JCH-2021. O'zbekiston bugun Rossiyaga qarshi oq libosda o'ynaydi, bahsni braziliyalik hakam boshqaradi
15 sen 2021 17:26
Yangiliklar
JCH-2021. O'zbekiston bugun Rossiyaga qarshi oq libosda o'ynaydi, bahsni braziliyalik hakam boshqaradi
Bugun mundialning 2-turiga start beriladi. "B" guruhidan o'rin olgan O'zbekiston terma jamoasi Rossiyaga qarshi kurash olib boradi. Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadigan uchrashuvni vakillarimiz qaysi libosda o'tkazishlari malum bo'ldi. Demak, bugun bahodir Ahmedov shogirdlari ruslarga qarshi to'liq oq rangli formada to'p tepishadi. Darvozabonimiz esa qora rangli libosda bo'ladi.
Futzal. JCH-2021. Bugun O'zbekiston Rossiyaga qarshi bahs olib boradi
SHuningdek, bugungi uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar brigadasi ham elon qilindi. Unga ko'ra, bosh hakam braziliyalik Gin Tells bo'ladi.
Futzal. JCH-2021
2-tur, 15.09.2021
O'zbekiston - Rossiya
Bosh hakam: Gin Tells (Braziliya)
Zaxira hakami: Daniel Matkovich (SHveycariya)
Ikkinchi hakam: Diego Molina (Kosta-Rika)
Uchrashuv komissari: Silviya Sergeyus (Litva)
Taymkiper: Josh Uilkens (AQSH)
Fikrlar