JCH–2018 saralashi. Valentin Kovalenko Saudiya Arabistoni – Yaponiya uchrashuvini boshqaradi
28 iyu 2017 11:48
Yangiliklar
JCH–2018 saralashi. Valentin Kovalenko Saudiya Arabistoni – Yaponiya uchrashuvini boshqaradi
Xalqaro futbol federaciyasi (FIFA) Osiyo mintaqasidan JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “B” guruhi 10-turidan o'rin olgan Saudiya Arabistoni – Yaponiya uchrashuviga rasmiylarni tayinladi.
Mazkur uchrashuvni o'zbekistonlik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Valentin Kovalenko bosh hakam vazifasini bajaradi, qanotlarda Mamur Saidqosimov va Husniddin SHodmonov ishlaydi. Zaxira hakami – Dmitriy Pislegin.
Iordaniyalik Ismoil Adnan al-Hafi referilar ishiga baho beradi. Uchrashuv komissari etib Janubiy Koreya vakili Li Sangvun tayinlandi.
Malumot uchun, “B” guruhi peshqadamligi uchun kurashayotgan Saudiya Arabistoni va Yaponiya o'rtasidagi o'yin 5 sentyabr kuni Jidda shahrida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar