So’nggi yangiliklar

00:18АПЛ. 27-турнинг сўнгг ўйини асосий таркиблари маълум қилинди  1 23:59А Серия. "Болонья" - "Милан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:40Тарихга назар. Ўзбекистон терма жамоаси мағлуб бўлган пенальтилар сериясини ёдга оламиз  1 23:13Саудия Арабистони ЖЧда ярим финални мақсад қилади  3 22:51Озарбайжон. Ўзбек футболчилари дербисида Раҳмоналиев жамоаси йирик ғалаба қайд этди  2 22:16Гюлер "Реал"дан кетмоқчи эмас  5 21:51Қозоғистон клуби ўзбекистонлик футболчилар трансферини эълон қилди  1 21:14Куртуа термага қайтмоқда!  0 20:49Эрон чемпионати. "Истиқлол" мағлуб бўлди, Машарипов ва Кожо захирадан майдонга тушди  7 20:27ЎзПФЛ 4 клубнинг U21 жамоаси учун майдонини қабул қилмади, 1-турдаги 1 ўйин ўтказилмайди  4 20:02Рой Кин Бруну Фернандеш сардорлиги ҳақида: "У биз кутган сардор эмас, иқтидорли бўлишнинг ўзи камлик қилади"  2 19:32Ла Лига ҳакамларини танқид қилгани учун "Реал"га нисбатан иш очилди  23 19:18"Манчестер Сити" янги футболчи жамоа сафига келиб қўшилганини эълон қилди  2 18:41Себальос мушак жароҳати туфайли сафдан чиқди  1 16:43Дуайт Йорк: "31 ёшли Погба МЮнинг бутун ярим ҳимоясидан яхшироқ формада"  19

JCH-2022da ilk quruq o'yin. Daniya va Tunis uchrashuvida nursiz o'yin va durang Yangiliklar

JCH-2022da ilk quruq o'yin. Daniya va Tunis uchrashuvida nursiz o'yin va durang

Jahon chempionati 1-turidan o'rin olgan Daniya – Tunis bahsining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Daniya – Tunis 0:0

18:00, “Edyukeyshn Siti” stadioni

Bosh hakam: Sesar Arturo Ramos (Kulyakan, Meksika)

Assistentlar: Alberto Morin Mendes (Meksika), Migel Anxel Ernandes Paredes (Meksika)

Zaxira hakami: Said Martines (Tokoa, Gonduras)

Daniya: 1. Kasper SHmeyxel - 2. Xoakim Andersen, 4. Simon Ker (7. Matias Yensen, 65), 6. Andreas Kristensen - 13. Rasmus Kristensen, 23. Per-Emil Xeyberg, 8. Tomas Dileyni (14. Mikkel Damsgord, 45), 5. Xoakim Mele - 11. Andreas Olsen (25. Yesper Lindstryom, 65), 10. Kristan Eriksen, 12. Kasper Dolberg (21. Andreas Kornelius, 65).

Tunis: 16. Aymen Damen - 6. Dilan Bronn, 4. Yasin Meriya, 3. Montassar Talbi - 24. Ali Abdi, 14. Aissa Laiduni (13. Ferjani Sassi, 88), 17. Eles Skxiri, 20. Muhammad Drager (21. Vaydi Kechrida, 88) - Yusuf Msakni (8. Xannibal Mejbri, 80), 25. Anis Slimani (23. Naim Sliti, 67) - 9. Issam Jebali (11. Taxa Yassin Xenissi, 80).

Ogohlantirish: Rasmus Kristensen (25), Taxa Yassin Xenissi (85).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! JCH-2022da ilk quruq o'yin qayd etildi.

90+4. Hakam tavakkal qilmadi va 50ga 50 vaziyatda Tunis darvozasi tomon penalti bermadi. Bizningcha ham bu adolatli qaror.

90+3. ZARBAAAAAAAAA!!! Lindstryom to'pni oshiraman deb darvozaga zarba berdi. Damen to'pni burakka chiqarib yubordi. VAR ishga tushdi. Penalti bo'lishi mumkin?!

90+2. Daniya yana bir burchak zarbasiga ega bo'lgandi. Lekin uni ham himoyachilar bartaraf qilishdi.

85. Taxa Yassin Xenissi ogohlantirildi. O'yin tempi unchalik yuqori emas.

80. Tunis ustozi yana ikki o'zgarishga yo'l qo'ydi. Quruq o'yin ko'rgimiz kelmayapti)

75. O'yin tempi yuqori. Biroq darvozalar oldida xavf yo'q.

70. To'p qanday qilib darvozaga kirmadi???? Kristensen to'pni adashi Korneliusga bo'sh qolgan darvozaga to'g'irlab bergandi. Biroq bunday holatdan gol ura olmaslik qiyin edi. Andreas buni uddaladi.

69. ZARBAAAAAAAA!!! Eriksenning kuchli va ajoyib zarbasini Damen qiyinchilik bilan bartaraf qila oldi! Burchak zarbasi.

67. Tunis ustozi ham bunga tezkor javob bermoqda. O'zgarish. Slimani o'rniga Sliti.

65. Kutilmaganda Ker zaxiraga olinmoqda. Uning o'rnini Yenssen to'ldirdi. Daniya termasi ustozi o'yinni o'zgartirish uchun bir yo'la 3 o'zgarish qildi.

57. ZARBAAAAAAA!!! Olsenning kuchli zarbasini Damen qiyinchilik bilan qaytarib qoldi!

55. GOOOOOOOLLLL!!! OLSEEEENNN!!!! Yana hisoblanmadieeee) Hisoblanmagan gollar bo'yicha hisob 1:1

53. UXXXXX! Tunis raqib postiga zarbalarni yog'dirib tashlamoqda. Biroq to'p darvozabongacha bormayapti.

51. UXXXXXX!! Jebali to'pni egallab olib, barcha himoyachilardan o'zib ketgandi. Biroq tezlik pand berdi va Kristensen to'pga etib oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45+3. Daniya jarima zarbasiga ega bo'ldi. Xeybergning oshirgan to'pini Meriya burchakka chiqarib yubordi.

45. Taym yakuni arafasida Dileyni o'z o'rnini Damsgordga bo'shatib berdi.

43. SEYV! SHMEYXEL! Jebali yana bir bor SHmeyxel bilan birga bir holatga chiqib bordi. Biroq SHmeyxel o'zini ko'rsatdi! Ajoyib seyv!

39. ZARBAAAAAAAA!!! Tunis burchak zarbasiga ega bo'ldi. Ikkinchi fazada davom etgan hujumni Laidunining kuchli zarbasi yakunlab berdi. Noaniq.

34. Per-Emil Xeybergning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Damen ushlab oldi.

31. Daniyada yana standart va burchak to'pi. Undan uzatilgan to'pni Ker yanada markazroqqa tashlab berdi. Ammo himoyachilar birgalikda to'pni autga chiqarib yubordi.

25. Rasmus Kristensen ogohlantirildi.

23. GOOOOOLLLLL!!! YO'O'O'O'QQQQ!! Hisoblanmadi! Jebali raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va gol urdi. Ammo offsayd qayd etildi.

20. Uxxxx!! Daniya hujumga o'tdi! Eriksenning burchakdan uzatgan to'pini himoyachilar qiyinchilik bilan qaytarib yuborishdi.

18. Tunis hujumga o'tishga harakat qildi. Jarima maydonchasi ichiga kirilgan zaxoti to'pni SHmeyxel ushlab oldi.

15. Umuman olganda o'yindani kurash teppa-teng darajada. Hech qaysi tomonga ustunlikni berib bo'lmaydi.

12. Burchak zarbasidan oshirilgan to'pga Msakni boshi bilan zarba yo'lladi. To'p ancha yuqoridan o'tib ketdi.

11. UXXXXXX!! Uchrashuvdagi dastlabki xavfli zarba! Dragerning zarbasi Andreas Kristensenga tegib, darvozaning yonidan o'tib ketdi.

8. Uchrashuvning dastlabki 8 daqiqasi juda zerikarli o'tdi. Darvoza tomon zarba tugul, hujum ham yo'q.

2. Yussuf Msakni  ilk daqiqadayoq raqib darvozasi tomon zarba yo'lladi. Uni Andreas Kristensen boshi bilan qaytardi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! D guruhi doirasidagi dastlabki uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda! Ayni damda ikki davlat madhiyalari yangramoqda.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика