So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  4 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  25 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

JCH-2014 finalining qahramoni hozir qaerda? Yangiliklar

JCH-2014 finalining qahramoni hozir qaerda?

Nemis futbol ittifoqi texnik direktori Mattias Zammer 2010 yilda uni Germaniya futboli tarixidagi eng yaxshi iqtidorlardan biri sifatida tariflagan.

Mario Gyotce ajoyib tezlik, texnika, dribling va o'ziga nisbatan o'ta yuqori ishonchi tufayli 18 yoshidayoq dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilari qatorida tilga olingandi. U maydon markazi, har ikkala qanotda bir xil o'ynay olishidan tashqari "yashirin to'qqizlik" vazifasini ham alo darajada bajarar edi.

Mario 2010-13 yillarda ajoyib natijalar qayd etgan Yurgen Klopp boshchiligidagi "Borussiya"ning eng muhim va ajralmas bo'laklaridan biri edi. U 2013 yilning yozida "Bavariya"ga ko'chib o'tdi, ammo Myunxenda jamoaning etakchisiga aylana bilmadi. Gyotce aksar holatlarda Frank Riberi, Aren Robben, Tomas Myuller singari futbolchilarga raqobatda yutqazar edi. SHu tariqa uning faoliyatida pasayish yuzaga keldi. 

2016 yilda adashganini tan olib, Dortmundga qaytdi. Biroq, "asalarilar" safidagi parvozi ham dastlabkisi kabi yuksak chiqmadi.

Braziliyada o'tkazilgan mundial finalida g'alaba golini urib, Messi va uning muxlislariga ko'z yoshi to'ktirgan futbolchi so'nggi 2 yilda katta sahnadan butunlay yo'qolib qolgandek tuyulishi mumkin. 

Ammo, u hamon maydonda javlon urishda davom etyapti. 29 yoshli Mario ayni paytda Eyndxovenning PSV klubi sharafini himoya qilmoqda. U Niderlandiya chempionatining o'tgan mavsumida 18 o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 5 gol va 6 ta samarali uzatmani yozdirib qo'ydi.

"Atletiko"dan "Barselona"ga o'tgan Arda Turan hozir qaerda?

Muallif :
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика