So’nggi yangiliklar

17:55"Динамо" Майкон Дуглас билан бир ярим йиллик шартнома имзолади  1 17:41Эшитдик-да! "Пахтакор" футболчиси легионерга айланиши мумкин  2 17:31Ўзбекистон U-16 Хитойдаги халқаро мусобақада иштирок этади  0 17:15Расман: Элдорбек Суюнов - “Навбаҳор” футболчиси!  6 16:55"Бунёдкор" Абдунабиев, Итсуки Урата ва Луис Качоррини рўйхатдан ўтказди   0 16:34"Машъал" 4 нафар футболчини таркибга қўшиб олди  1 16:20"Нефтчи" футболчиси БАА чемпионатига йўл олди  3 16:03"Милан" Италия ўсмирлар футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  0 15:40Фабрицио Романо: Бугун Эмерсоннинг "Милан"га трнасфери ҳал бўлади  1 14:47Париж-2024. Ўзбекистон эртага Доминикан Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  24 14:29Эндрик "Реал"да 9-рақамда тўп тепмоқчи. Мбаппе 10-рақамни олгач, у ниятига етишига ишонмоқда  1 14:03Пеп "Милан"га имконият бой берилгач: "Ман Сити" бугун яхшироқ ўйнади"  2 13:36Рожерио Микале: "Мисрликларнинг жанговар руҳи Ўзбекистонни мағлуб этишда ҳал қилувчи роль ўйнади"   28 13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  5 12:46"Севилья" "Интер" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1

JCH-2018 ishtirokchilari bilan tanishuv #2: Marokash Yangiliklar

JCH-2018 ishtirokchilari bilan tanishuv #2: Marokash

Futbol bo'yicha Rossiya yashil maydonlarida o'tadigan jahon chempionati - 2018 musobaqasiga boshlanishiga ham oz fursat qolmoqda.

Biz bugun sizlarga Afrikaning Marokash terma jamoasi haqida malumot berib o'tamiz.

Marokash terma jamoasi mundialdagi ishtirokini 1970 yilda boshlagan. Lekin ularning mundialdagi debyuti omadli chiqmagan. Guruh bosqichida ikki mag'lubiyat va bir durang qayd etib, ishtiroklarini yakunlagan bo'lsada, terma jamoa jahon chempionatlaridagi dastlabki ochkosini aynan 1970 yilda qo'lga kiritganligi bilan tarixda qolgan.

SHundan so'ng Marokash terma jamoasi 1986 yilga qadar mundialning final bosqichlariga etib bora olmadi. Meksika yashil maydonlarida o'tkazilgan futbol bo'yicha jahon chempionatida Marokash terma jamoasiga bu safar yorqinroq natija qayd etdi. Terma jamoa o'sha yilgi musobaqada guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib, nimchorak finalda musobaqa bilan xayrlashgan.

Marokash terma jamoasi 1994 yilda mundialdagi ishtirokini guruh bosqichidayoq yakunlagan bo'lsa, 1998 yilgi chempionatda ham xuddi shunday natija qayd etgan. Rossiya yashil maydonlrida o'tkaziladigan Rossiya-2018ga jamoanig kelishi yigirma yillik tanaffusdan keyin sodir bo'lmoqda.          

JCH-2018 saralash musobaqalarida Marokash terma terma jamoasi “S” guruhida  Kotd’Ivuar,  Gabon, Mali terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi. Saralash bahslarida terma jamoa uch g'alaba, uch durang qayd etib, mag'lubiyatga uchramagan xolda 12 ochko jamg'ardilar. Saralash musobaqalarida 12 ochko jamg'argan Marokash terma jamoasi “S” guruhida birinchi o'rinni egallab, JCH-2018 da ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

JCH-2018 saralash. Afrika. “S” guruhi

#

Jamoa nomi

O'yin

G'alaba

Durang

Mag'lubiyat

Ochko

1

Marokash

6

3

3

0

12

2

Kotd’Ivuar

6

2

2

2

8

3

Gabon

6

1

3

2

6

4

Mali

6

0

4

2

4


Rossiya yashil maydonlarida o'tkaziladigan JCH-2018da Marokash terma jamoasi “V” guruhida Portugaliya, Ispaniya, Eron terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi.


JCH-2018 saralash bahslarida quyidagi futbolchilar Marokash terma jamoasi sharafini himoya qildi:

Darvozabonlar: Yassin Bunu ("Jirona", Ispaniya), Munir Muhammadi ("Numansiya", Ispaniya), Ahmad Rizo Tagnauti ("Ittihod de Tanger", Marokash)

Himoyachilar: Ashraf Hakimi ("Real Madrid", Ispaniya), Javad Al Yamiq ("Jenoa", Italiya), Badr Banun ("Raja Kasablanka", Marokash), Mehdi Benatia ("Yuventus", Italiya), Romain Saiss ("Vulverxempton", Angliya), Nabil Dirar ("Fenerbaxche", Turkiya)

Yarim himoyachilar: Hakim Ziyesh ("Ayaks", Gollandiya), Karim El Ahmadi ("Feyenoord", Gollandiya), Sofyan Bufal ("Sautgempton", Angliya), Yunus Belhanda ("Galatasaroy", Turkiya), Faysal Fajr ("Xetafe", Ispaniya), Muborak Busuffa ("Al Jazira", BAA), Odil Taraabt ("Jenoa", Italiya), Amin Xarit ("SHalke", Germaniya), Sofyan Amrabat ("Feyenoord", Gollandiya), Usama Assaidi ("Tvente", Gollandiya), Zakaria Labyad ("Utrext", Gollandiya), Yasin Ayub ("Utrext", Gollandiya)

Hujumchilar: Xolid Butaib ("Yeni Malatyaspor", Turkiya), Nurdin Amrabat ("Leganes", Ispaniya), Ayub El Kaabi ("Berkane", Marokash)


Bosh murabbiy: Erve Renar
Tug'ilgan sana: 1968 yil 30 sentyabr
Tug'ilgan joy: Franciya, Eks-le-ben, Savoyya
Fuqaroligi: 
Franciya
Bo'yi: 184 sm
Ampulasi: Himoyachi
O'ynagan klublari:
“Kan”, “Stad de Vallyuri”, “Draginyan”
Boshqargan klublari: “Draginyan”, “Guychjou Jenxe”, “Kembridj Yunayted”,  “SHerbur”, “Sosho”, “Lill”.
Boshqargan terma jamoalari:  Gana (yordamchi murabbiy),  Zambiya, Angola, Jazoir,  Kot-D’Ivuar, Marokash


Bekzod Tolibov tayyorladi


JCH-2018 ishtirokchilari bilan tanishuv #1: Ispaniya

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика