So’nggi yangiliklar

14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  1 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  2 14:03Самарқандда синмайдиган анъана, енгилмас Абрамов "армияси" ва уча олмаётган "қалдирғочлар" — “Динамо” ва “Бунёдкор” тўқнашувидан олдин  1 13:44"Челси" Коло Муани борасида ПСЖ билан музокараларни бошлади  1 13:17Макелеле фаолиятида муҳим ўрин тутадиган мураббий кимлигини айтди  0 12:50Бахтиёр Қосимов: "Ўз майдонимизда "Динамо" илк мағлубиятини қабул қилиб олади"  3 12:28Компани: "Месси қандай қилиб ҳали ҳам шундай ўйнаяпти, билмайман"  3 12:00Абдурауф Бўриев: "Ҳисоб 6:0 бўлсин ёки 1:0 – ғалаба учун 3 очко берилади. Ҳозирда хориж клублари билан музокаралар кетмоқда"  2 11:45"Олтин тўп" учун курашда янги етакчи — Витинья биринчи ўринга чиқиб олди  8 11:18"Эчеверри тинмай машқ қилди, меҳнат ўз натижасини кўрсатди" — Гвардиола  1 10:40Криштиану Роналду яқин кунларда янги шартнома имзолайди  1 10:07Яна икки нафар футболчимиз Қозоғистон клубини тарк этди  3 09:38“Рома“ уч нафар футболчини 30 июнга қадар сотиши шарт  8 09:11ЦСКАнинг янги бош мураббийи мамлакатида қамалиши мумкин  1 08:43"Пахтакор" Тошкентда "Қўқон-1912"ни мағлуб этган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0

JCH-2018. Misr - Urugvay. Prevyu Yangiliklar

JCH-2018. Misr - Urugvay. Prevyu

Teglar :  JCH-2018MisrUrugvay
Bugun JCH-2018da "A" guruhining 1-tur o'yinlari o'z yakuniga etadi.

Kecha Rossiya terma jamoasi ochilish o'yinida Saudiya Arabistoni ustidan 5:0 hisobida zafar quchdi. Bugun esa ushbu guruhdagi qolgan ikki jamoa to'qnash keladi.

Misr xalqi Urugvayga qarshi o'yinni sabrsizlik bilan kutishmoqda, sababi "firavnlar" 28 yillik tanaffusdan so'ng yana Jahon chempionatiga chiqishdi. Barcha Muhammad Salohning maydonga tushishi yoki tushmasligi borasida o'ylanmoqda. Agar "Liverpul" hujumchis bugungi bahsda maydonga tushsa barcha etibor aynan unga qaratiladi.

Misr terma jamoasida Salohdan boshqa yana kimlar bor deysizmi? "Vest Bromvich" himoyachilari Ahmed Xegazi va Ali Gabr, "Arsenal" yarim himoyachisi Muhammad El-Neni, "Stok Siti" yarim himoyachisi Ramazon Sobxi.

Misrning raqibi juda jiddiy ikki karra Jahon chempioni - Urugvay terma jamoasi. Ular oxirgi ikki mundialda ajoyib o'yinlar namoyish etishdi, ayniqsa JCH-2010da Forlan va uning sheriklari to'rtinchi o'rinni band etishgandi. Jamoa safida Luis Suares va Edinson Kavani kabi hujumchilar borligi Urugvayning kuchini ko'rsatib turibdi. JCH-2018 saralashida Urugvay Braziliyadan keyingi ikkinchi o'rinni egallab mundialga yo'llanma olgandi.


Bu qiziq
So'nggi bor Urugvay terma jamoasi JCH-1970da birinchi o'yinni yutgandi, shundan keyin mundiallardagi birinchi o'yinida 3 marta durang qayd etdi va 3 bor mag'lub bo'ldi. Janubiy Amerikaliklar 48 yillik qora ananaga barham berisharmikin?

45 yoshli misrlik darvozabon Essam El-Xadari ajoyib natija qayd etishi mumkin. Agar posbon Urugvayga qarshi o'yinda maydonga tushsa, Jahon chempionatlari tarixida maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchiga aylanadi. Hozirgi rekord kolumbiyalik Farid Mondragonga tegishli. U 43 yoshida mundialda o'ynagandi.


Egypt

World Cup Grp. A . 1-tur

15/06/2018, 18:00

1
:
0
Tugadi

Uruguay

Jose Gimenez - 89'

Stadion: Ekaterinburg Arena, 27015 tomoshabin

Bosh hakam: Bjorn Kuipers

45'
90'
50'  Tarek Hamed (Sam Morsy)
63'  Marwan Mohsen (Mahmoud Kahraba)
82'  Amr Warda (Ramadan Sobhi)
90'  Sam Morsy
90'  Ahmed Hegazy
58'  Nahitan Nandez (Carlos Sanchez)
59'  Giorgian De Arrascaeta (Cristian Rodriguez)
87'  Matias Vecino (Lucas Torreira)
89'  Jose Gimenez
89'  Carlos Sanchez


Taxminiy tarkiblar
Misr: Muhammad Al-SHenavi; Ali Gabr, Ahmed Xegazi, Ahmed Fatxi, Muhammad Abdulshafi; Tariq Hamed, Muhammad El-Neni, Mahmud Trezege, Abdalla Said; Ramazon Sobxi, Marvan Muhsin.

UrugvayFernando Muslera; Gilermo Varela, Xose Mariya Ximenes, Diego Godin, Martin Kaseres; Naitan Nandes, Matias Vesino, Rodrigo Bentankur, Jorjian De Arraskaeta; Edinson Kavani, Luis Suares.



Bosh murabbiylar nima deydi?

Ektor Kuper (Misr):


"Saloh tezkor ravishda tiklanmoqda. 100 foiz ishonamaki u maydonga tushadi. Hozircha unga ko'proq ishonch bermoqchimiz. SHifokorlar unga ikkita imkoniyat berishmoqda: maydonga tushish yoki biroz kutish. Muhammad hech nimadan qo'rqmaydi. Bu katta tavakkal, agar maydonga tushgach nimanidir sezsak darhol chora qo'llaymiz".

Oskar Tabares (Urugvay):

"Jamoamda barchasi joyida, ammo Misrga qarshi o'yin qanday kechishini bilmaydi. Bu o'yin syurprizlarga boy bo'lishi mumkin".


Stadion haqida

“Ekaterinburg Arena” stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?


JCH-2018. Misr terma jamoasining rasmiy qaydnomasi

JCH-2018. Urugvay terma jamoasining rasmiy qaydnomasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика