Javohir Sohibov: "Qo'lga kiritilgan natijadan xursandmiz"
30 mar 2016 01:16
Yangiliklar


Javohir Sohibov: "Qo'lga kiritilgan natijadan xursandmiz"
"O'yin qiyin kechdi. Asosiysi kutilgan natija qo'lga kiritildi. Terma jamoamizga yangi bosh murabbiy kelganidan so'ng ketma-ket ettita uchrashuvda g'alabaga erishdik va guruhda birinchi o'rin bilan keyingi hal qiluvchi bosqichga yo'l oldik. Bundan albatta xursandmiz. Ketma-ket qo'lga kiritilgan ettita g'alabani kutgandik. Agarda g'alabaga ishonmasang, unda maqsad sari intilolmaysan. SHu bois o'z maqsadimiz yo'lida harakat qildik va albatta g'alabalarga ishongandik. Keyingi bosqich bundanda qiyin kechishi aniq. SHu sababli ikki baravar kuch bilan o'ynashimizga to'g'ri keladi. O'ylashimcha, biz har o'yinda juda yaxshi o'ynadik. To'g'ri, bugun qaerdadir kutilgan o'yinni namoyish etolmagandirmiz. Ammo guruhni juda ajoyib kayfiyatda yakunladik. Har bir o'yin o'zicha qiyin. Samvel Babayanning har bir jamoaga qarshi tayyorlab qo'ygan o'zining alohida taktikalari mavjud. Oldimizda hali etarlicha vaqt bor. Jiddiy tarzda tayyorgarlik olib borib, o'z ustimizda ishlaymiz. Kamchiliklarni esa bartaraf etamiz", - deydi Javohir Sohibov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar