JCH-2022 saralash. Dragan Skochich: "Eronga qaytganimdan beri bekor o'tirganim yo'q"
21 iyu 2020 20:03
Yangiliklar
JCH-2022 saralash. Dragan Skochich: "Eronga qaytganimdan beri bekor o'tirganim yo'q"
Malumki, Eron milliy terma jamoasini oktyabr va noyabrda JCH-2022 saralash bosqichidan o'rin olgan o'ta muhim bahslar kutmoqda. Bahrayn va Iroqqa mag'lub bo'lganidan so'ng bu jamoa birmuncha qiyin ahvolda qolgan va guruhdan chiqish uchun qolgan o'yinlarning hammasini yutishga to'g'ri keladi.
To'rt oyga yaqin tanaffusdan so'ng yana restart olgan Eron chempionatini murabbiy diqqat bilan kuzatib kelmoqda. "Men qaytganimdan beri bekor o'tirganim yo'q, - deydi Dragan Skochich. - CHempionat o'yinlariga borib bir qator futbolchilarni kuzatyapman. Terma jamoaga loyiq futbolchilarni o'rganishda davom etaman. Kuzda bizni muhim o'yinlar kutib turibdi. Guruhdan chiqish uchun Kambodja, Gonkong, Bahrayn va Iroqni mag'lub etishimiz shart".
51 yoshli murabbiy o'z intervyusida yana shunday dedi: "Albatta, hozirgi vaziyat yaxshi emas. Biroq kelajakka umid bilan qarayapmiz. Men Eronda katta ishlarni amalga oshirishni xohlayman. Terma jamoa bilan jahon chempionatiga chiqish bosh maqsadim hisoblanadi. Eng muhimi, futbolchilarning ko'zi yonib turganini ko'rish. SHundagina mening ishim ham osonlashadi. Katta o'ylaydigan payt keldi. Eron Osiyoda muhim o'rin tutadi, bu mamlakat uchun jahon chempionatiga chiqish naqadar muhim ekanini juda yaxshi tushunaman. Men ham shu maqsadda kelganman".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar