JCH-2018 finaliga XOQ prezidenti Tomas Bax tashrif buyuradi
12 iyu 2018 14:29
Yangiliklar
JCH-2018 finaliga XOQ prezidenti Tomas Bax tashrif buyuradi
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax Rossiyada o'tayotgan JCH-2018ning final uchrashuviga tashrif buyuradi.
Bu haqda "Inside the Games" xabar berdi.
64 yoshli Bax FIFA prezidenti Janni Infantinoning taklifini qabul qildi. Bax 4 yil oldin Braziliyada o'tkazilgan mundial finaliga ham kelgan edi. O'shanda uning vatandoshlari Argentinani 1:0 hisobida mag'lub etib Jahon chempionati kubogini boshlari uzra baland ko'tarishgan edi.

JCH-2018ning finali 15 iyul kuni Moskvadagi "Lujniki" stadionida bo'lib o'tadi. Unda Franciya prezidenti Emmanuel Makron va Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich ham ishtirok etishadi.

FIFA prezidenti Janni Infantino va Franciya prezidenti Emmanuel Makron.

Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich, FIFA rahbari Janni Infantino va Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar