JCH-2022 saralash. Avstraliya terma jamoasining kayfiyati chog'
08 okt 2019 10:10
Yangiliklar
JCH-2022 saralash. Avstraliya terma jamoasining kayfiyati chog'
Avstraliya terma jamoasi JCH saralash bosqichidan o'rin olgan navbatdagi ikki o'yinga qizg'in hozirlik ko'rmoqda.
"Sokkeruzlar" 10 oktyabr kuni uyda Nepalni qabul qilishsa, 15 oktyabrda Xitoy Taypeyi mehmoni bo'lishadi. Avstraliya terma jamoasi saralash bahslarini Quvayt ustidan 3:0 hisobidagi g'alaba bilan boshladi. Jamoa bosh murabbiyi Grexem Arnold g'alabadan xursand ekanini yashirmadi.
Endi bo'lsa navbatdagi ikki bellashuvda ham Avstraliya olti ochko olish niyatida. Kuni kecha futbolchilar muxlislar uchun dastxat-shou tashkil etishdi. Ko'plab muxlislar dastxat olish hamda esdalik suratga tushish maqsadida stadionga tashrif buyurishdi.
Fikrlar