So’nggi yangiliklar

10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  0 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  0 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  23 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  6 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  10 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  16 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  7 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  20 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  11 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  4 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  7 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  2 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  5

JCH-2018. Mundialda ishtirok etadigan jamoalar haqida siz bilgan va bilmagan malumotlar Yangiliklar

JCH-2018. Mundialda ishtirok etadigan jamoalar haqida siz bilgan va bilmagan malumotlar

Peru terma jamoasi 2018 yil Rossiya maydonlarida bo'lib o'tadigan jahon chempionatining so'nggi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Ushbu mundialda ishtirok etadigan jamoalar haqida siz bilgan va bilmagan ajoyib malumotlarni taqdim etamiz.

Rossiya - FIFA reytingida 65-o'rin

Rossiya terma jamoasi jahon chempionatida hozirgacha biror marta guruh bosqichidan nariga o'tmagan.


Braziliya - FIFA reytingida 2-o'rin

5-karra chempion, 4ta sovrinni mundialda Gollandiya ishtirok etmaganida qo'lga kiritgan, birinchisi esa - 1958 yilda, Italiya turnirda ishtirok etmaganida yutilgan.

JCH-2018da Italiya va Gollandiya ishtirok etmaydi.

Saralashning asosiy qahramoni - Neymar


Eron - FIFA reytingida 34-o'rin

Eron terma jamoasi JCH saralashida 12ta quruq o'yin o'tkazib, rekord o'rnatdi.

Saralashning asosiy qahramoni - Sardor Azmun


Yaponiya - FIFA reytingida 44-o'rin

JCH-2018 saralashida jamoa yo'ldagi tiqilinch tufayli Saudiya Arabistoniga qarshi bahs o'tadigan stadionga taksida yo'l olgan.

Saralashning asosiy qahramoni - Maya Yoshida


Meksika - FIFA reytingida 16-o'rin

Gondurasga qarshi JCH-2018 saralash uchrashuvida darvozabon Gilerme Ochoa to'p boshiga tekkanidan so'ng avtogol urib qo'ygan.

Saralashning asosiy qahramoni - Ektor Errera


Belgiya - FIFA reytingida 5-o'rin

Romelu Lukaku bu yil Belgiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar Bernar Vorxof va Pol van Ximst bilan tenlashib oldi (30ta gol).

Saralashning asosiy qahramoni - Kevin De Bryuyne


Janubiy Koreya - FIFA reytingida 62-o'rin

Jahon chempionatida yarim finalgacha bora olgan (2002) Osiyoning yagona terma jamoasi.

Saralashning asosiy qahramoni - Son Xyon Min


Saudiya Arabistoni - FIFA reytingida 63-o'rin

Bu mamlakatda 2018 yildan ayollar futbol uchrashuvlariga kirishga ruxsat etildi.

Saralashning asosiy qahramoni - Muhammad As-Sahlavi


Germaniya - FIFA reytingida 1-o'rin

Terma jamoa bu yil bir saralash turnirida gollar soni bo'yicha rekord o'rnatdi (43). Keyin ular safiga Belgiya qo'shildi.

Saralashning asosiy qahramoni - Joshua Kimmix


Angliya - FIFA reytingida 12-o'rin

JCHdan oldin Garet Sautgeyt Braziliyaga qarshi bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuviga klubda birorta uchrashuvda maydonga tushmagan "Manchester Siti" darvozaboni Angus Ganni terma jamoaga chaqirdi.

Saralashning asosiy qahramoni - Garri Keyn


Ispaniya - FIFA reytingida 8-o'rin

Xerard Pike terma jamoadan ketishga yaqin edi - uni Kataloniya referendumini qo'llagani tufayli jamoadagi kayfiyatni izdan chiqarishda ayblashdi.

Saralashning asosiy qahramoni - Isko


Nigeriya - FIFA reytingida 41-o'rin

Ahmad Musa joriy mavsum "Lester Siti" safida APL uchrashuvlarida asosiy tarkibda maydonga tushmadi, biroq u terma jamoaga chaqirilishda davom etmoqda.

Saralashning asosiy qahramoni - Viktor Mozes


Kosta-Rika - FIFA reytingida 22-o'rin

Joriy yilda Kosta-Rika futbol federaciyasi sobiq prezidenti pora olishda va korrupciyada ayblanib, bir umrga futboldan chetlatildi.

Saralashning asosiy qahramoni - Kristian Bolanos


Polsha - FIFA reytingida 6-o'rin

Robert Levandovski JCH-2018 Evropadagi saralashida 16ta gol urdi va eng yaxshi to'purarga aylandi, shu bilan birga u Polsha terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi "snayper"ga aylandi (51ta gol).

Saralashning asosiy qahramoni - Robert Levandovski


Misr - FIFA reytingida 30-o'rin

Mamlakat hukumati Misr terma jamoasi muxlislariga Rossiyadagi JCHda rus qizlar bilan tanishmaslikni maslahat berdi. Bunga sabab - ular pulni juda yaxshi ko'rishar ekan.

Saralashning asosiy qahramoni - Muhammad Salax


Islandiya - FIFA reytingida 21-o'rin

Islandiyaliklar bosh murabbiyi Xeymir Xallgrimsson yarim stavkada tish shiofokori bo'lib ishlaydi.

Saralashning asosiy qahramoni - Gilfi Sigurdsson


Serbiya - FIFA reytingida 38-o'rin

Serbiya terma jamoasi guruhda 21 ochko to'plab, 1-o'rin bilan JCH yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bazi boshqa guruhlarda xatto ikkinchi o'rinlar ham Serbiyadan ko'proq ochko to'plashgan.

Saralashning asosiy qahramoni - Dushan Tadich


Franciya - FIFA reytingida 7-o'rin

78% franciyaliklar 2015 yildagi mojaroa tufayli terma jamoaga Karim Benzema qayqtishini istashmaydi.

Saralashning asosiy qahramoni - Antuan Grizmann


Portugaliya - FIFA reytingida 3-o'rin

Ronaldu ishtirok etgan 9ta saralash uchrashuvining barchasida Portugaliya g'alaba qozongan. Krishtianu maydonga tushmagan yagona bahsda Portugaliya mag'lubiyatga uchradi.

Saralashning asosiy qahramoni - Krishtianu Ronaldu


Argentina - FIFA reytingida 4-o'rin

Argentina terma jamoasi Messi bilan saralashning 12ta o'yinida 21 ochko to'pladi. Messisiz esa - 8ta o'yinda 7 ochko.

Saralashning asosiy qahramoni - Lionel Messi


Kolumbiya - FIFA reytingida 13-o'rin

Saralashning so'nggi uchrashuvida Kolumbiya va Peru durang o'ynadi. Falkao maydonda hisob hammani qoniqtirishini elon qildi. CHililiklar FIFAdan o'yinni kelishilgan deb hisoblashni so'radi.

Saralashning asosiy qahramoni - Xames Rodriges


Urugvay - FIFA reytingida 17-o'rin

Kavani va Suares - Janubiy Amerikadagi so'nggi ikki JCH saralashining eng yaxshi to'purarlari. Kavani bu saralashda 10ta, Suares avvalgisida 11ta gol urgan edi.

Saralashning asosiy qahramoni - Edinson Kavani


Panama - FIFA reytingida 49-o'rin

Terma jamoa futbolchisi Amilkar Enrikes 2017 yilning bahorida o'z uyi oldida o'ldirilgan. U 3 hafta oldin terma jamoadagi so'nggi uchrashuvini o'tkazgan edi.

Saralashning asosiy qahramoni - Roman Torres


SHveycariya - FIFA reytingida 11-o'rin

Pley-offda SHimoliy Irlandiya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, futbolchilar kirilchada "SHveycariya" deb yozilgan futbolkalarni kiyishdi.

Saralashning asosiy qahramoni - SHtefan Lixtshtayner


Marokash - FIFA reytingida 48-o'rin

Terma jamoa JCHga chiqqani tufayli futbol muxlislari Bryusselda ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarishdi.

Saralashning asosiy qahramoni - Mbarak Bussufa


Tunis - FIFA reytingida 28-o'rin

Terma jamoa etakchilaridan biri, "Marsel" himoyachisi Aymen Abdennur saralashning katta qismini o'tkazib yubordi. Bunga sabab qilib bosh murabbiy bilan janjallashib qolgani ko'rsatilmoqda.

Saralashning asosiy qahramoni - Vaxbi Xazri


SHveciya - FIFA reytingida 25-o'rin

SHvedlar hujumchisi Markus Berg Italiyaga qarshi JCH pley-off bahsida Leonardo Bonuchchining burnini sindirdi.

Saralashning asosiy qahramoni - Andreas Grankvist


Daniya - FIFA reytingida 19-o'rin

Daniyaliklar ustozi Oge Xareyde 2002 yil ayoli rakdan qutilishiga yordam berish uchun "Brodbyu"dan ketgan edi. U sababi haqida 2 yil o'tibgina aytib bergan.

Saralashning asosiy qahramoni - Kristian Eriksen


Senegal - FIFA reytingida 32-o'rin

JARga qarshi saralash uchrashuvini qayta o'tkazishga to'g'ri keldi. Ushbu bahsni hakam kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgan ekan. Senegalliklar ikki bahsda ham g'alabaga erishishdi.

Saralashning asosiy qahramoni - Sadio Mane


Avstraliya - FIFA reytingida 43-o'rin

Avstraliya - avstraliyaliklar JCH saralashning hal qiluvchi bahsidan oldin Gonduras terma jamoasining mashg'ulotin kuztish uchun drondan foydalanishdi.

Saralashning asosiy qahramoni - Tim Kexill


Xorvatiya - FIFA reytingida 18-o'rin

Xovariya terma jamoasi bosh murabbiyi JCH saralashi o'yinlari paytida ideal jamoaga ega bo'lish uchun unga 11 nafar Manjukich kerak bo'lishini aytdi.

Saralashning asosiy qahramoni - Mario Manjukich


Peru - FIFA reytingida 10-o'rin

Peruning Yangi Zelandiya bilan muhim o'yini tufayli GreenDay guruhi Limadagi koncertini boshqa kunga ko'chirdi.

Saralashning asosiy qahramoni - Jefferson Farfan


Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика