So’nggi yangiliklar

19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  2 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  6 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  1 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  7 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  7 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  2 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  5 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  6 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  26 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4

JCH-2018. Eron mundialni g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

JCH-2018. Eron mundialni g'alaba bilan boshladi

Rossiyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionatining "B" guruhi doirasida Marokash hamda Eron terma jamoalari o'rtasidagi o'yinga oid tafsilotlarni ushbu sahifada kuzatib borish mumkin bo'ldi.


Marokash - Eron 0:1

Gol:
0:1 – 90, avtogol Buxadduz.

Marokash – Muhammadi, El-Axmadi, Benatiya, Xakimi, Belxanda, Ziesh, Xarit (da Koshta, 82), Bussufa, Amrabat (Amrabat, 76), Saiss, El-Kaabi (Buxadduz, 77).

Eron – Beyranvand, Puraliganji, CHeshmi, Rezayan, SHojai (Taremi, 68), Xojsafi, Amiri, Ebraximi (Xosseyni, 80), Jahonbahsh (Goddos, 85), Azmun, Ansarifard.

Ogohlantirishlar: SHojai (10), El-Axmadi (34), Jahonbahsh (47), Ansarifard (90).


GOLNI TOMOSHA QILISH


Morocco

World Cup Grp. B . 1-tur

15/06/2018, 20:00

1
:
0
Tugadi

Iran

Aziz Bouhaddouz - 90'

Stadion: New Zenit Stadium, 62548 tomoshabin

Bosh hakam: Cuneyt Cakir

45'
90'
34'  Karim El Ahmadi
76'  Nordin Amrabat (Sofyan Amrabat)
77'  Ayoub El Kaabi (Aziz Bouhaddouz)
82'  Amine Harit (Manuel da Costa)
10'  Masoud Shojaei
47'  Alireza Jahanbakhsh
68'  Masoud Shojaei (Mehdi Taremi)
81'  Omid Ebrahimi (Majid Hosseini)
85'  Alireza Jahanbakhsh (Saman Ghoddos)
90'  Karim Ansarifard
90'  Aziz Bouhaddouz


MATNLI TRANSLYACIYA


O'YIN TUGADI! Eron o'z hisobiga dastlabki uch ochkoni qo'shib qo'ydi!


90+5. Marokash terma jamoasi futbolchisi Aziz Buxaddusning kiritgan goli Eronga g'alaba keltirmoqda!


90+4. GOOOOLLLLL!!!! ERON SO'NGGI DAQIQADA HISOBNI OCHISHGA MUVAFFAQ BO'LMOQDA, AVTOGOLLL! Marokashlik futbolchi so'nggi daqiqalarda o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi - 0:1.


82. Marokashda so'nggi o'zgarish: Xarit o'rniga de Koshta o'yinni tugatib qo'yadi.


79. Ibraximi o'rniga Muntazari o'yinni davom ettiradi.


78. Ziyachning zarbasini Ali Rizo o'zining ajoyib harakati bilan bartaraf etdi. Havfli zarba bo'lgandi ancha...


76. Ayub Kabi o'rniga Aziz Buxadduz tushirildi. Marokashliklarda ketma-ket o'zgarish.


75. Raqib futbolchisi bilan to'qnashuvda jarohat olgan marokashlik futbolchi Nordin Amrabat o'rniga Sofyan Amrabat maydonga tushirildi.


68. Eron terma jamoasida ilk o'zgarish. Jamoa sardori Masud SHojai o'rniga Mehdi Taremi maydonga tushirildi. Hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi Keyrush.


64.Marokash terma jamoasining yana bir hujumi samarasiz yakunlandi.


59. Ushbu o'yinni tomosha qilish uchun 62 548 nafar tomoshabin tashrif buyurgani malum bo'ldi.


54. Maydonda "jyostkiy o'yin". Futbolchilar keskin harakatlarni amalga oshirishmoqda.


49. Ikkinchi bo'limni yana marokashliklar faol boshlashdi. Hozirgina afrikalik futbolchi havodan uzatib berilgan to'pni juda noaniq amalga oshirdi.


47. Alirizo Jahonbahsh ogohlantirildi.


46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 


TANAFFUS!


45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob 0:0. O'yin taqdiri ikkinchi bo'limda hal bo'ladi. 


43. Havfli vaziyatttttttt..... Azmuuuun. Eronliklarda qarshi hujumda ajoyib imkoniyat yuzaga kelgandi. Bu vaziyatda marokashlik darvozabon mahoratini namoyish etdi va jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. 



37. Sardor Azmunga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. U raqib futbolchisi bilan to'qnashuvda engil jarohat oldi.


34. Marokash futbolchisi Karim Al Ahmadi raqibga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka ishlab oldi.


Mavzudan tashqari surat: O'zbek muxlisi Moskvadagi "Qizil maydon"da


26. Eronliklar biroz jonlanishdi. Har holda Marokash endi to'liq ustunlik qilayotgani yo'q.


21. Exxx... Hozir Eron qarshi hujumda raqibni jazolashi mumkin edi... Bu vaziyatda jamoa futbolchisiga tajriba etishmadi.


20. Eron darvozasi oldidan yana bir havfli vaziyat yuzaga keldi. Ammo, eronlik himoyachilar jon-jahdlari bilan himoyaga "yotib olganlar". Keyrush stayl :)


12. To'p nihoyat Marokash posboni qo'liga borib tushdi. Forslar 12-daqiqaga kelibgina raqib tomon o'ta oldilar.


10. SHojaiga sariq kartochka ko'rsatildi


8. Afrikalik futbolchi El Kaabining yana bir noaniq zarbasi...


5. Marokash terma jamoasi ancha faol. Qitadoshlarimiz esa hozircha faqat himoyalanish va pressing uyushtirish bilan bandlar. 


2. Ilk havfli vaziyat afrikaliklar tomonidan uyushtirildi. Marokash futbolchisining bergan zarbasi biroz noaniq bo'ldi. Aks holda tezkor golni ko'rishimiz mumkin edi. 


1. O'YIN BOSHLANDI! KUZATAMIZ! 


Davlat madhiyalari yangradi.


Har ikki jamoalar maydonga chiqib kelishmoqa.


Muxlislar "Ekaterinburg Arena"ga qaraganda ko'proq. Uchrashuv afishasi u qadar etiborni tortadigan bo'lmasada, ushbu to'qnashuv keskin kurashlarga boy kechishini kutyapmiz.


O'yin boshlanishiga oz vaqt qolmoqda.


Eslatib o'tamiz, o'yin Sankt-Peterburgdagi stadionda bo'lib o'tadi. Uchrashuvni turkiyalik Junayt CHaqir bosharib boradi. 


Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Jahon chempionatining uchinchi o'yini - Marokash hamda Eron terma jamoalari o'rtasidagi o'yindan matnli translyaciyani boshlaymiz. Ushbu o'yin o'zbek futbol muxlislari uchun qiziq bo'lishi aniq. CHunki, vatanimiz futbolchilari ushbu ikki terma jamoa bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazganiga ko'p ham bo'lgani yo'q. Ko'raylikchi, Marokash va Eron o'shandan so'ng qay tarzda o'zgargan ekan? :)



Marokash: Munir Al Kajui, Ashraf Hakimi, Mexdi Benatia, Romain Sais, Hakim Ziyach, Karim El Ahmadi, Yunus Belanda, Mbarak Bussufa, Nuriddin Amrabat, Amin Xarit, Ayub El Kaabi.

Eron: Ali Beyranvand, Ehson Xojisafi, Ruzbeh CHashmi, Murtazo Puraliganji, Ramin Rizoyan, Masud SHojai, Omid Ibrohimi, Vohid Amiri, Karim Ansarifard, Alirizo Jahonbahsh, Sardor Azmun.

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика