So’nggi yangiliklar

21:41Моуринью "Галатасарой"ни судга берди  0 21:14Пеп Гвардиола: "Кевин де Брюйнедан ташқари 30 ёшдан ошган барчанинг қолишини истайман"  3 20:46АПЛ ҳаками бир ярим йилга Европа футболидан четлатилди  2 20:00Ўзбекистон кубоги финаллари тарихи. Қайси ўйинларда кимлар майдонга тушган?  0 19:48Шенсни яна 1 йил "Барселона"да қоладими?  1 19:24Ҳоланддан ноёб рекорд. Ундан олдин фақат Кейн бу ишни қила олган  0 18:58"Реал" ва "Интер" Ҳусановни сафига қўшиб олишни истаган. Фабрицио Романо тафсилотлар билан бўлишди  10 18:36Эрон чемпионати. "Фулад" йирик ҳисобда имкониятни бой берди, Ўткир Юсупов 90 дақиқа ўйнади  9 18:18Хави – МЮ бош мураббийи?!  21 17:57Суперлига. 2-тур учрашувларининг бошланиш вақти эълон қилинди  3 17:34Расман: Ўзбекистон МТЖ футболчиси Қозоғистонда ўйнайди  4 17:07"Валенсия" 400 млн еврога сотилиши мумкин  13 16:39АПЛ клублар ўртасидаги ЖЧ сабабли ёзги трансфер ойнасини иккига ажратмоқчи  0 16:16"Манчестер Сити" февраль ойининг энг яхши футболчисини аниқламоқда. Номзодлар ичида Абдуқодир Ҳусанов ҳам бор  23 15:42"Барселона" Озарбайжонда академия ташкил қилади  0

JCH-2022. Braziliya Janubiy Koreyani yirik hisobda mag'lub etib, navbatdagi chorak finalchiga aylandi Yangiliklar

JCH-2022. Braziliya Janubiy Koreyani yirik hisobda mag'lub etib, navbatdagi chorak finalchiga aylandi

Braziliya hamda Janubiy Koreya o'rtasida o'tkaziladigan JCH-2022 nimchorak final uchrashuvi yakunlandi.

Braziliya — Janubiy Koreya 4:1

Gol: 1:0 – 7 Vinisius Junior, 2:0 – 13, penalti Neymar, 3:0 – 29 Risharlison, 4:0 – 36 Lukas Paketa, 4:1 – 76 Payk Sin Xo.

Braziliya – Alisson (Ueverton, 80), Militao (Dani Alves, 63), Tiago Silva, Markinos, Danilo (Bremer, 72), Kazemiro, Lukas Paketa, Neymar (Rodrigo, 81), Risharlison, Rafinya, Vinisius Junior (Martinelli, 72).

Janubiy Koreya – Kim Syn Gyu, Kim Mun Xvan, Kim En Gvon, Kim Min CHje, Kim CHjin Su (Xon CHxol, 46), Li CHje Son (Li Kan In, 74), CHjon U En (Son CHjun Xo, 46), Xvan In Bom (Payk Syn Xo, 65), Son Xyn Min, CHjo Gyu Son (Xvan Yy CHjo, 80), Xvan Xi CHxan.

Ogohlantirish: CHjon U En (44).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! Braziliya amalda birinchi bo'limdayoq o'yin taqdirini hal qilgan holda chorak final ishtirochisiga aylandi. Janubiy Koreyaga esa ajoyib ishtirok uchun minnatdorchilik bildiramiz.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. Dani Alvesh Martinellining uzatmasini to'xtatmasdan darvoza yo'lladi, to'p yo'liga raqib himoyachisi to'g'anoq bo'ldi.

86. Rodrigo koreyalik posbonning xatosidan foydalana olmadi.

83. Xvan In Bom sherigining uzatmasiga eta olmadi.

Bugungi uchrashuvga 43847 muxlis tashrif buyuribdi.

80. Alisson zaxiraga olindi, Veverton maydonga tushirildi. Neymar o'rniga Rodrigo o'yinni yakunlab qo'yadi.

80. Koreyalik futbolchidan ZARBA! Alissondan navbatdagi seyv!

76. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Payk Sin Xo chap oyoqda kuchli zarba bilan Alisson darvozasini ishg'ol qildi!

72. Braziliyaliklar tarkibida o'zgarishlar yuz berdi.

68. Koreyaliklar ketma-ket zarbalarni golga aylantira olmadi.

66. Rafinya bu safartepmadi, balki Risharlisonga pas berdi, ammo hujumchi to'pga etolmadi.

62. Rafinyaning gol urishi uchun hamma harakat qilmoqda, ammo uning urinishlari o'xshamayapti.

57. Rafinyaning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

54. Rafinyaning zarbasini koreyalik posbon qaytardi.

52. Militao koreyaliklarning hujumini buzib qo'ydi.

47. Son raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda aniq zarba bera olmadi. Aniqrog'i Alisson seyv ijro etibdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+1. Rafinya Vinisiusning uzatmasiga eta olmadi, aks holda hisob yanada yiriklashardi.

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

44. CHjon U En raqibga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

42. Son jarohat olgan ko'rinadi. Unga tibbiy yordam ko'rsatiladi.

36. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Vinisiusning chiroyli pasidan so'ng Paketa to'pni to'xtatmasdan darvozaga joylab qo'ydi!

34. Kazemironing olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

32. Xvan Xi CHjanning zarbasini Alisson qaytardi.

29. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Risharlison juda chiroyli kobinaciyani o'zi boshlab, o'zi ajoyib yakunladi!


25. Xvan Xi CHxan yana Alissonni sinovdan o'tkazdi. Braziliyalik posbon o'z o'rnida.

24. Kim Sin Gyu qanotdan uzatilgan to'pni mushtlari bilan urib yuborib, raqib hujumini bartaraf etdi.

20. Risharlison qarshi hujumda Vinisiusga to'pni uzata olmadi, aks holda Junior raqib posboni bilan yolg'iz qolardi.

17. ZARBA! Xvan Xi CHxan olisdan kuchli zarba yo'lladi, Alissondan seyv!

13. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Neymar penaltini aniq amalga oshirib, hisobdagi farqni oshirdi!


11. Penalti! 11-daqiqada 11 metrli jarima zarbasi Koreya darvozasi tomon belgilandi.

10. Braziliyada standart yuzaga keldi. Ammo kombinaciya muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

7. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Vinisius hisobni ochdi! Rafinyaning say-harakatlaridan so'ng chap qanotda ochiq turgan hujumchi gol urishda sovuqqonlik bilan harakat qildi.


3. Neymar-Risharlison kombinaciyasi koreyaliklar tomonidan buzildi.

Mana bu amakining nimaga ishora qilayotganini allaqachon sezgandirsiz.

1. Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика