So’nggi yangiliklar

17:21"Сурхон" Олмалиқда ОКМКни ожиз қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05"Насаф" футболчиси легионерга айланмоқда  3 16:46Жамолиддин Раҳматуллаев – Ўзбекистон U-18 терма жамоаси бош мураббийи!  2 16:27Нико Уильямс "Барселона"га ўтмаса, "Реал"га ўтишини айтди  2 15:59"Челси" собиқ футболчиси фаолиятини 28 ёшида якунлади. Уни Бельгия терма жамоасининг келажаги деб аташганди  1 15:30Игорь Шквирин 1990 йилларда "Спартак" Москвага ўтиши мумкинмиди?  8 15:06"Нега Ўзбекистон мундиалдаги "сюрприз" жамоа бўлмаслиги керак?" Станислав Черчесов билан эксклюзив интервью  8 14:44Фофанага қизиқувчилар сони ортмоқда: Англиядан икки таклиф!  3 14:18"Рома" мухлислари рекорд миқдорда абонемент сотиб олди  0 13:50Расмус ўрнига Уоткинс? МЮ ҳужумида ўзгаришлар кутилмоқда  0 13:25"Динамо" легионери узоқ муддатга сафдан чиқди  1 12:51Алонсонинг биринчи қурбони: "Реал" мураббийи ҳимоячилардан биридан воз кечди  2 12:23"Динамо" етакчиларидан бири жиддий жароҳат олди. У Туркияда операция қилинади  3 11:57"Машъал" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  0 11:30Ибрагимович Мессининг жамоадошларини танқид қилди: "У ҳайкаллар билан ўйнамоқда"  23

JCH-2022 saralashi. Matematika olamiga marhamat yoki O'zbekistonga durang etarli bo'ladimi? Yangiliklar

JCH-2022 saralashi. Matematika olamiga marhamat yoki O'zbekistonga durang etarli bo'ladimi?

15 iyun kuni Osiyo qitasida JCH-2022 saralashining ikkinchi bosqichi yakuniga etadi.

O'sha kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan o'ynaydi. Keling keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarimizni hisoblab ko'ramiz.

1. AGAR Saudiya Arabistonini mag'lub etsak guruhda 1-o'rinni olamiz va keyingi bosqichga chiqamiz. Bunda boshqa guruhlar va o'yinlar natijasi biz uchun umuman qiziq bo'lmaydi.


2. AGAR Saudiya Arabistoni bilan durang o'ynasak ochkolarimiz 16taga etadi. Yaman guruhda so'nggi o'rinda qolsa 6 ochko olib tashlanadi va ikkinchi o'rinlilar reytingida 10 ochkoga ega bo'lamiz. To'plar nisbatimiz +6ga teng bo'ladi.


Endi qolgan guruhda ikkinchi o'rinlarga etibor beramiz.

"A" guruhi - Xitoy so'nggi turda Suriya bilan o'ynaydi. 10 ochkoga va +11 to'plar nisbatiga ega Xitoy Suriyaga faqat 6 yoki 7ta to'p farqi bilan yutqazsagina bizdan pastga tushadi. Katta ehtimol bunday bo'lmaydi. Demak Xitoy kamida 10 ochko bilan bizdan tepada bo'lishi aniq.

"B" guruhi - Iordaniya oxirgi turni Avstraliyaga qarshi o'tkazadi. Hozir Iordaniyada 8 ochko mavjud. Demak faqat Avstraliya ustidan g'alaba qozonsagina Iordaniya 11 ochko bilan bizdan tepada bo'ladi. Biroq Avstraliyaning mag'lub bo'lish ehtimoli juda past. SHu bois Iordaniya ko'p ehtimol bizdan pastda bo'ladi.

"C" guruhi - Eron so'nggi turda Iroq bilan o'ynaydi. Forslar g'alaba qozonishsa guruhda birinchi bo'lishadi, Iroqning ikkinchi o'rinlar reytingida ochkosi 11taga teng, bizdan tepada bo'ladi. Agar Eron Iroqni yuta olmasa (durang yoki mag'lubiyat) - Eronning ikkinchi ochkosi maksimum 10ta bo'ladi va to'plar farqi maksimum +5 bo'ladi. Qaytarib o'tamiz: Biz Saudiya Arabistoni bilan durang o'ynasak 10 ochko va +6ga ega bo'lamiz. Demak Eron bizdan pastda bo'ladi.

"D" guruhi - O'zbekiston joylashgan guruh.

"E" guruhi - Ummon hisobida 12 ochko bor. So'nggi turda jamoa oxirgi o'rindagi jamoaga qarshi o'ynaydi va uning natijasi bekor qilinadi. Demak 12 ochko qoladi. Bizdan tepada bo'ladi.

"F" guruhi - Ayni paytda Qirg'iziston ikkinchi o'rinda. Lekin jamoa oxirgi turda Yaponiya bilan o'ynaydi va katta ehtimol mag'lub bo'ladi. Tojikiston esa Myanma bilan o'ynaydi va kichik hisobdagi g'alaba ham Usmon Toshev jamoasini ikkinchi o'ringa ko'taradi. Tojikiston hisobida 10 ochko bor va hozir to'plar nisbati -1. Myanmani mag'lub etsa ham Tojikiston O'zbekistondan pastda bo'ladi.

"G" guruhi - BAA oxirgi turda Vetnam bilan o'ynaydi. G'alaba BAAni guruh g'olibiga aylantiradi. Vetnam 11 ochko bilan bizdan tepada bo'ladi. BAA Vetnamni yuta olmasa (durang yoki mag'lubiyat) ochkosi maksimum 10ta bo'ladi va to'plar farqi maksimum +5 bo'ladi. Bizdan pastda bo'ladi.

"H" guruhi - Livan bugun guruhdagi so'nggi o'yinni o'tkazdi va mag'lub bo'ldi. 10 ochko va to'plar farqi +3, bizdan pastda bo'ladi.





Xulosa, agar Saudiya Arabistoni bilan durang o'ynasak Xitoy va Ummon har qanday holatda ham bizdan tepada bo'ladi. Livan va Tojikiston esa har qanday holatda bizdan pastda bo'ladi.

Demak so'nggi turda
Iordaniya Avstraliyani yuta olmasligi
Eron Iroqni yuta olmasligi
BAA Vetnamni yuta olmasligi

mana shu natijalardan bittasi amalga oshsa O'zbekiston durang bilan ham keyingi bosqichga chiqadi.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика