So’nggi yangiliklar

00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  5 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18

JCH-2018. Keynning dubli Angliyaga g'alabani taqdim etdi Yangiliklar

JCH-2018. Keynning dubli Angliyaga g'alabani taqdim etdi

JCH-2018 doirasidagi "G" guruhining 1-turidan o'rin olgan ikkinchi to'qnashuv Angliyaning g'alabasi bilan yakunlandi.

                                  YANGILASH

- Xayrli kech! Jahon chempionati davom etadi. "G" guruhining 1-turidan o'rin olgan ikkinchi bellashuvi Tunis hamda Angliya terma jamoalari o'rtasida kechadi. Ushbu bahsdan ham onlayn reportajimizni boshlaymiz.

O'yin soat 23:00da start oladi.

"Liverpul" - "Tottenxem" - "Manchester Siti"

Angliya muxlislariTunis muxlisasi

Qiziq fakt: Angliya (13 000 000) terma jamoasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari obunachilari Tunis (11 000 000) aholisidan ko'p

- Tunis davlat madhiyasi yangramoqda. Keyin Angliya madhiyasiga navbat beriladi.

- Garet Sautgeyt qo'l ostida Angliya JCHda nima karomat ko'rsatadi? Bunga dastlabki javoblarni bugungi bahsdan keyin olamiz.

- Tunis bugun 4-3-3, Angliya esa 3-5-2 taktik sxemasida o'ynaydi.

1. O'yin boshlandi!

4. Angliyaning yuqori pressingi natijasida Tunis biroz shoshildi va oddiy vaziyatda xatoga yo'l qo'yildi. Angliya esa dastlabki daqiqalardanoq gol urish uchun vaziyat yaratdi. Xenderson va Allining harakatlari evaziga yuzaga kelgan vaziyat ancha keskin ko'rinish xosil qildi. Ammo Tunis himoyachilari va darvozabon o'z o'rnida yaxshi harakat qilishdi.

5. Angliya juda tez boshladi. Tezkorlik evaziga hujumlar tashkil etilmoqda. Lingard ancha faol.

8. Tashabbus to'liqligicha Angliya tarafida. Tunis hozircha kuchini to'psiz yurugish bilan sarflamoqda.

10. Tunis hujumga o'tayotgan paytda oddiy texnik xato evaziga bu hujum rivojlanmay qoldi. Tunis terma jamoasi futbolchilarida hayajon sezilmoqda. Nomdor raqib qarshisidagi hayajon hozircha tark etgani yo'q.

11. GOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! XARRI KEYN! 

- Angliya burchak zarbasini amalga oshirdi. Yang tomonidan oshirib berilgan to'pga Stounz boshi bilan kuchli zarba berdi. Tunis posboni Hassan super seyv orqali to'pni qaytardi, ammo Keyn bu erda hozir-u nozir edi. Tajribali hujumchi qaytgan to'pni osonlik bilan darvozaga yo'lladi - 0:1.

- To'pni qaytarish chog'ida Tunis posboni jarohat oldi. Tunisda majburiy o'zgarish yuz bermoqda. Muez Xassen o'rniga zaxiradan Ben Mustafa tushirilmoqda.

- Tunis uchun katta yo'qotish. Xassen ajoyib tarzda darvozani qo'riqlayotgandi. Endi barcha umid Ben Mustafadan. Hozirgina maydonga tushgan Mustafa ishga kirishdi. Angliyaning navbatdagi hujumini zaxiradan tushgan kiper bartaraf etdi.

19. Tunis o'yin tizginini o'z qo'liga olishga urinmoqda. Ammo ularga to'p bilan ko'p muomalada bo'lish nasib etmayapti.

- Saytimiz xodimi, Angliya futboliga befarq bo'lmagan Tolibjon Qosimov Angliyadan aynan shunday tezkor o'yin kutgani haqida o'zining tvitterdagi sahifasida malum qilmoqda.

23. "Manchester Yunayted" uslubidagi hujum: Yangning ajoyib pasini Lingard havoga uchirib yubordi. Lingard yaqin masofadan to'pni darvozaga yo'llashni uddasidan chiqolmadi.

27. Tunis ham hujumga o'tishga, Angliya darvozaboni Pikfordga ish topib berishga harakat qilmoqda. Ammo hozircha harakatlar besamar ketmoqda.

30. Angliya standart vaziyatlarida ancha xavfli o'ynamoqda. Jamoa tarkibida bo'ydor, baquvvat va ikkinchi qavatda zo'r o'ynaydigan futbolchilar etarli. Hozir Maguayr boshi bilan ajoyib zarba bergandi. Ammo zaxiradan maydonga tushgan Mustafa ishonchli o'ynadi va to'pni ushlab oldi.

33. Penalti! Tunis futbolchisiga nisbatan Uoker jarima maydonchasi ichida qo'pollik ishlatdi. Uoker hakamni oldida raqibga nisbatan ochiqchasiga qo'pollik ishlatdi. Yani raqibni tirsagi bilan urdi. 

35. GOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! SASSI! Sassi "nuqta"dan adashmadi. Pikford to'p yo'nalishini topdi, ammo zarbani qaytarishni uddasidan chiqa olmadi. Tunis - Angliya 1:1!

38. Angliya tanaffusga qadar hisobni o'z foydasiga hal etishni istamoqda. Jamoa hujumga zo'r bermoqda.

39. Dahshat! Angliya yana standart vaziyati orqali ajoyib vaziyat yaratdi. Ketma-ket imkoniyatlar. Alli, Stounz va boshqalar yaqin masofadan to'pni darvozaga to'g'irlab qo'ya olishmadi. Ajoyib imkoniyatlar. Lekin vaziyatlarni golga aylantirish muammoga aylanmoqda.

- Tolibjon Qosimov avvaliga Angliyaning tezkor o'yinidan xursand bo'lgandi. Keyin hakam mayda follarga etibor qaratmayotganini qayd etdi. Endi esa o'yin tempiga mahliyo bo'lib, Angliyaning yosh tarkibi mundialning eng quvnoq jamoasi bo'lishini taxmin qilmoqda.

44. Lingard navbatdagi vaziyatni ko'kka sovurdi. "Manchester Yunayted" futbolchisi Jahon chempionati darajasiga hali to'la moslashib ololmayapti.

- Birinchi taym tugadi. Tanaffus! Tunis - Angliya 1:1!

Birinchi taym statistikasi

Angliya futboliga befarq bo'lmagan Tolibjon Qosimovdan g'alati tvit: "Bu penalti Tunisning zarariga ishlashi mumkin, endi yanada dahshatli pressing uyushtiradi inglizlar". Qiziq, golga aylangan penalti qanday qilib Tunisning zarariga ishlashi mumkin? Foydaga ishladiku!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

49. Tunis futbolchilari juda oddiy vaziyatlarda to'pni yo'qotishmoqda. Angliya esa hozircha maydondagi yaqqol ustunligini hisobda aks ettira olmayapti. Bu esa Angliyaning hozircha eng katta kamchiligi bo'lmoqda.

52. Ben Mustafa o'z xatosini o'zi tug'irladi. Dastlab oddiy vaziyatda to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak zarbasidan keyin esa Stounzning boshi bilan yo'llagan zarbasini ushlab oldi.

53. Laynsmen yo'q joydan offsayd o'ylab topdi. Natijada Tunisning potencial hujumi uzilib qoldi.

55. Agarda shunday betartib, bemano o'yini bilan Tunis Angliyani yutib qo'ysa, unda bu dahshat!

"Match TV" Angliyaning gol nishonlashiga o'zgacha izoh berdi: "Angliya golni nega bu qadar nishonlagani malum bo'ldi. CHunki jamoa 100% imkoniyatlardan juda kamdan-kam gol urarkan", deyiladi kanalning tvitterdagi rasmiy sahifasida.

Ko'pchilikka esa "Match TV" etishmayapti ushbu mundialda! Ajoyib translyaciya, shedevr va bexato sharhlar...

63. Angliya ancha passivlashdi. Sautgeyt jamoasi endi raqib darvozasi oldida vaziyat yaratishda ham tezlikni tushirib yubordi.

68. Garet Sautgeyt Reshfordni maydonga tushirmoqda. Markus Angliyaning haloskoriga aylanadimi?

69. Tripper jarima zarbasidan to'g'ri darvozani poylamoqchi bo'ldi. Poylolmadi.

Zerikkan muxlisalar: Biri Vardini rafiqasi"Instagram"da jonli efirga chiqqan ko'rinadi, ikkinchisi esa gol bo'lishiga ishonqiramay turibdi...

78. Angliya jarima zarbasi ishlab oldi. Xavfli nuqtadan Yang to'pni noaniq tepib yuborib, navbatdagi imkoniyatni qo'ldan chiqardi.

80. Angliya faqat standart vaziyatlariga tayangan holda o'ynamoqda. Jamoaviy o'yin, kombinacion ishlanmalar umuma ko'rinmayapti. Ayniqsa ikkinchi bo'limda jamoa "yo'qolib" qolgandek taassurot qoldirmoqda.

82. Tunis 92 km, Angliya 90 kmdan ortiq yuguribdi. Bu vaqtga qadar bemalol chorvoqdagi "Bochka"ga borib shashlik eb o'tirsa bo'lardi :-)

- Qachon bir tuzuk, kuchli va haqiqiy top jamoa bo'lasan, Angliya?

Tunisning golidan keyingi Angliyaning holati ushbu suratda

90. GOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! XARRI KEYN! NIHOYAT! Yana burchak zarbasidan keyin himoyachilar Keynni etiborsiz qoldirishdi va Xarri uchrashuvda o'z dublini rasmiylashtirdi - 1:2.

O'yin tugadi! Keyn Angliyaga g'alabani taqdim etdi!


Tunisia

Ferjani Sassi - 35'

World Cup Grp. G . 1-tur

18/06/2018, 23:00

2
:
1
Tugadi

England

Harry Kane - 11', Harry Kane - 90'

Stadion: Volgograd Arena, 41064 tomoshabin

Bosh hakam: Wilmar Roldan

45'
90'
16'  Mouez Hassen (Farouk Ben Mustapha)
35'  Ferjani Sassi
74'  Naim Sliti (Mohamed Ben Amor)
85'  Wahbi Khazri (Saber Khalifa)
11'  Harry Kane
33'  Kyle Walker
68'  Raheem Sterling (Marcus Rashford)
80'  Dele Alli (Ruben Loftus-Cheek)
90'  Harry Kane
90'  Harry Maguire
90'  Jesse Lingard (Eric Dier)

JCH-2018
18.06.2018, 23:00
"G" guruhi

Tunis - Angliya 1:2

"Volgograd Arena" stadioni.

Bosh hakam
: Vilmar Roldan (Kolumbiya)

Gollar: 0:1 – 11 Keyn, 1:1 – 35, penalti Sassi, 1:2 – 90 Keyn.

Tunis – Assen (Ben-Mustafa, 15), Ben-Yussef, Maalul, Bronn, Merya, Sliti (Ben-Amor, 74), Skiri, Xazri (Xelifa, 85), Sassi, Badri, Ben-Yussef.

Angliya – Pikford, Uoker, Stounz, Yang, Maguayr, Alli (Loftus-CHik, 80), Lingard (Dayer, 90), Sterling (Reshford, 68), Xenderson, Tripper, Keyn.

Ogohlantirish: Uoker (33).

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика