So’nggi yangiliklar

JCH-2022 saralashidagi guruhdoshlarimiz S.Arabistoni va Yaman bir musobaqada ishtirok etishadi Yangiliklar

JCH-2022 saralashidagi guruhdoshlarimiz S.Arabistoni va Yaman bir musobaqada ishtirok etishadi

Bugun, Qatar poytaxti Doha shahrida hisob bo'yicha 24 bor tashkil etilayotgan Fors Ko'rfazi Kubogi musobaqasining guruh bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra, 8 terma jamoa ikki kvartetga ajratildi.

“A” guruhi
Qatar (mezbon)
BAA
Yaman
Iroq


“B” guruhi
Ummon
Saudiya Arabistoni
Quvayt
Bahrayn

Guruhlarda birinchi va ikkinchi o'rinni olgan terma jamoalar yarim finalga yo'l olishadi.
Eslatib o'tamiz, mazkur musobaqa 26 noyabrdan 8 dekabrga qadar bo'lib o'tadi. Turnirning o'tgan yilgi g'olibi esa Ummon milliy jamoasi hisoblanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика