JCH-2022. Ramush joriy mundialda xet-trikka erishgan ilk futbolchi bo'ldi va unga ...
07 dek 2022 08:35
Yangiliklar
JCH-2022. Ramush joriy mundialda xet-trikka erishgan ilk futbolchi bo'ldi va unga ...
Qatardagi mundial 1/8 finalida Portugaliya TJ 6:1 hisobida SHveycariyani tor-mor etdi.
Kechagi bahsda Krishtianu Ronalduning o'rniga asosiy tarkibda maydonga tushgan hujumchi Gonsalu Ramush xet-trikka erishdi va u joriy turnirda bunday natija qayd etgan ilk futbolchi bo'ldi. Bundan tashqari, unga bahsdagi to'pni uyga olib ketishiga ruxsat berildi. 21 yoshli forvard bu borada ham bu mundialdagi birinchi bo'ldi.
Odatga ko'ra, bir uchrashuvda 3 ta gol urgan o'yinchiga to'pni o'zi bilan olib ketishga ruxsat beriladi.
Qatardan maxsus: Tolibjon Qosimov
Fikrlar