So’nggi yangiliklar

12:17"Манчестер Юнайтед" устози Ямайка терма жамоаси бош мураббийига айланади  0 11:55Ўртоқлик учрашуви. "Милан" - "Реал Мадрид" 1:0, Чуквуэзе "Реал" ҳимоячиларини шошириб қўйди  1 11:50"Ювентус" Николас Гонсалесни сотиб олмоқчи  1 11:25Саудия Арабистони 48 терма жамоа иштирок этадиган ЖЧ-2034ни 5 та шаҳарда ўтказмоқчи  3 11:01«Арсенал» яна бир йирик трансфер бўйича иш бошлади  4 10:44ПСЖ мавсумдаги илк йирик харидини амалга оширди — Фабрицио Романо  1 10:28Ўзбекистонлик ҳакамлар чорак финалнинг марказий учрашувини бошқариб боришади  5 10:09Ўртоқлик учрашуви. Бешта гол киритилган баҳсда МЮ испан клубини қийинчилик билан мағлуб этди  2 10:07«Андижон»нинг янги легионери: «Бизда Кубокни ютиш учун яхши имкон юзага келган ва бундан фойдаланиб қолишга ҳаракат қиламиз»  2 09:41Зафармурод Абдираҳматов: "Тарихимиздаги биринчи олимпиадада фақат иштирок билан чекландик"  7 09:14«Милан» «Реал»ни , «Ливерпуль» «Арсенал»ни мағлуб этди. «Челси»дан эса йирик ғалаба  10 08:45МЮнинг 70 миллион евролик харидининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  5 08:13Элдор Шомуродов терма жамоамизнинг олимпия ўйинларидаги иштироки ҳақида фикр билдирди  11 07:45Шунчаки қойил! 6 очкодан маҳрум бўлган Канада аёллар терма жамоаси плей-оффга йўл олди. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  2 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  2

JCH-2018. Ispaniya VAR sabab Marokash bilan durang o'ynadi va guruhdan chiqdi Yangiliklar

JCH-2018. Ispaniya VAR sabab Marokash bilan durang o'ynadi va guruhdan chiqdi

Bugun JCH-2018 "B" guruhida ham 3-tur bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Hamyurtimiz Ravshan Ermatov Ispaniya va Marokash terma jamoalari o'yinini boshqaradi. Ana shu uchrashuvdagi qiziqarli vaziyatlarni shu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

Spain

Isco - 19', Iago Aspas - 90'

World Cup Grp. B . 3-tur

25/06/2018, 23:00

2
:
2
Tugadi

Morocco

Khalid Boutaib - 14', Youssef En-Nesyri - 81'

Stadion: Kaliningrad Stadium, 33973 tomoshabin

Bosh hakam: Ravshan Irmatov

45'
90'
19'  Isco
19'  Andres Iniesta
74'  Diego Costa (Iago Aspas)
74'  Thiago Alcantara (Marco Asensio)
84'  David Silva (Rodrigo)
90'  Iago Aspas
90'  Daniel Carvajal
14'  Khalid Boutaib
21'  Karim El Ahmadi
29'  Nordin Amrabat
31'  Manuel da Costa
31'  Mbark Boussoufa
63'  Younes Belhanda (Faycal Fajr)
72'  Khalid Boutaib (Youssef En-Nesyri)
81'  Youssef En-Nesyri
81'  Faycal Fajr
85'  Hakim Ziyech (Aziz Bouhaddouz)
88'  Munir
90'  Achraf Hakimi


JCH-2018
3-tur, "B" guruhi
"Kaliningrad stedium"
Ispaniya - Marokash 2:2
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov (O'zbekiston)
Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov (O'zbekiston)
Zaxira hakami: Muhammad Abdulla (BAA)
Gollar: Isko 19, YA.Aspas 90+2 - H.Butaib 14, YU.En Nesiri 81

Ispaniya: 1.David De Xea, 3.Jerar Pike, 18.Xordi Alba, 2.Daniel Karvaxal, 15.Serxio Ramos, 5.Serxio Buskets, 6.Andres Inesta, 22.Isko, 10.Tyago Alkantara (20.Marko Asensio, 74), 21.David Silva (Rodrigo, 84), 19.Diego Diego Kosta (17.Yago Aspas, 74).

Marokash: 12.Munir El Muhammadi, 2.Ashraf Hakimi, 4.Manuel da Koshta, 6.Romain Saiss, 17.Nabil Dirar, 10.Yunus Belxanda (11.Faysal Fajr, 63), 14.Mubarak Bussufa, 7.Hakim Ziyech (20.Aziz Buadduz, 85), 8.Karim El-Axmadi, 16.Nordin Amrabat, 13.Holid Butaib (19.Yussuf En Nesiri, 72).

Ogohlantirishlar: K.El Ahmadi 22, N.Amrabat 29, M.da Koshta 31, M.Bussufa 31, Munir El Muhammadi 89, A.Hakimi 90


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi, Ispaniya qo'shimcha daqiqalarda kiritilgan gol evaziga pley-offga yo'l oldi.

90+6 - Fajr Asensioni ochiqchasigatepdi.

90+2 - VAR tizimida o'tirgan hakamlar Ermatovga gol bo'lganini aytishdi va gol hisobga olindi - 2:2.

90+1 - Gool, Aspas tovoni bilan gol urdi. Jahongir Saidov esa ofsayd dedi, VARga murojaat qilindi.

85 - Marokash tarkibida Hakim Ziyech o'rniga Aziz Buadduz tushdi.

84 - David Silva o'rniga Rodrigo tushdi, yarim himoyachi o'rniga hujumchi.

81 - Goooooollllllllll, En Nesiriiii Marokashni yana hisobda oldinga olib chiqmoqda. Bu vaziyatda Ramos hujumchini zararsizlantira olmadi. Marokash ustozidan ajoyib almashtirish, zaxiradan tushgan Fajr pas berdi, zaxiradan tushgan yana bir o'yinchi Nesiri gol urdi.

78 - Ramosning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi qo'shni maydonga tushdi-yov )

74 - Fernando Yerro biryo'la ikkita o'zgarishni amalga oshirdi. Kosta o'rniga Aspas, Alkantara o'rniga Asensio maydonga tushdi.


Ravshan Ermatov anchagina ter to'kmoqda.


71 - Ispanlar bosimni kuchaytirishmoqda, hozirgi hisob ularni guruhda birinchi o'rindan mosuvo qiladi.

67 - Isko va Silva hozir Soni pleysteyshndagidek devor uslubida butun himoya qo'rg'onini deyarli yorib o'tishgandi, biroq oxirgi final pasga aniqlik etishmay qoldi.

66 - Ispaniya va Marokash bizga mutlaqo ochiq va qiziqarli o'yin namoyish etib berishmoqda. Buning uchun har ikki jamoaga rahmat.

63 - Burchakdan oshirib berilgan to'pni Pike bosh bilan darvozaga yo'lladi, salgina noaniq.

62 - Zarbaaaa, Iskoning bosh bilan bergan zarbasi shundoqqina darvozaga kirib ketayotgan bir pallada Saiss uni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

59 - Amrabat Inestani tirsagi bilan to'xtatib qoldi va jarima zarbasi.

Marokash futbolchilari o'yinni "yondirishmoqda".

55 - Zarbaaaaaa, Nordin Amrabatning antiqa zarbasi darvoza ustuni va to'sini kesishgan joyga tegib qaytdi, fantastik zarba golga aylanishiga bir necha santemetrlar etmay qoldi.

55 - Ispanlar burchak zarbasi olgan bir paytda narigi o'yinda Krishtianu Ronaldu penaltidan gol ura olmadi. Beyranvand to'p yo'nalishini topdi.

50 - Xavfli vaziyattt, De Xea Bussufadan salgina ertaroq to'pga etib bordi va xavfni bartaraf etdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Ravshan Ermatov xushtagini chaldi va birinchi bo'limga yakun yasab berdi.

45+2 - Xavfli vaziyat, Inesta ikki nafar raqibni ortda qoldirib Kostaga pas berdi, biroz o'xshamadi.

Bu orada guruhning ikkinchi o'yinida Portugaliya hisobni ochdi. Kuarejma o'z uslubida to'pni oyoqning tashqi tarafi bilan aylanma tarzda Beyranvand darvozasiga joylab qo'ydi.

43 - Hakim Ziyechning chap oyoqda bergan zarbasiga aniqlik etishmadi. Gollandiya chempionatining amaldagi eng yaxshi futbolchisi huddi o'tgan o'yindagi kabi bugun ham faol.


Ravshan Ermatovga yaxshigina ish topilmoqda bugun.


Isko hisobni tenglashtirgan vaziyat.


35 - Ermatov va Butaib o'zaro bir kalla qo'yishib olishdi, oraga tabassum yugurdi )

31 - Ha, asablar taranglashib bormoqda. Avvaliga Manuel da Koshta ogohlantirildi Iskoga nisbatan qo'pollik uchun, ketidan bu qarorga jiddiy etiroz bildirgan Mubarak Bussufa ham ogohlantirildi. Ravshan Ermatov bunday keskin etirozlarni doim sariq kartochka bilan "siylagan".

29 - Ramosga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun Ermatov Nordin Amrabatni ogohlantirdi.


De Xeaning oyoqlari orasi ochilib ketgan vaziyat.


25 - Zarbaaaa, Butaib yana bir bor birga-bir chiqib ketdi, De Xea esa o'zining ushbu mundialdagi birinchi seyvini amalga oshirdi. David hozir jamoasini goldan qutqarib qoldi.

24 - Pikening bosh bilan bergan zarbasini El Muhammadi ushlab oldi.

19 - Goooooooooollllllllll, Isko. Inesta o'tkazib yuborilgan goldagi aybini ajoyib golli pasi bilan yuvib yubordi. Isko esa to'pni hotirjam to'xtatib oldi va darvozabonni alday oldi. Ajoyib start.

14 - Goooooooooolllllllll, Holid Butaibbbbb. Inesta va Ramos bir-birini tushunmay qoldi va to'pni Butaib olib qochib ketdi va to'pni De Xeaning oyoqlari orasidan darvozaga yo'lladi. Ha, ushbu mundial De Xea uchun juda va juda omadsiz o'tmoqda. Kiper hali birorta ham seyv qilmadi Rossiya maydonlarida.

10 - Silvaning pasiga hech kim etib bormadi.



7 - Ramos va Amrabat "tashashib ketdi", ha bugun Ermatovga juda ko'p ish topiladigan ko'rinadi.

6 - Ravshan Ermatov marokashlik ikki nafar futbolchini "romkasiga tushirdi".

5 - Karvaxal burchak zarbasi ishladi, ispanlar asta ustunlikni qo'lga olishmoqda.

2 - Bugun Ispaniya qizil, Marokash esa oq libosda to'p tepmoqda.

Uchrashuvni ispanlar boshlab berishdi.

- Har ikki davlat madhiyalari yangradi, sardorlar o'yinni kim boshlashini aniqlab olishdi. Bahsni boshlashga hamma narsa shay.

- Assalom alaykum, qadrli futbol ihlosmandlari! Ispaniya hamda Marokash terma jamoalari o'rtasidagi 3-tur uchrashuvini siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.


Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика