So’nggi yangiliklar

04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   7 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  11 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8

JCH-2018. SHveycariya Serbiya ustidan irodali g'alaba qozondi Yangiliklar

JCH-2018. SHveycariya Serbiya ustidan irodali g'alaba qozondi

Jahon chempionatida bugunga mo'ljallangan so'nggi bahs Serbiya va SHveycariya terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdagi vaziyatlarni shu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

Serbia

Aleksandar Mitrovic - 5'

World Cup Grp. E . 2-tur

22/06/2018, 23:00

2
:
1
Tugadi

Switzerland

Granit Xhaka - 52', Xherdan Shaqiri - 90'

Stadion: Kaliningrad Stadium, 33167 tomoshabin

Bosh hakam: Felix Brych

45'
90'
5'  Aleksandar Mitrovic
5'  Dusan Tadic
34'  Sergej Milinkovic-Savic
39'  Luka Milivojevic
45'  Nemanja Matic
64'  Filip Kostic (Adem Ljajic)
81'  Luka Milivojevic (Nemanja Radonjic)
87'  Aleksandar Mitrovic
46'  Haris Seferovic (Mario Gavranovic)
52'  Granit Xhaka
73'  Blerim Dzemaili (Breel Embolo)
90'  Xherdan Shaqiri
90'  Mario Gavranovic
90'  Xherdan Shaqiri
90'  Steven Zuber (Josip Drmic)


JCH-2018
"E"
guruhi, 2-tur
"Kaliningrad stedium"
Serbiya - SHveycariya 1:2
Bosh hakam:
Feliks Brix
Gollar: A.Mitrovich 5 - G.Jaka 52, J.SHakiri 90

Serbiya: 1.Vladimir Stoykovich, 3.Dushko Toshich, 6.Branislav Ivanovich, 11.Aleksandr Kolarov, 15.Nikola Milenkovich, 10.Dushan Tadich, 4.Luka Milivoevich (18.Nemanya Radonich, 81), 20.Sergey Milinkovich-Savich, 21.Nemanya Matich, 17.Filipp Kostich (22.Adam Lyayich, 64), 9.Aleksandr Mitrovich.

SHveycariya: 1.Yan Zommer, 2.Stefan Lixtshtayner, 5.Manuel Akanji, 13.Rikardo Rodriges, 22.Fabian SHar, 10.Granit Jaka, 11.Valon Bexrami, 14.Stiven Cuber (19.Yosip Drmich, 90), 15.Blerim Jemaili (7.Brel Embolo, 73), 23.Jerdan SHakiri, 9.Xaris Seferovich (18.Mario Gavranovich, 46).

Ogohlantirishlar: S.Milinkovich-Savich 33, L.Milivoevich 39, N.Matich 45+2, A.Mitrovich 88 - J.SHakiri 90



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90 - Gooooooollllll, Jerdan SHakiriiii jamoasini hisobda oldinga olib chiqmoqda. Jerdan maydon markazidan birga-bir qochib ketdi va Stoykovichni dog'da qoldirdi.

86 - Rikardo Rodrigesning jarimadan tepgan to'pi jonli devorga tegib qaytdi.

84 - Gavranovichning zarbasini Stoykovich qaytardi, lekin Gavranovich to'pni qabul qilishdan oldin o'yindan tashqari holatda edi. Hakamlar buni payqashmadi.

82 - Branislav Ivanovich sal bo'lmasa to'pni o'z darvozasiga to'g'rilab yuborishi mumkin edi.


Super goldan bir lahza oldin.


77 - SHakiri tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi-yu, himoyachini ortda qoldira olmadi.

73 - SHveycariya tarkibida Bleram Jemaili o'rniga Brel Embolo maydonga tushdi.

64 - Serbiya tarkibida Kostich o'rniga Adam Lyayich maydonga tushdi.

58 - Zarbaaaa, Jerdan SHakirining aylanma zarbasi darvoza ustuniga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. SHveycariya hujumga katta kuch tashlamoqda.

52 - Gooooooooollllll, Granit Jakadan shedevr gol. Pushka. Jaka to'pni to'xtatmasdan Stoykovich darvozasiga "sanchib qo'ydi".

Ikkinchi bo'lim boshlandi. SHveycariya ustozi 1-bo'limda ko'rinmagan Seferovich o'rniga maydonga Mario Gavranovichni tushirdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45-1 - Tadichdan ajoyib zarba, lekin unga aniqlik etishmadi.

42 - Tadich birgina harakat bilan ikki nafar o'yinchini "xot-dog"ga jo'natib yubordi.

37 - Tadichning 22 metrlardan tepgan to'pini Zommer ushlab oldi.

33 - Milinkovich-Savich SHarga nisbatan keskin va qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

33 - SHveycariya hujumga zo'r bermoqda, ammo hozircha Mladen Krstayich shogirdlari ustunroq.

30 - Zarbaaaa, Vladimir Stoykovichdan kun seyvi. Jemailining yaqin masofadan bergan zarbasi bartaraf etildi. Cuber aqlli pas bilan Bleramni birga-bir vaziyatga chiqardi, Jemailining zarbasini esa Stoykovich o'ng qo'li bilan urib yubordi.

29 - Milivoevichga tibbiy yordam ko'rsatildi.


Ajoyib ko'rinish.


26 - Akanjining bosh bilan zarbasi noaniq ketdi.

Saytimizning telegramdagi kanalida uchrashuvdagi barcha gollarni ko'rish mumkin: KANALGA O'TISH

23 - Zarbaa, avvaliga SHakiri, keyin esa Lixtshtaynerning zarbalirini himoyachilar qaytarishdi.

19 - Har ikki jamoa omadini hujumdan izlamoqda. Hozircha serblar yaxshiroq harakat qilishmoqda.


Mitrovich kiritgan gol.


16 - Milinkovich-Savichdan noaniq zarba.

5 - Goooooooolllllll, Aleksandr Mitrovichchchchch ikkinchi urinishda baribir o'z niyatiga etdi va hisobni ochdi. Tadichning o'ng qanotdan chap oyoqda uzatgan to'pini Mitrovich boshi bilan darvozaga yo'lladi, tezkor gol qiziqarli o'yinga ishoradek go'yo.

5 - Zarbaaa, Mitrovichning bosh bilan bergan zarbasini Zommer qaytarib qoldi.


SHveycariya esa oq libosda maydonga tushgan.


Bugun Serbiya qizil libosda to'p tepmoqda.


Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика