So’nggi yangiliklar

22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  0 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  0 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  2 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  3 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  8 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  5 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  5 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  12 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  21 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  49 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4

JCH-2022. Argentina Meksikani mag'lub etdi Yangiliklar

JCH-2022. Argentina Meksikani mag'lub etdi

Argentina hamda Meksika o'rtasida o'tkaziladigan JCH-2022 bahsi yakunlandi.

Argentina – Meksika 2:0

Gollar: 1:0 – 64 Messi, 2:0 – 87 Fernandes.

Argentina – Martines, Montel (Molina, 63), Otamendi, Martines, Akunya, Di Mariya (Romero, 69), Mak Allister (Palasios, 69), De Paul, Rodriges (Fernandes, 57), Messi, Martines (Alvares, 63).

Meksika – Ochoa, Alvares (Ximenes, 66), Moreno, Arauxo, Montes, Galyardo, Guardado (Guterres, 42), Errera, CHaves, Losano (Alvarado, 73), Vega (Antuna, 66).

Ogohlantirishlar: Arauxo (22), Montel (43), Guterres (50), Errera (66), Alvarado (89).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

87. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Messining pasidan so'ng Enco aylanma zarba bilan Ochoa darvozasiga joylab qo'ydi!

87. Enli Argentina burchakdan to'pni o'yinga kiritadi.

85. Meksika burchak zarbasi ishlab oldi, to'pni raqib himoyachilari qaytardi.

82. Meksikaliklarda standart yuzaga keldi, ammo Martines to'pni egallab oldi.

76. Meksika asta-sekin oldinga tashlanmoqda, Argentina esa qarshi hujumga o'tishga shay.

71. Montes katta tezlikda to'p bilan oldinga bordi va shunday tezlikda ortga qaytishga majbur bo'ldi.

67. Ektor Errera sariq kartochka bilan jazolandi.

64. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Messi hisobni ochdi! Markazdan to'pni qabul qilib olgan Leo raqib darvozasining pastki burchagini aniq nishonga oldi!



62. Di Mariyaning qanotdan uzatmasini yashil rangdagi futbolchilar qaytardi.

Suratga izoh bering

60. Meksikaliklarda standart xavfli chiqdi, argentinaliklar amallab to'pni qaytarishdi.

58. Argentinada o'zgarish: Enco Fernandes Gido Rodrigesni almashtirdi.

57. Messi va sherigi bir-birini tushunmadi, natijada to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

51. Messining jarima zarbasiga aniqlik etishmadi.

50. Messiga nisbatan qoida buzildi. Guteres ogohlantirildi. Leoda yaxshi imkoniyat.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Qo'polliklar ham.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+5. Vega raqib darvozasiga emas, muxlislar tomonga zarba yo'lladi.

45+3. Qo'pollik ishlatmagan faqat Messi qolgandi, endi uni ham boshqa ro'yxatga qo'shamiz.

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

45. ZARBA! Veganing jarimadan yo'llagan xavfli zarbasini Martines ushlab oldi.

43. Montel ogohlantirilmaguncha tinchimadi. Jarima zarbasi.

40. Argentina burchak zarbasi ishlab oldi. Standart natijasida Lautaro bosh bilan zarba yo'lladi, biroq aniq borishi uchun bitta darvoza kamlik qilardi.

34. Messining jarimadan yo'llagan zarbasini Ochoa qaytardi, keyin esa unga nisbatan qoida buzildi.

33. Bugun futboldan ko'ra UFC kechasini ko'rmoqdamiz.

29. Qanotda "oyoqbosdi" marosimi o'tkazildi. To'ydan farqli o'laroq, bu vaziyatda zarba kuchi yuqoriroq bo'ldi.

25. Montelning qanotdan uzatmasiga sheriklari eta olmadi.

22. Arauxo sariq kartochkalar dasturxonini ochib berdi.

21. Standartning oxiri Martinesning qo'llaridan yakunlandi.

20. Hozircha qoidabuzarliklardan boshqa vaziyatlarda yodda qolmayapti. Meksikaliklarda standart yuzaga keldi.

18. Guardado Lautaroni "shoxladi".

O'zaro so'nggi 5 o'yinning 4 tasida Argentina g'alaba qozongan, bir uchrashuv esa durang bilan yakunlangan.

16. Meksikaliklarning qoidasi o'xshamadi, lekin qo'polligi o'xshadi.

10. Meksikaliklar xavfli vaziyat sodir etdi.  Jarima zarbasidan so'ng Moreno aniq zarba bera olmadi.

9. Montel biroz avval o'ziga nisbatan ishlatilgan qo'pollikning alamini boshqadan oldi.

8. Meksika burchak to'pi ishlab oldi. Standart esa raqib futbolchisining tizza bo'yicha ham ko'tarilmadi.

5. Vega hujum chog'ida Montelning stamotolog qabuliga yozilishiga sababchi bo'ldi.

4. Dastlabki daqiqalarda argentinaliklar to'pni nazorat qilmoqda, meksikaliklar esa bosim uyushtirmoqda.

1. Uchrashuvni meksikaliklar boshlab berdi.

Bugun Argentina ko'k-oq, Meksika yashil-oq rangli libosda harakat qiladi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Madhiyalar yangramoqda.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика