilda sodir bo'ldi. Efiopiyalik murabbiy Abraham Mebratu boshchiligidagi yamanliklar Filippin, Tojikiston va Nepal kabi jamoalar o'rin olgan guruhda ikkita g'alaba va to'rtta durang qayd etib, Filippin bilan birgalikda BAAda o'tadigan Osiyo Kubogi final bosqichiga chiqdi. Biroq qita chempionati boshlanishiga oz qolganida Mebratu istefoga chiqarilgan va uning o'rniga slovakiyalik Yan Kochian bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Aynan Kochian jamoani Osiyo Kubogida boshqardi. Qita birinchiligida Yaman Eron, Iroq va Vetnam bilan bir guruhdan joy oldi. Dastlabki turda Erondan 0:5 hisobida mag'lubiyat qabul qilib olindi. So'ngra Iroqqa 0:3 hisobida imkoniyat boy berildi. Guruh bosqichining so'nggi turida Vetnamga 0:2 hisobida yutqazgan Yaman o'z uyiga bironta gol ura olmay qaytishga majbur bo'ldi. Yan Kochian musobaqa yakunlangach terma jamoadan ketdi.

G'ARBIY OSIYO CHEMPIONATI
Yaman JCH-2022 saralashiga boshlanishidan avval Iroqda tashkil etilgan G'arbiy Osiyo chempionatida qatnashdi. Ushbu musobaqada terma jamoani mahalliy murabbiy Sami Hasan Al Nash boshqardi.

Etiborlisi ushbu mutaxassis terma jamoaga to'rtinchi bor bosh murabbiy etib tayinlandi. Birinchi bor Al Nash 2009 yil yanvar oyidan oktyabrga qadar Yamanni boshqargandi. So'ngra 2012 yil yanvardan sentyabrgacha ishlagan. Uchinchi marta 2013 yil aprel oyidan dekabr oyiga qadar Yaman ustozi bo'lgan.

G'arbiy Osiyo chempionatida bo'lajak raqibimiz o'rtacha ishtirok etdi. Dastlabki turda o'tgan oy bizga "tarsaki bergan" Falastinga 0:1 hisobida imkoniyat boy berildi. So'ngra Suriya bilan durang qayd etildi - 1:1. Yamanliklar safida yagona golni Muhsin Qaravi raqib darvozasiga urdi. Uchinchi turga kelib Al Nash shogirdlari Livan ustidan 2:1 hisobida g'alabaga erishishdi. Emad Mansur hamda Abdulvasea Al Matari livanliklar darvozasini ishg'ol qildi. Guruh bosqichining oxirgi turida musobaqa mezboni Iroqqa 1:2 hisobida yutqazgan Yaman 4 ochko bilan beshta jamoa orasida uchinchi o'rinni band etdi. So'nggi turda ham Al Matari o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishga erishdi.


JCH-2022 SARALASHI
Yaman Jahon chempionati saralashini o'zi uchun juda ham muavaffaqiyatli boshladi desak mubolag'a bo'lmaydi. Dastlabki turda Al Nash boshchiligidagi jamoa safarda Singapur mehmoni bo'lib 2:2 hisobida durang o'ynab qaytdi. Yamanliklar safida Al Matari va Qaravi gol urishdi.

Ikkinchi turni Yaman o'z uyida Saudiya Arabistoni bilan o'ynadi. Yamandagi siyosiy vaziyatlar tufayli terma jamoa o'z uy o'yinlarini Bahraynda o'tkazishga majbur. 2018 yilgi Jahon chempionati ishtirokchisi bo'lgan Saudiya Arabistoni bilan bahsda ham Yaman 2:2 hisobida durang o'ynadi va o'ziga xos sensaciyani amalga oshirdi. Bu safar ham Qaravi to'p kiritdi, yana bitta golga Omar Al Dahi mualliflik qildi.

O'ZARO O'YINLAR
O'zbekiston va Yaman terma jamoalari shu kunga qadar to'rt bor rasmiy o'yinlarda to'qnash kelishgan. Dastlabki ikki bahs ham JCH-1998 saralashi doirasida 1997 yil bo'lib o'tgan.

1997 yilning 9 may kuni Rustam Mirsodiqov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi o'zining tarixiy o'yinini o'tkazgan. Sana shahrida Yaman mehmoni bo'lgan O'zbekiston Jahon chempionatlari saralashi doirasidagi o'zining dastlabki o'yinini o'tkazgan edi. O'sha uchrashuvda hozirda "Paxtakor" murabbiyi bo'lib ishlayotgan No'mon Hasanovning penaltidan urgan goli evaziga vakillarimiz 1:0 hisobida zafar quchishgan. Birinchi bo'lim o'rtalarida Ilhom SHaripov qizil kartochka olgani ham etiborga molik.


Yaman - O'zbekiston 0:1
Gol:
No'mon Hasanov 30 penalti

Yamanga qarshi ikkinchi o'yin 24 avgustda Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida 20000 tomoshabin guvohligida bo'lib o'tgan. Bu safar O'zbekiston raqibi ustidan yirik 5:1 hisobida ustun kelgan. Igor SHkvirin va Oleg SHackix ikkitadan gol urishgan bo'lsa, yana bir to'p Ravshan Bozorov hisobiga yozilgan.

O'zbekiston - Yaman 5:1
Gollar
: Igor SHkvirin 6, 68, Oleg SHackix 61, 80, Ravshan Bozorov 67 - Omar Al Ariki 31.

Bu jamoalar o'rtasidagi uchinchi va to'rtinchi o'yinlar JCH-2018 saralashi doirasida bo'lib o'tgan. 2015 yil 3 sentyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida o'tkazilgan. Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasiga Aleksandr Geynrixning urgan goli g'alaba keltirgandi - 1:0.

O'zbekiston - Yaman 1:0
Gol:
Aleksandr Geynrix 51, - 1:0.
CHetlatish: Mudir Al Radei 87 (2SK)

Nihoyat so'nggi o'zaro bahs 2015 yil 17 noyabr kuni bo'lib o'tgan. Yamandagi vaziyat tufayli bahs Qatarda tashkil etilgan hamda unda vakillarimiz 3:1 hisobida zafar quchishgan. Bizdan Azizbek Haydarov, Server Jeparov va Stanislav Andreev gol urishgan.

Yaman - O'zbekiston 1:3
Gollar:
Al Sarori 90+2 – Azizbek Haydarov 7, Server Jeparov 31, Stanislav Andreev 50.

Demak, O'zbekiston va Yaman o'rtasidagi to'qnashuvlarda vakillarimizning natijalari ajoyib: 4ta o'yin 4ta g'alaba, to'plar nisbati - 10:2. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Yaman uchrashuvi 10 oktyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.



Yaman futbol Associaciyasi
Laqabi
– “Baxtli Yaman”, “Qizil iblislar”.
Konfederaciya - OFK
Bosh murabbiy – Sami Hasan Al Nash (Yaman)
Sardor – Salim Said
Eng ko'p o'yin o'tkazgan – Ala Al Sasi (87)
Eng ko'p gol urgan – Ali Al Nono (30)
Uy stadioni - "Al Zavra Sports Siti" stadioni
FIFA kodi - YEM
FIFA reytingidagi o'rni - 137 (2019 yil 19 sentyabr)

Birinchi rasmiy o'yin
Sudan – Yaman 9:0

1965 yil 5 sentyabr, Misr.

Eng yirik g'alabasi
Yaman – Butan 11:2

2000 yil 18 fevral, Kuvayt.

Eng yirik mag'lubiyati
Liviya – Yaman 16:1

1965 yil, avgust, Misr.

Osiyo Kubogidagi ishtiroki – bir marta (2019)
Eng yaxshi natijasi - guruh bosqichi (2019)


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика