JCH-2018 da ishlagan ikki osiyolik hakam "Paxtakor"ning ikki uchrashuvini boshqaradi

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2018, 18:50
Superliga sekin-asta o'zining muhim pallasiga kirib bormoqda.

Yana 5 ta tur uchrashuvlari o'tkazilgach, chempionlik uchun kurashadigan hamda ligada jon saqlab qolish uchun harakat qiladigan jamoalar saralab olinadi.

Bundan keyingi o'yinlarning muhimlik darajasi juda yuqori ekanini inobatga olgan holda O'zbekiston Professional Futbol Ligasi oldindagi bir qator mas'uliyatli uchrashuvlarni boshqarib borish uchun yaqindagina Rossiya yashil maydonlarida bo'lib o'tgan Jahon chempionati-2018 o'yinlarida hakamlik qilgan referilarni O'zbekistonga taklif etdi.

19-tur uchrashuvlari doirasidan o'rin olgan “Navbahor” - “Paxtakor” o'yinini qitamizning yetakchi referilaridan biri Navaf Shukrulla boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Yosir Halil Ibrohim Telfat hamda Navaf Shahin Halifa yordam berishadi. Ushbu hakamlar guruhi mundialda 2 ta o'yinda ishlaganini alohida etirof etish joiz.

19-tur
28 iyul, shanba
“Navbahor” - “Paxtakor”
Bosh hakam
: Navaf Shukrulla (Bahrayn)

20-turning markaziy o'yini – “Paxtakor” - “Lokomotiv” uchrashuvida Jahonning eng sara referilari qatoridan o'rin egallayotgan eronlik Alirizo Fag'oniy boshchiligidagi guruh ishlaydi. Unga qanotlarda hamyurtlari Muhammadrizo Mansuriy va Rizo Suhandon yordam berishadi. Mazkur brigada Jahon chempionati-2018da 4 ta uchrashuvda faoliyat olib bordi.
 
20-tur
1 avgust, chorshanba
“Paxtakor” - “Lokomotiv”
Bosh hakam:
Alirizo Fag'oniy (Eron)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz