So’nggi yangiliklar

13:56"Манчестер Юнайтед" Марсьялнинг нархини эълон қилди  0 13:32Гвардиола Канселунинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 13:05"Шеффилд Юнайтед" АПЛ антирекордини ўрнатди  0 12:37Давлат Турдиалиев таваллудига 62 йил тўлди   5 12:04"Челси" скаутлари "Милан дерби"сини стадиондан кузатишган  0 11:38Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 2:1  0 11:15ФАКТ. Ўзбекистон футзал терма жамоаси кетма-кет бешинчи Осиё кубогида ярим финалга чиқди  9 10:54Аллегри «Ювентус»да қолса, туринликлар етакчиси ёзда жамоани тарк этади  8 10:25«Барселона» вице-президенти Хавининг келажаги борасида расмий баёнот берди  13 10:06Хосе Венансио Лопес: «Эрон билан ўйинга тайёргарлик кўрмадик»  11 09:47Фалакнинг гардиши (Бекзод Толибов блоги)  6 09:22«Челси» Почеттинонинг ўрнига бош мураббий топди  6 08:57«Атлетик» афсонаси Икер Муниаин ёзда жамоадан кетишини маълум қилди  5 08:34Фернандо Торрес қайси жамоани бошқариши маълум  6 08:10«Барселона» «Манчестер Сити» етакчиларидан бирини 50 миллион еврога сотиб олиши мумкин  6

JCH-2022. Marokash Ispaniyani turnirdan chiqarib yuborib, tarixda ilk marta chorak finalga chiqdi! Yangiliklar

JCH-2022. Marokash Ispaniyani turnirdan chiqarib yuborib, tarixda ilk marta chorak finalga chiqdi!

JCH-2022ning nimchorak finalidan o'rin olgan Marokash – Ispaniya bahsining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Marokash – Ispaniya 0:0, pen. seriyasi 3:0

6 dekabr, 20.00, "Education City Stadium"

Marokash – 1. Yassin Bunu, 2. Ashraf Hakimi, 6. Romen Saiss, 5. Naif Agerd (18. Javod El-Yamik, 84), 3. Nuassir Mazraui (25. Yahyo Attiyyat Allah, 82), 4. Sofyan Amrabat, 15. Salim Amalla (21. Valid Keddira, 82), 8. Azeddin Unai (24. Badr Binun, 120), 7. Hakim Ziesh, 4. Sofyan Bufal (16. Abde Ezzalzuli, 66), 19. Yussef En-Nesiri (11. Abdulhamid Sabiri, 82).

Ispaniya – 23. Unai Simon, 24. Emerik Laport, 16. Rodrigo Ernandes, 18. Jordi Alba (14. Alexandro Balde, 98), 5. Serxio Buskets, 26. Pedri, 9. Gavi (19. Karlos Soler, 63), 6. Markos Lorente, 21. Dani Olmo (25. Ansu Fati, 98), 10. Marko Asensio (7. Alvaro Morata, 63), 11. Ferran Torres (12. Niko Uilyams, 76; 22. Pablo Sarabiya, 118).

Morocco

Abdelhamid Sabiri - 121', Hakim Ziyech - 121', Achraf Hakimi - 121'

World Cup Final Stage . 1/8-tur

06/12/2022, 19:00

0
:
3
Tugadi

Spain

Stadion: Education City Stadium, 44667 tomoshabin

Bosh hakam: Fernando Rapallini

45'
90'
120'
66'  Sofiane Boufal (Abdessamad Ezzalzouli)
82'  Youssef En-Nesyri (Abdelhamid Sabiri)
82'  Selim Amallah (Walid Cheddira)
82'  Noussair Mazraoui (Yahia Attiyat Allah)
84'  Nayef Aguerd (Jawad El Yamiq)
90'  Romain Saiss
120'  Azzedine Ounahi (Badr Banoune)
63'  Gavi (Carlos Soler)
63'  Marco Asensio (Alvaro Morata)
75'  Ferran Torres (Nico Williams)
77'  Aymeric Laporte
98'  Dani Olmo (Ansu Fati)
98'  Jordi Alba (Alex Balde)
118'  Nico Williams (Pablo Sarabia)

YANGILASH

Hakimi! Bo'ldi tugadi! Marokash chorak finalda! Ispaniya seriyada bitta ham gol ura olmadi! BUNUUUU!!! SUPEEERRRR!!!

Buskets! Bunisini undan kutmagandik! 2:0

Banun ham gol ura olmadi! 2:0

Soler YO'O'O'O'QQQ!!! Yana gol emas!! 2:0

Ziesh gol! 2:0

Sarabiya ustun! 1:0

Sabiri - gol! 1:0

Bo'ldi tugadi! Endi lotereya boshlanadi!

120+3. SARABIYAYAYAYA!! Uxxxxx!!! Juda xavfli vaziyat bo'lgandi. Pabloning zarbasi ustunni yalab o'tdi.

120. Ispaniyada ko'plab ajoyib vaziyatlar yuzaga keldi. Ammo undan foydalanib bo'lmayapti.

117. UXXXXX!! Morata katta masofani bosib o'tib, Fati tomon pas berdi. Juda-juda noaniq pas bo'ldi.

115. Keddira zo'r qochyapti. Ammo gol urish unga emas ekan.

Eng qizig'i, Ispaniya 24-78 foiz ko'rinishda to'pni ushlab turish holati bilan gol ura olmayapti.

106. Ikkinchi qo'shimcha bo'lim boshlandi!

Burchak zarbasidan keyin ekstra-bo'limning dastlabkisi yakunlandi.

104. KEDDIRRAAAAAA!! Yana bir bor u 100 foizlik imkoniyatni shunchaki ko'kka sovurdi. Bu vaziyatni uvoli urmasa bo'ldi.

100. Baldening xavfli zarbasini Hakimi qaytardi. Burchak zarbasi.

95. KEDDIRAAAAA???!!! Zo'r vaziyatni ura olmadi. Lekin offsayd.

93. Ispaniya bosimni oshirishga harakat qilmoqda. Biroq vaziyat yarata olmayapti.

Dastlabki ekstra-bo'lim boshlandi!

Uchrashuvning ikkinchi bo'limi ham yakunlandi. Navbat ekstra-taymlarga.

90+5. BUNUUUUUU!!! So'nggi daqiqada Yassin termasini goldan saqlab qoldi. Jarimadan uzatilgan to'pga hech kim tegmadi. Buni sezgan Yassin to'pni qaytarib yubordi.

90+3. Marokash jarima zarbasiga ega bo'ldi. Undan zarba berilishi mumkin edi. Keddira juda no'noq o'ynadi va hujumda fol qayd etildi.

Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. ZARBAAAAAA!! Morataning uzatmasidan keyin Niko zarba yo'lladi. Himoyachi to'pni qaytarganidan keyin offsayd qayd etildi.

87. ZARBAAAAAA!! Hakimining qanotdan uzatmasidan keyin markaziy hujumchi zarba berishga harakat qildi. Biroq zarba kuchli chiqqani yo'q.

85. Agerd jarohat olib, maydonni tark etdi. Uning o'rnini boshqa futbolchi to'ldirdi.

82. ZARBAAAAA!! Morataning kuchli zarbasi biroz noaniq ketdi. Alvaro raqib darvozasi uchun ancha xavfli ko'rinmoqda.

80. ZARBAAAAAAA!! Olmo va Morata bir-biriga halaqit qilib qolishmaganida balki hisob ochilishi mumkin edi. Ajoyib vaziyat yo'q bo'ldi.

73. Morata raqib posboni bilan birga bir holatga chiqib ketishi mumkin bo'lgan paytda millimetrli offsayd qayd etildi.

69. Ispaniya raqib jarima maydonchasi yoniga joylashib olgan. Bosim juda katta. Ammo zarba bera olishmayapti.

63. Ispaniya tarkibida bir yo'la ikki o'zgarish. Morata maydonga tushdi. Ko'ramiz bu jamoaga qanchalik foyda berarkin.

55. ZARBAAAAA!! Olmoning kuchli zarbasini Bunu mushtlari bilan urib yubordi.

54. Gavi hujumga o'tayotganida Hakimi tomonidan yiqitildi. Ispanlarda jarima zarbasi.

50. Ikkinchi bo'lim ham yaxshi temp bilan boshlandi. Ikki tomon ham bir qancha hujumlar uyushtirishdi. Ammo gol  ko'rish muammo bo'ladi shekilli.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45. Gavining uzatmasi hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi.

43. ZARBAAAAAA!!! Bufalning ajoyib uzatmasidan keyin Agerd deyarli 100 foizlik imkoniyatdan foydalana olmadi.

41. Marokash shoshilmasdan o'ynamoqda. Menimcha ular vaqtni tezroq o'tkazib, so'nggi daqiqalarda gol urishni istashmoqda.

36. Ispaniya uzoq vaqt davomida pozicion hujum uyushtirayotgandi. Gavi oldinda fol ishlatdi va hujum tugadi.

33. ZARBAAAAA!! Mazrauining kuchli zarbasini Unai Simon ushlab oldi.

27. ZARBAAAAAAA!! Asensio raqib posboni bilan birga bir holatga chiqib keldi va zarba yo'lladi. To'p darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi.

25. IEEEEE!!! GOL QANI!!! Darvozabon va himoyachining qo'pol xatosidan keyin to'p Gaviga kelib tushdi. Uning zarbasini posbon va to'sin qaytardi. Ikkinchi zarbani Ferran yo'lladi. Unisini himoyachilar qaytarishdi. Yakunda offsayd qayd etildi. 

21. Xavfli zarba bo'lishi mumkin edi. En-Nasirining qanotdan oshirgan to'piga Ziesh zarba bera olmadi.

15. Marokash hujumda. CHap qanotdan uzatilgan to'pni Simon ushlab oldi.

12. Marokash yaxshi nuqtadan jarima zarbasiga ega bo'ldi. Hakimining zarbasi anchagina noaniq ketdi. 

9. Ferran hujumga o'tdi. Biroq so'nggi pasni amalga oshira olmadi. Yakunda o'zi fol ishlatib, hujumni yakunlab qo'ya qoldi.

5. Ziesh hujumga o'tayotgandi. To'pni oldinga qattiq tepib yubordi va to'pga o'zi ham eta olmadi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- JCH-2022ning nimchorak finalidan o'rin olgan Marokash - Ispaniya uchrashuvining matnli translyaciyasi ushbu sahifada olib boriladi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика