So’nggi yangiliklar

01:49"Бавария" яхши пул эвазига Горецкани сотишга тайёр ва бу ҳақда Леонга хабар берди, аммо...  0 01:27Лангле Ла Лиганинг бошқа клубига ўтадими?  0 01:03"Манчестер Юнайтед" ПСЖ футболчиси билан шартнома бўйича келишувга эришди  0 00:32"Милан" Абрахамни харид қилиши мумкин. "Рома" Довбикнинг харидидан сўнг форвардни сотмоқчи  1 00:05РПЛ. "Рубин" ва Ашурматов Қозонда "Химки"га мағлуб бўлди  1 23:32Александр Хомяков: "Бизда ҳимоячилар муаммоси кўзга ташланмоқда"  1 23:07Миржалол Қосимов: "Бобур-арена"да "Андижон"нинг 12-рақамли футболчиси бор"  12 22:56"Реал" Лапортга қизиқмоқда, аммо "Ал Насср"га пул тўлашни хоҳламаяпти. Ҳимоячи "Мадрид"га ўтишни хоҳламоқда ва маошининг пасайишига рози  1 22:30Суперлига. "Андижон" — ОКМК (2:3), олмалиқликлардан даҳшатли камбэк!  2 22:10Про лига. "Олимпик Mobi-Uz" ва "Хоразм" ўзаро дуранг ўйнади  1 21:45Суперлига. "Бобур Арена"да 5 та гол урилган баҳсда ОКМК камбэк қайд этди  69 21:42"Атлетико" 30+5 млн евролик трансферни амалга оширди  2 21:17"Нью-Йорк – кўк-аноррангда". "Барса" "Реал" билан ўйин олдидан Таймс-скверда клуб либосидаги Озодлик ҳайкали акс этган роликни намойиш этди  1 20:23"Бенфика" Феликс учун 60 млн евро тўлашга тайёрмас  3 19:25"Атлетико" "Манчестер Сити" ҳужумчиси учун 40+20 млн. евро таклиф қилмоқчи  1

JCH-2018 saralashi. Osiyoda etakchilar o'zlariga kelmoqda Yangiliklar

JCH-2018 saralashi. Osiyoda etakchilar o'zlariga kelmoqda

Seshanba kuni qitamizda Osiyo va jahon chempionatlari birlashtirilgan saralash bosqichida 4-tur uchrashuvlari o'tkazildi.

Bo'lib o'tgan 16 uchrashuvning aksariyatida oldindan taxmin qilingan jamoalar g'alaba qozonishdi. Faqat ikki bellashuvda qayd etilgan durang natija bazilarni ajablantirdi, lekin o'sha o'yinlarni ham katta sensaciya keltirib chiqardi deb aytib bo'lmaydi. Bahslarga batafsilroq to'xtalib o'tamiz.

“A” guruhida Malayziya Saudiya Arabistonini qabul qildi. 5 kun avval BAAdan 10ta gol o'tkazib yuborgan malayziyaliklar bosh murabbiyi istefoga chiqarildi. Bu safar ham ko'pchilik ushbu jamoadan yirik hisobda mag'lubiyat kutgandi, lekin 5 kun ichida ko'p narsalar o'zgargandek tuyuldi. 70-daqiqada Safiq Rahimning golidan keyin sensaciya yuz beradigandek tuyulgandi, biroq 3 daqiqa ichida Taysir Jassim va Muhammad Sahlavi saudiyaliklarni oldinga olib chiqishdi. 87-daqiqada esa tribunalardan maydonga qarata pirotexnik vositalar uloqtirildi. Hakam Kvok Man Liu uchrashuvni to'xtatishga qaror qildi. Muxlislarning tartibsizligi endi Malayziyaga qimmatga tushadi. O'yin natijasi bekor qilinib, mezbonlarga texnik mag'lubiyat yozilishini kutish mumkin. Qolaversa, navbatdagi uy bahslarini tomoshabinlarsiz o'tkazish ehtimoli katta. OFK bunday holatlarga nisbatan jiddiy ish ko'radi. Kichik qoidabuzarliklar ham biror o'yinni bo'sh tribunalar ostida o'ynashga sabab bo'ladi. Bu uchrashuvdagi vaziyat esa ancha yomonroq ko'rinish oldi. Guruhdagi ikkinchi bellashuvda Falastin ilk bor o'z maydonida uchrashuv o'tkazdi. BAA termasini qabul qilgan mezbonlar golsiz durangga erishishdi. Falastin safarda Saudiyaga ham jiddiy qarshilik ko'rsatgandi. Bu jamoada ham yaxshi ijrochilar mavjud, faqat ularga zarur sharoitlar yo'q edi. Doimiy yig'inlar va o'yinlar o'tkazish orqali Falastin bemalol o'rtamiyonalar safidan o'rin egallay oladi.


“V” guruhida Avstraliya va Iordaniya yirik muvaffaqiyatlarini nishonladi. “Sokkeruzlar” Tojikiston mehmoni bo'lib, 3:0 hisobida zafar quchishdi. Qitamiz chempionlari barcha gollarini ikkinchi bo'limda urdi. Milligan va Keyxillning dubli evaziga Avstraliya 3-o'yinda ham g'alaba qozondi. O'tgan turda o'z maydonida ochko yo'qotgan Iordaniya esa autsayder Bangladesh darvozasini mehmonda 4 marta nishonga oldi.

“S” guruhida esa Qatar va Xitoy kutilganidek raqiblaridan ustun keldi. Qatar 5 kun oldin Xitoy maydonidan ochko bilan qaytgan Gonkongdan safardan 3:2 hisobida ustun keldi. 87-daqiqagacha yirik hisobda oldinda borayotgan Qatar sal qolsa g'alabani qo'ldan chiqarib yuborishi ham mumkin edi. Mezbonlar so'nggi daqiqalarda farqni minimal darajaga keltirishga ulgurishdi. Xitoy esa Maldiv orollari maydonidan 3:0 hisobidagi yutuq bilan qaytdi. Ushbu guruhda ko'p masala Qatar va Xitoyning o'zaro uchrashuvida hal etilsa kerak. Darvoqe, Qatar terma jamoasi ochko yo'qotgan taqdirda bizda OFKning reyting jadvalida ushbu mamlakat bilan o'rtadagi farqni qisqartirish imkoniyati paydo bo'lardi. CHempionlar ligasida o'rinlar taqsimoti 2017 yildan yangi jadval asosida bo'ladi va bunda biz Qatardan ortda qolyapmiz. Afsuski, Qatar guruhdagi 3 bellashuvni g'alaba bilan yakunladi. Endi bir mag'lubiyat bu mamlakat ochkolariga katta salbiy tasir ko'rsatmaydi.

“D” guruhida Guam o'z maydonida Ummondan ochko tortib oldi. Ushbu natija ham ko'pchilik uchun kutilmagan bo'ldi, biroq guamliklar tarkibida shunchaki havaskorlar maydonga tushmayapti. Ular AQSH chempionatida o'ynayotgan futbolchilar bilan kuchayib olish imkoniyatiga egalar. Yanayam buni hali faol darajada amalga oshirishmadi. Ummon esa kuchlilarga qarshilik qiladi, biroq o'zidan kuchsizroq terma jamoalar bilan o'yinlarda ko'p marta ochko yo'qotib turadi. SHuningdek, Guam darvozabonining bellashuvni ishonchli o'tkazganini alohida takidlash kerak. Guruh etakchisi Eron esa Hindiston darvozasiga 3ta to'p kiritdi. Azmun va Taremi bu safar ham gol urib, terma jamoada etakchilik vazifasini yoshlar bajarayotganini isbotlashdi.


“E” guruhida Yaponiya va Suriya bir xil – 6:0 hisobidagi muvaffaqiyatlarini tantana qildi. Yaponiya Tehronda Afg'oniston mehmoni bo'ldi. Kagava va Okazaning dubli, Morishige va Xondaning gollariga afg'onlar javob bera olishmadi. Hozircha ochko yo'qotmayotgan Suriya esa Kambodiyada mezbonlar darvozasini 6 marta ishg'ol qildi. Katta futbolni sog'inib qolgan kambodiyaliklar hozircha kuchli raqiblarga qarshi bahslarda faqat yirik hisobda mag'lubiyatlarni qabul qilib olishmoqda. Bu guruhda Yaponiya va Suriya o'rtasidagi to'qnashuvlar peshqadam kim bo'lishini aniqlab beradi. Hozircha yaponlar Singapurga qarshi uchrashuvdagi durang tufayli rejalashtirilmagan ochko yo'qotishga egalar.

“F” guruhida etakchilar uchrashuvi Tailand va Iroq o'rtasida kechib, unda 2:2 hisobi qayd etildi. Tailand 80-daqiqagacha 0:2 hisobida engilayotgandi, lekin bellashuv yakunida muvozanatni tikladi. Bu jamoalarning javob bahsida ko'p narsaga oydinlik kiritiladi. Autsayderlar Xitoy Taypeyi va Vetnam o'yinida mehmonlar so'nggi daqiqalardagi gol evaziga g'alaba qozonishdi. Vetnam yuqoridagi ikki jamoaga o'z maydonida qarshilik qilishi mumkin.

“G” guruhida barcha masala peshqadamlarning o'zaro to'qnashuviga qarab ketmoqda. Quvayt Laosda 2:0, Koreya Livanda 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Hozircha bu jamoalar ochko yo'qotishmadi. Ularning o'zaro kechadigan ikki bellashuvidagi natijalar guruh g'olibi masalasini hal etib beradi. To'plar nisbati ham har ikki termada deyarli teng ko'rsatkichdan iborat. O'zaro o'yinlarda ko'proq ochkoga ega chiqqan jamoa yakunda g'olib bo'lish uchun katta imkoniyatni qo'lga kiritadi. Miodrag Radulovich ustozlik qilayotgan Livan esa Quvayt hamda Koreyaga imkoniyatni boy berdi. Livan uchun Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanma olish yomon natija sanalmaydi.


Biz o'rin olgan guruhdagi ikkinchi bellashuvda Bahrayn Doxada Yamandan 4:0 hisobida ustun keldi. Yamanliklar notinchlik sababli uy o'yinlarini Doxada o'tkazishmoqda. 3 sentyabr kuni Toshkentda o'yin oxirigacha terma jamoamizga jiddiy qarshilik ko'rsatgan Yamanning seshanba kungi bellashuvda jismonan tiklanib ulgurmagani ko'rinib qoldi. Boshqa tomondan baribir o'z maydonida ular oldinga tashlanishdi va buning uchun munosib jazolanishdi. Futbol hamisha ham mantiqqa to'g'ri kelavermasligi bilan qiziq. Biz Yamanni qiyinchilik bilan yutdik, Bahrayn esa osonlikcha. O'z navbatida Bahrayndan yaqqol ustunlik qilgan Filippinning bizga qarshiligi 14 daqiqaga etdi xolos.

Oktyabr oyida yana ikki tur o'yinlari o'tkaziladi. O'sha bellashuvlarda guruhdagi etakchilarning yakunda qancha ochko to'plashlari mumkinligini taxmin qilish mumkin bo'ladi. Milliy termamizning keyingi turda Bahraynga qarshi kechadigan o'yini biz uchun katta ahamiyatga ega. O'sha uchrashuvda ham futbolchilar chiroyli g'alabani qo'lga kiritishlariga umid qilamiz.


Behzod NAZAROV.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика