So’nggi yangiliklar

20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  1 19:18"Агар сенда "Милан" варианти бўлса, ўйлаб ўтирма!"  0 18:50Расман: Фёдор Чалов — ПАОК футболчиси!  1 18:34Расман: Страхиня Павлович — "Милан" футболчиси  1 18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0 17:52"Вильярреал" ҳимоячиси АПЛга кўчиб ўтади  0 17:30Валерий Кичин: "Александр Крестининнинг қўнғироғидан сўнг "Локомотив"га ўтишим ҳал бўлди"  0 17:00Ханданович "Интер" ўсмирлар жамоасида иш бошлади  0 16:41Эшитдик-да! Ўзбекистон ОТЖ сардори Жасур Жалолиддинов тез орада легионерга айланади  21 16:25"Рома" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 16:01Дилшод Жўраев: "Ҳозирги кунда "Бунёдкор" ва "Локомотив" турнир жадвалида ўзига ярашадиган ўринда эмас"  5 15:28Дани Ольмо "Барселона" таклифини қабул қилди  7 15:00Расман: "Боруссия" Германия термаси ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1

JCH-2018. Belgiya ustozi Martinezdan ajoyib o'zgarishlar va dahshatli "kambek"! Yangiliklar

JCH-2018. Belgiya ustozi Martinezdan ajoyib o'zgarishlar va dahshatli "kambek"!

JCH-2018 nimchorak final doirasidagi Belgiya - Yaponiya uchrashuvi yakunlandi.

        YANGILASH

MATNLI TRANSLYACIYA


Belgium

Jan Vertonghen - 69', Marouane Fellaini - 74', Nacer Chadli - 90'

World Cup 1/8 Finals . 1/8-tur

02/07/2018, 23:00

2
:
3
Tugadi

Japan

Genki Haraguchi - 48', Takashi Inui - 52'

Stadion: Rostov Arena, 41466 tomoshabin

Bosh hakam: Malang Diedhiou

45'
90'
65'  Dries Mertens (Marouane Fellaini)
65'  Yannick Carrasco (Nacer Chadli)
69'  Jan Vertonghen
74'  Marouane Fellaini
74'  Eden Hazard
90'  Nacer Chadli
90'  Thomas Meunier
40'  Gaku Shibasaki
48'  Genki Haraguchi
48'  Gaku Shibasaki
52'  Takashi Inui
52'  Shinji Kagawa
81'  Gaku Shibasaki (Hotaru Yamaguchi)
81'  Genki Haraguchi (Keisuke Honda)


- Dramatik o'yin tugadi! Belgiyadan ajoyib "kambek"! Yaponiya esa qahramonlarcha yutqazdi. Super o'yin uchun har ikkala jamoaga rahmat! Belgiya Rossiyadagi mundialdagi yurishini davom ettiradi. Keyingi bekat - chorak finaldagi Braziliya!

94. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLL! SHADLI!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Belgiyadan qarshi hujum!!! SHadli bu safar bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etdi! Belgiyaga qoyil! "KAMBEK"! ROBERTO MARTINEZdan ajoyib o'zgarishlar! Avvaliga Fellayni hisobni tenglashtirdi. Mana oxirgi soniyalarda SHADLI g'alaba to'piga mualliflik qildi! QOYIL!

- Qo'shib berilgan daqiqalarda Xondaning uzoqdan jarima zarbasidan tepgan to'pini Kurtua katta qiyinchilik bilan qaytarib yubordi.

90. Tibo Kurtua qiyin vaziyatda jamoasi joniga oro kirdi. Aks holda Vitselning boshi bilan yo'llagan zarbasi avtogolga aylanishi mumkin edi.

- Bu o'yinni ko'rmay, hammasi hal, Belgiya kuchliku, deb uxlaganlar rostan ham "uxladi"!

87. Vertongendan kuchliiiii zarba! KAVASHIMA!!!!!!!! Kavashima qaytargan to'pni Fellayni darvozaga to'g'rilamoqchi bo'lganda yaponiyalik himoyachi yaponcha harakat bilan uni zararsizlantirdi. Kamiga laynsmen ham bayroqchasini ishga solib, bu vaziyatda "mikrafon" o'yindan tashqari holatda ekanligini ko'rsatdi.

86. KAVASHIMAAAAAAAAA! Seyvni ikkitalik tarifi Kavashimadan! Avvaliga SHadlini, keyin esa Lukakuning boshi bilan bergan juda xavfli zarbalarini qaytardi. Qoyil! Birinchi goldagi aybini "yuvdi"!

84. Kagava uchinchi golni ham deyarli tayyorlab berdi. Ammo zaxiradan maydonga tushgan Xonda ushbu vaziyatdan unumli foydalana olmadi. Kagava bugun ajoyib o'yin ko'rsatmoqda.

80. Belgiya hamma ishni asosiy vaqtdayoq hal etish ilinjida yonmoqda. Yaponiya esa o'z "o'lja"sini qarshi hujumda poylamoqda.

76. Belgiya ustozi Roberto Martinezning qilgan o'zgarishlari ish berdi. Belgiya hujumni kuchaytirmoqda, ammo Yaponiya ham hujumda faol. Har ikkala darvoza oldida ham xavfli vaziyatlar yuzaga kelmoqda.

- Yaponiyaning ikkita ajoyib zarbalari orqali kiritilgan gollari Belgiya bosh bilan urilgan gollar bilan munosib javob qaytardi!

- Nimalar bo'lyapti o'zi? O'yinni ko'ryapsizmi? Matnlini o'qiyapsizmi? Ko'zlarizga ishonmayapsizmi? Ishonavering, bu JCH-2018! Ajoyib mundial!

74. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "MIKRAFON"! MARUAN FELLAYNI!!!!!!!!! GOLLLLLL! 2:2! Belgiyadan "kambek"! Ajoyib o'yin!

70. Belgiya standart vaziyatidan keyin tasodifiy gol urdi. Vertongenning uzoqdan to'pni jamoadoshlari taraf boshi bilan oshirgan to'pi yakunda darvoza to'riga borib tushdi. Tushganda ham chiroyli yo'nalish orqali golga aylandi.

69. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLL! VERTONGEN! VERTONGEN! Ushbu himoyachi birinchi golda to'pni qo'yvorib katta xatoga yo'l qo'ygandi. Aybini, xatosini "yuvdi". Bosh bilan chiroyli gol! "Kambek" ko'ramiz shekilli?

69. Belgiya "kambek" uyushtirishga qodirmi?

- Roberto Martinez bir yo'la ikkita o'zgarishga qo'l urdi. SHadli va Fellayni tushirildi.

Yaponiyada, Tokioda allaqachon bayram boshlanib ketgan

62. Xavfli vaziyat! Lukaku harqalay maydonga chiqqan ekan. Romelu hozir yaxshi vaziyatga ega bo'ldi va boshi bilan zarba berdi. Noaniq.

- Belgiya tanaffusdan keyin kiyinish xonasida qolib ketdi shekilli, a? Ularni maydonda ko'rganlar bormi? Ko'ryapsizmi? Qani ular? Qani De Bryuyne? Qani Azar? Qani Lukaku? Qani Kompani? Qani ular????

- SHarh: SHunchaki izohsiz! Dahshat!

- Dahshat! SHunchaki dahshat! Yaponiyaning o'yini dahshat! Yaponiyaning gollari dahshat! Yaponiya qilayotgan ish dahshat! Belgiya esa "yaponcha" hayratda!


- Kagava to'pni olib avvaliga ikkita himoyachini aldagan aldadi, keyin to'pni sal orqaroqqa Inuiga uzatdi. Inui esa chamasi 24 metrlan masofadan to'pni Kurtua qo'riqlayotgan darvozaga shunday joylab qo'ydiki, Kurtua "qurt"dek qotip qoldi! GOL! Dahshat!

52. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! INUI!!!!!!!! GOLNI QARA, GOLNI QARA OSIYO! AZIYA! CHEMPIONAT AZIYA! GOLNI QARA! INUI!

50. Belgiyaning javobi! Azar sal qolsa hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Uning dastlabki zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi, qaytgan to'pga esa zarba berishga ulgurmadi Eden.

- Ajoyib! Yaponiyaning tezkor qarshi hujumi va Inui boshlagan hujumni Xaraguchi kuchli va aniq zarbasi orqali hisobni ochmoqda. Xaraguchining darvozaning pastki uzoq burchagini ko'zlab yo'llagan zarbasi juda aniq chiqdi. Kurtua bu vaziyatda ojiz qoldi - 0:1!

48. GOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! YAPONIYAYAYAYAYAYAYAYAYAYA!!!! XARAGUCHI!!!!!!!!!!!!!! 

46. Ikkinchi taym boshlandi!

- Tanaffus! Hozircha barchasi Yaponiya foydasiga, Belgiya esa ikkinchi bo'limda yanada asabiylashadi. CHunki gol ura olmayapti. Hozircha birinchi bo'lim "yaponcha" reja asosida o'tdi.

45. Kavashima yana bir zarbani bartaraf etdi.

44. Uhhhhhhhhh! Yaponiya hujumda Belgiyani qaltirashga majbur qildi. Aniqrog'i Kurtuani qo'llari qaltirib to'pni oyoqlari orasidan o'tkazib yubordi. Inui va Nagotomo uyushtirgan hujumni Osako muvaffaqiyatli yakunlashi mumkin edi. Ammo Osaki to'p unga kelishini kutmagani bois to'pga zarba bera olmadi. Ammo Kurtua shu sekin zarbani ham ushlashda muammoga duch keldi.

43. Belgiya tanaffusga qadar gol urish ishtiyoqida yonmoqda. Ammo hozircha barcha harakatlar besamar.

40. Belgiya hujumda, Yaponiya esa himoyada yaxshi ko'rinmoqda.

- O'zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogidagi raqibi - Yaponiya Belgiya bilan Jahon chempionatining nimchorak finalida tengma-teng o'ynamoqda. Bizda esa yana deyarli 5 oydan so'ng start oladigan Osiyo Kubogi oldidan hali murabbiy yo'q! Vaqt esa o'tib bormoqda...

36. Belgiyaning hujumini Azar davom ettirdi va o'zi yakunlab qo'ymoqchi bo'ldi. Ammo uning tepgan zarbasi yo'liga himoyachi tug'anoq bo'ldi. Ikkinchi tempda davom ettirilgan hujumni esa Vitsel o'zining zarbasi bilan yakunlamoqchi bo'ldi. Ammo zarba noaniq chiqdi.

35. Yaponiya odatdagidek juda tartibli o'ynamoqda. Aynan shu tartib evaziga hozircha Belgiyadan qolishmayapti.

33. Yaponiya oxirgi daqiqalar ichida o'yinni nafaqat o'z jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtirishga muvaffaq bo'ldi, balki hujumlar ham tashkil etishni uddasidan chiqmoqda.

31. Yaponiyaning hujumi! Kurtua nihoyat ishga kirishdi. Xavfli zarba, ammo Kurtua uchun bu ortiqcha bosh og'riq emas.

30. Yaponiya hozircha 30 daqiqa Belgiya hujumlariga dosh berdi. "Samuraylar"ning bardoshi yana qanchaga etadi?

28. Uhhhhhhhhhh! Xavfli vaziyat! De Bryuyne tomonidan oshirib berilgan to'pni Kompani darvozaga joylashga urinib ko'rdi. Ammo uning zarbasi darvozaga aniq bormadi.

27. Belgiya hujumni kuchaytirishda davom etadi. Navbatdagi havfli zarbani Kavashima qaytarib yubordi!

25. Lukaku! Xavfli vaziyat! Romelu Lukaku jarima maydonchasi ichiga oshirilgan to'pga zarba berolmadi. Aks holda tablodagi hisob ochilardi. Qulay vaziyat sodir etilgandi.


Yana o'sha Lukaku o'yindan avval jamoadoshlarini ruhlantiruvchi so'zlarni aytmoqda

Tavsiya qilamiz: "Biz juda kambag'al edik, umuman pulimiz bo'lmasdi". Romelu Lukaku haqida qayg'uli hikoya


20. Lukakuning kuchli zarbasi yo'liga Nagotomo o'zini qalqon qildi. Belgiya esa yana bir bor burchak zarbasini amalga oshirdi. Bunisi ham besamar. Inui xavfli bartaraf etdi.

19. Belgiya ko'proq to'p bilan muomula qilmoqda. Yaponiya esa qarshi hujum taktikasiga tayanib o'ynashda davom etadi.


Azar "samuraylar" tomonidan ishonchli ko'riqlanmoqda...


17. Belgiya hujumni kuchaytirmoqda. Yaponiya himoyachilari esa xushyor. Burchak zarbasi ham Belgiyaga naf keltirmadi.

15. Yaponiya himoyachisi jarima maydonchasi ichida Karraskoga nisbatan xavfli, ammo aniq o'ynadi.

12. O'yin hozircha darvozalarsiz davom etmoqda. Yani uyushtirilayotgan hujumlar zarbaga qadar etib bormayapti.

- Qiziq fakt: Senegal Yaponiya o'rin olgan guruhda sariq kartochkalari evaziga qolib ketdi. Yaponiya esa nimchorak finalda. Senegallik hakam Malang Diedxiou esa bugun Yaponiyani uchrashuvini boshqarmoqda.

9. Belgiya nihoyat hujumga o'tdi. Ammo Yaponiya himoyachilari xavfni o'z vaqtida bartaraf etishdi.

7. Yaponiya to'pni Belgiyadan olib qo'yib, o'z o'yinini raqibga taklif etmoqda. Belgiya esa hozircha Kavashima darvoza oldiga yaqinlasha olganicha yo'q.

4. Belgiya to'p nazoratini qo'lga olib, asta-sekin pozicion hujumga o'tish pallasini kutmoqda. Yaponiya esa raqibga pressing qo'llamoqda.

1. O'yindagi ilk hujumni Yaponiya tashkil etdi. Kagavaning darvoza tomon tepgan zarbasiga aniqlik etishmadi.

- O'YIN BOSHLANDI! 

- Diqqat! Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Navbat har ikkala jamoalarning davlat madhiyalariga...

- Yana bir savol bilan yuzerlarni, yani "CA"ni ashaddiy muxlislarini bezovta qilmoqchiman! Saytimizda berib borilayotgan o'yinlarning matnli translyaciyasini ham kuzatib borasizmi? Yoki shunchaki izoh, yani "komment" qoldirish uchun o'yin payti saytga kirasizmi? Agarda barcha o'yinlarni matnli onlayn translyaciyasini kuzatgan yuzer bo'lsa, unda o'sha sodiq ishqibozga savol: Qaysi o'yinning matnli onlayn translyaciyasi sizga maqul keldi?

- Yuzerlarga savol bilan murojaat qilmoqchiman: Bugungi o'yindagi dastlabki golga kim mualliflik qiladi? Yoki avtogol bo'ladimi? SHunchaki taxmin qilib ko'ramiz. Zukko muxlisni topishga urinib ko'ramiz. Taxminlaringizni izohda yozib qoldiring...

- O'yin boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolmoqda. Ushbu bahsda ham sensaciya guvohiga aylanamizmi yoki kechagidek o'rganib qolganimiz - 90 daqiqa emas, balki 120 daqiqalik spektakl tomosha qilamizmi? Ushbu savollarga tez orada boshlanadigan o'yin orqali javob topamiz.

Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Mundialning shirin mevasi bo'lmish nimchorak finalning yana bir ajoyib bellashuvi Belgiya - Yaponiya uchrashuvidan matnli onlayn translyaciyani etiboringiza taqdim etamiz!



JCH-2018.

Nimchorak final.

Belgiya – Yaponiya 3:2

«Rostov-Arena» stadioni.

Bosh hakam
: Malang Diedxiou (Senegal)

Gollar: Vertongen (69), Fellayni (74), SHadli (90) - Xaraguchi (48), Inui (52).

Belgiya – Kurtua, Alderveyreld, Kompani, Vertongen, Mene, de Bryuyne, Vitcel, Ferreyra Karrasko (SHadli, 65), Mertens (Fellayni, 65), Azar, Lukaku.

Yaponiya – Kavasima, Sakai, Yosida, Sedzi, Nagatomo, Xasebe, Sibasaki (Yamaguti, 81), Xaraguti (Xonda, 81), Kagava, Inui, Osako.

Ogohlantirish: Sibasaki (40).



Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика