So’nggi yangiliklar

00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал" 2:0 (матнли трансляция)  58 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  10 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  19 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  18 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  3 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  11 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  6

JCH- 2022 saralash. Falastin bosh murabbiyi g'alabadan keyin yig'ladi (Matbuot anjumani) Yangiliklar

JCH- 2022 saralash. Falastin bosh murabbiyi g'alabadan keyin yig'ladi (Matbuot anjumani)

Bugun bo'lib o'tgan Falastin - O'zbekiston bahsidan so'ng matbuot anjumani tashkil etildi.

Afsuski, O'zbekiston terma jamoasi JCH saralash bosqichini 0:2 hisobidagi mag'lubiyat bilan boshladi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida Falastin bosh murabbiyi Nuriddin Ould Ali ko'z yoshlarini tutib tura olmay yig'lab yubordi. Uning fikrlari quyidagicha bo'ldi: 

- Men qo'lga kirtilgan muhim g'alaba bilan butun Falastin xalqini tabriklayman. Bu g'alaba xalqniki, aziz muxlislarniki (SHundan so'ng yig'lab yubordi, zalda qarsaklar). Biz g'alaba uchun bor kuchimizni berib harakat qildik, chunki yutishni juda-juda xohlagandik. Hamma futbolchilar bir maqsad yo'lida harakat qilishdi. Bugun hamma o'zini zo'r ko'rsatdi. 


- Jamoamiz g'alaba qozonishiga qanchalik ishongandingiz? 

- Men murabbiy sifatida doim ijobiy natijadan umid qilishim kerak. O'yindan oldin bizni qo'llab turganlar ham, tanqid qilganlar ham bo'ldi. Men Jazoirdan kelib ishlayotgan murabbiyman va xorijlik murabbiy sifatida natija ko'rsatishga harakat qilaman. Agar keyingi uchrashuvlarni ham yaxshi yakunlasak, bundan hammamiz xursand bo'lamiz. Biz har bir raqibni hurmat qilgan holda o'ynaymiz. 


- O'zbekiston - kuchli jamoa, lekin bugun Falastinning omadi keldi. Keyingi o'yinlarda yanada yaxshirog'iga umid qilsak bo'ladimi? 

- Eng muhimi, futbolda aslo to'xtab qolish kerak emas. Bitta g'alabadan keyin umuman havolanib ketmaslik lozim. Hali oldinda o'yinlar ko'p va har bir bahsga nihoyatda jiddiy qarash lozim.

Reyting: +151   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика