Futzal. JCH-2021. Bugun O'zbekiston Rossiyaga qarshi bahs olib boradi

Omonjon To`xtamirzayev
15 sen 2021
Bugun, 15 sentyabr, futzal bo'yicha jahon chempionatining navbatdagi bahslari bo'lib o'tadi.

O'zbekiston futzal terma jamoasi bugun JCH guruh bosqich 2-tur doirasida Rossiya bilan o'ynaydi.

Xabaringiz bor, dastlabki turda termamiz Gvatemalaga 4:5 hisobida yutqazib qo'ygandi, rossiyaliklar esa Misr terma jamoasi darvozasiga javobsiz 9 ta to'p kiritishgan. 

O'yin Toshkent vaqti bilan soat 22:00da Vilnyusdagi "Vilnius Arena" majmuasida start oladi.

Hamyurtlarimizga omad tilab qolamiz!



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia