So’nggi yangiliklar

16:28Футбол олами. 16:0, "Динамо" - "Насаф" 3:3 ва бошқа ўйинлар: Ўзбекистон кубоги 2-тури ҳақида батафсил   0 16:19Энди расман: Лапорта Хави янги мавсумда ҳам "Барселона"да қолишини маълум қилди  4 16:00"Челси"нинг икки футболчиси ёзда Саудия Арабистонига кўчиб ўтиши мумкин   1 15:31Осиё Кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  7 15:09Ўзбекистон кубоги. 3-тур расмийлари маълум  2 14:23"Челси" "Арсенал"га йирик ҳисобда имконият бой берилгач, Почеттинони ишдан ҳайдаши мумкин  5 14:08Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистонига қарши кечадиган баҳс олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  21 13:56"Манчестер Юнайтед" Марсьялнинг нархини эълон қилди  3 13:32Гвардиола Канселунинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 13:05"Шеффилд Юнайтед" АПЛ антирекордини ўрнатди  0 12:37Давлат Турдиалиев таваллудига 62 йил тўлди   10 12:04"Челси" скаутлари "Милан дерби"сини стадиондан кузатишган  3 11:38Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 2:1  0 11:15ФАКТ. Ўзбекистон футзал терма жамоаси кетма-кет бешинчи Осиё кубогида ярим финалга чиқди  10 10:54Аллегри «Ювентус»да қолса, туринликлар етакчиси ёзда жамоани тарк этади  11

JCH-2022. Murosasiz kechgan bahsda Portugaliya Ganani mag'lub etdi Yangiliklar

JCH-2022. Murosasiz kechgan bahsda Portugaliya Ganani mag'lub etdi

JCH-2022ning 1-turidan o'rin olgan Portugaliya – Gana bahsi yakunlandi.

Portugaliya – Gana 3:2

24 noyabr, 21.00, "Stadium 974"

Gol: 1:0 – 65, penalti Ronaldu, 1:1 – 73 Ayyu, 2:1 – 78 Joau Feliks, 3:1 – 80 Rafael Leau, 3:2 – 89 Bukari.

Portugaliya – Diogu Koshta, Joau Kanselu, Danilu Pereyra, Ruben Diash, Gerreyru, Otavio (Vilyam Karvalyu, 56), Bernardu Silva (Palinya, 88), Ruben Nevesh (Rafael Leau, 77), Brunu Fernandesh, Ronaldu (Gonsalu Ramush, 88), Joau Feliks (Joau Mariu, 88).

Gana – Ati-Zidji, Seydu (Lempti, 66), Djiku (Semeno, 90), Amarti, Salisu, Baba, Parti, Kudus (Bukari, 77), Abdul-Samed (Kere, 90), Ayyu (Ayyu, 77), Uilyams.

Ogohlantirishlar: Kudus (45), Ayyu (49), Seydu (57), Uilyams (90), Danilu Pereyra (90), Brunu Fernandesh (90).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+10. Gananing so'nggi hujumi juda xavfli chiqdi, yana omad portugallarga kulib boqdi. Koshta qo'pol xatoga yo'q yo'qgandi bu vaziyatda.

90+8. ZARBA! Bukare kutilmaganda to'pni darvozaga tepdi, Koshtaning baxtiga mo'ljal aniq bo'lmadi.

90+7. Ramushga nisbatan qo'pollik ishlatildi. To'p evropaliklarda.

90+5. Leaoning pasi sherigiga o'tmadi, aks holda evropaliklar o'yin masalasini hal qilardi.

90+2. Uilyams ogohlantirildi, shuningdek, ganaliklar 2 ta o'zgarish amalga oshridi.

90. Ikkinchi bo'limga 9 daqiqa qo'shib berildi.

89. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Bukare hisobni qisqartirdi va golni hozirgina maydonni tark etgan Ronaldu uslubida nishonladi!


87. Portugaliyada birato'la uchta o'zgarish amalga oshirildi: Ronaldu, Bernardu va Feliks maydonni tark etdi, Mariu, Ramush va Palinya o'yinni yakunlab qo'yadi.

83. Ronaldu raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, zarba berdi, ammo hakam o'yindan tashqari holat deb topdi.

80. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Zaxiradan maydonga tushgan Leao birinchi urinishida darvozani ishg'ol qildi, yana Brunudan assist!


78. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Feliks raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va darvozabon qo'llari orasidan to'pni o'tkazdi. Brunudan ajoyib assist.


73. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Ayyu hisobni tenglashtirdi! CHap qanotdan oldinga, so'ngra markazga uzatilgan to'pni Andre osongina darvozaga yo'lladi.


70. Yana Feliksni yiqitishdi, bugun uning necha marta ko'ksi maydonga tekkanini sanay olmay qoldik.

65. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Ronaldu penaltidan hisobni ochdi! Krishtianu Ronaldu beshta Jahon chempionatida gol urgan ilk futbolchi!


63. Penalti! Ronalduni ganalik futbolchilar yiqitishdi, hakam 11 metrli nuqtaga ishora qildi.

59. Feliksga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Bu holatda Gana futbolchisi chetlatilishi ham mumkin.

51. Portugaliya gol urshiga harakat qilmoqda, ammo ularning hujumlari o'xshamayapti.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi!

45. Kanseluni Kudusni "chopdi" va sariq kartochka bilan jazolandi.

45. Ottavioning uzatma aralash zarbasi o'xshamadi.

42. Ronalduning chap oyoqda yo'llagan zarbasi raqib futbolchisiga tegib qaytdi, keyingi harakatlardan so'ng portugallar hujumda fol qayd etdi.

38. Ronaldu ikkinchi burchak zarbasidan so'ng o'zidan yaxshi himoyachi chiqishi mumkinligini ko'rsatdi.

37. Nihoyat Gana hujum uyushtirdi. Burchak zarbasidan so'ng Nevesh to'pni qaytardi. Ikkinchi uzatmadan so'ng ikkinchi burchak zarbasi ishlab olindi.

36. Otavioning zarbasi kuchsiz chiqdi, natijada Gana posboni to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.

33. Fernandeshning standartdan uzatmasini raqib himoyachilari qaytardi. Burchakdan uzatilgan to'pni esa Ati-Ziji ushlab oldi.

31. Ronaldu gol urdi, ammo hakam hushtagini ilgariroq churillatgani uchun inobatga olinmadi.

30. Brunu raqibining aytishga noqulay oyoqlari orasidan to'pni o'tkazdi, ganalik futbolchi esa bunga chidolmasdan qo'pollik ishlatdi.

28. Feliks Bernarduning pasini chippakka chiqardi, Joau chapaqay emasligi shu erda ko'rinib qoldi.

25. Brunu o'ziga oshirilgan to'pga etishi uchun Ronaldu kabi sakrashi talab etilardi.

Lirik chekinish: Ronaldu o'yindan avval yig'ladi

23. Feliksning uzatmasi portugallarni xursand qiladigan darajada bo'lmadi, natijada erkin zarba belgilandi.

13. Yana Ronaldu! Girreroning uzatmasidan so'ng Krishtianu bosh bilan zarba yo'lladi, noaniq.

10. Ronaldu raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, Gana posboni to'pni qaytardi. To'p Krishtianudan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

6. Feliks raqib jarima maydoniga yorib kirdi, biroq so'nggi ganalik himoyachi to'pni qaytardi.

4. Portugaliya burchak zarbasi ishlab oldi. Himoyachilar bartaraf etdi, qaytgan to'pga Otavio zarba berdi, noaniq ko'rinish oldi. 

1. Uchrashuv boshlandi!


Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Guruhning dastlabki o'yinida Urugvay Janubiy Koreya bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi.

Futbol muxlis(a)lar bilan go'zal...

Bu esa haqiqiysi

Fanatdu!

Stadiondagi muxlislar ham ajoyib muhit hosil qilishgan.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Umrimizning navbatdagi to'rt guli ochilganidan so'ng navbatdagi mundialni qarshi oldik. Bugungi etibor ishtirokchilar orasida yagona klubsiz qolgan futbolchiga qaratilsa, ajabmas. Nima bo'lgan taqdirda ham, bugun 90, balki 100 va undan ko'proq daqiqa davomida biror marta esnashga ulgurmaysiz.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика