So’nggi yangiliklar

13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  3 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  6 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  4 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0

JCH-2018 yulduzlari uchun maxsus xonalar Yangiliklar

JCH-2018 yulduzlari uchun maxsus xonalar

Teglar :  JCH-2018
Bugun yaqinda start oladigan Jahon CHempionati-2018 payti top-futbolchilar yashashi uchun maxsus xonalar haqida so'z yuritamiz.

Ana-mana deguncha mundialga ham uch oy vaqt qolibdi. Agar allaqachon chipta sotib olgan bo'lsangiz, endi qaerda tunab qolishingizni aniqlab olishingiz kerak. Bu aslo qiyin emas. Sizga bu borada Ronaldu, Neymar, Salax va jahon futbolining boshqa superyulduzlari yordam berishga shay turibdi.

Xo'sh, tayyormisiz? Unday bo'lsa ro'yxatimizni Mishi Batshuayi orzusidagi yotoqhona bilan boshlaymiz. 

Mishi multqahramon Spanchbobning ashaddiy muxlisi. “Borussiya” o'yinchisi shunday deydi: “Bu multfilmni juda ham yaxshi ko'raman. Agar uxlay olmasam, multfilm ko'rishni o'zimga odat qilganman!”

Sochi shahrida Pepe uchun maxsus oshxona. Ajoyib gul, o'zgacha idishlar jam bo'lgan g'ishtli noyob xona tajribali va oilasiga g'amxo'rlik qilishni sevadigan yigitga albatta yoqadi.

Ko'plab krossovka, basketbol jersilari va boshqa modaga oid narsalarni kollekciya qilishni yoqtiradigan Antuan Grizmann uchun maxsus xona.

Modaga juda qattiq etibor beradigan yana bir franciyalik o'ynichi Pol Pogba. Bu barbershop-xonada u endi har uchrashuvda turlicha soch turmagi qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Kilian Mbappe — Franciyaning eng yosh o'yinchisi. Tabiiyki, bu yoshdagi har qanday yigitning xonasida albatta kumirining surati bo'lishi kerak.

Krishtianu esa yozda bekorchilikka vaqti bo'lmaydi va kelajagi borasida bazi narsalar: azaliy raqibi Messini yana nimalarda ortda qoldirish, “Real”dan ketish payti keldimi, agar ha bo'lsa, qaerga ketish mumkinligi haqida o'ylab olishi zarur. "Oltin to'p"li tilla yigit uchun — tilla xona.

Neymar uchun xona tanlash biroz qiyin bo'ldi. Kreml band, Saransk braziliyalik uchun biroz qimmatlik qiladi. Eng yaxshisi o'zi bilan kerakli jihozlarni olib ijaraga xona olish...

Biz PSJ rahbarlarining xatosini takrorlamaymiz va Neymar hamda Kavanini boshqa-boshqa xonalarga joylashtiramiz. Bonus sifatida urugvaylik matadorga ajoyib gilam to'shalgan xonani sovg'a qilamiz. Bu gilam bilan Kavani istaganicha penalti tepishi mumkin.


Muhammad Salah uchun Sank-Peterburgdagi Misr uyida maxsus xona bor.  Krestovskiy yarim oroligacha yarim soatlik yo'l. Bu juda qulay bo'lib, APL superyulduzi o'yinlarga puxta tayyorlanishiga zamin yaratadi.

Deniel Starridj va Vensan Kompanini ham unutganimiz yo'q, albatta. Ular uchun atalgan xona maxsus dekoraciyalar bilan bezatilgan.

Gap-so'zlarga qaraganda, Joze Mourino mundial payti Rossiya telekanallaridan birida mutaxassis bo'lishi kutilmoqda. Portugaliyalik turnirning hamma o'yinida qatnashmaydi. Nazarimizda, bu ham bir tomondan yaxshi. SHuning uchun, MYU bosh murabbiyi yashashi uchun maxsus “xona”miz unga yoqadi deb umid qilamiz.

Bu kataloniyaliklar bayrog'i rangiga o'xshash hammom Jerar Pike uchun. Umid qilamiz, bu xona unga yoqadi.


Nozima Zaripova tayyorladi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика