So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  25 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  81 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

JCH-2022 saralash. Bugun kurashga kuchlilar qo'shiladi Yangiliklar

JCH-2022 saralash. Bugun kurashga kuchlilar qo'shiladi

Bugun, 10 sentyabr kuni Osiyo qitasida JCH-2022 saralash bosqichining ikkinchi raund 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Bugungi o'yinlarning etiborga molik jihati, qura jarayonida 1-savatchadan joy olgan jamoalar bugundan saralashdagi yurishni boshlaydi. Janubiy Koreya, Eron, Avstraliya, Yaponiya kabi qita etakchilarining kurashga qo'shilishi buyog'iga saralash bosqichini yanada diqqat bilan kuzatib borishimizga sabab bo'ladi. 

Albatta, birinchi navbatda O'zbekiston milliy terma jamoasi joy olgan "D" guruhi o'yinlariga etibor qaratamiz. Bugun Singapur ikkinchi bor o'z maydonida o'ynaydi. Singapurliklar 1-turda bizni mag'lub etgan Falastinni qabul qilishadi. Bundan tashqari guruhdagi eng kuchli raqib Saudiya Arabistoni Yaman mehmoni bo'ladi. Yamandagi siyosiy notinch vaziyat tufayli uchrashuv Bahraynda tashkil etiladi va bizning vaqt bilan 17:00da boshlanadi. Malumot uchun, Yaman 1-turda Singapur bilan durang o'ynadi. 

Boshqa guruhlarda ham bir nechta qiziqarli bahslar bo'lib o'tishi kutilyapti. Xususan Quvayt - Avstraliya, Gonkong - Eron, Mo'g'uliston - Tojikiston, Malayziya - BAA, Turkmaniston - Janubiy Koreya to'qnashuvlari ham etiborimizdan chetda qolmaydi. 

JCH-2022 saralash bosqichi. 2-tur. 10 sentyabr 


"A" guruhi

10:30. Guam - Filippin 

20:00. Maldiv - Xitoy 


"B" guruhi

16:10. Xitoy Taypeyi - Nepal 

20:30. Quvayt - Avstraliya 


"C" guruhi

16:30. Kambodja - Bahrayn

17:00. Gonkong - Eron


"D" guruhi

16:45. Singapur - Falastin 

17:00. Yaman - Saudiya Arabistoni 


"E" guruhi

19:00. Afg'oniston - Bangladesh 

21:30. Qatar - Hindiston


"F" guruhi

14:00. Mo'g'uliston - Tojikiston

16:30. Myanma - Yaponiya


"G" guruhi

17:30. Indoneziya - Tailand

17:45. Malayziya - BAA


"H" guruhi

19:00. Turkmaniston - Janubiy Koreya

19:00. SHri Lanka - KXDR

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика