So’nggi yangiliklar

13:11"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми?  0 12:49Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди  0 12:20Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди  0 11:52"Ғаройиб одамлар" фильми режиссёри "Брентфорд" эгаларидан бирига айланмоқчи  0 11:20Тареми Теҳронни тарк этди  3 10:43Томас Мюллер: “МЛСга ўтишим эҳтимолдан холи эмас”  1 10:06"Пахтакор" Қаршида 3 йилдан буён гол ура олмаяпти  9 09:36Эшитдик-да! Ислом Исмоилов тез орада "Нефтчи"да иш бошлайди  28 09:23Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ильгиз Танташев бошқарган учрашувда "Интер" "Ривер Плейт"ни енгиб кейинги босқичга йўл олди  2 08:44"Андижон" охирги маротаба "Хоразм"ни меҳмонда қачон ютган?  5 08:13Гвардиола клублар ўртасидаги ЖЧ олдидан иссиқ ҳақида: "Биз азобланишга тайёр бўлишимиз керак"  3 07:48Лионель Месси Саудия Арабистони клублари билан фаол музокара олиб бормоқда  10 07:30Факт: "Бухоро" 9 йилдан сўнг Олмалиқда ғалаба қозонди  2 06:57Суперлига. Бугундан 14-турга старт берилади  6 02:44Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Боруссия Д” “Ульсан” устидан ғалаба қозониб, гуруҳ пешқадами сифатида кейинги босқичга йўл олди  0

Javohir Sohibov: “Paxtakor” bilan qayd etilgan durang keyingi o'yinlarga ruhan yordam berishi aniq” Yangiliklar

Javohir Sohibov: “Paxtakor” bilan qayd etilgan durang keyingi o'yinlarga ruhan yordam berishi aniq”

Joriy mavsum O'zbekiston Superligasida yo'qotishlarsiz ishtirok etib kelayotgan Toshkentning “Paxtakor” jamoasi kuni-kecha Yaypan shahrida qimmatli ikki ochkoni boy berdi.

Mahalliy “Turon” jamoasiga qarshi kechgan bahsda “sherlar” 1:1 hisobida durang qayd etdi. Etiborlisi “Paxtakor” darvozasiga javob to'pini o'z vaqtida “sherlar” safida porlab chiqqan iqtidorli yarim himoyachi Javohir Sohibov kiritdi. Markaziy yarim himoyachi “Turon” – “Paxtakor” uchrashuvida zaxiradan maydonga tushgan bo'lsada, o'zini ijobiy tomondan ko'rsatib, mezbonlarning o'yinini kuchaytira oldi. Natijada Sohibov saytimiz ijodkorlari tomonidan tuzilgan ramziy terma jamoadan o'rin oldi. SHu munosabat bilan Javohirni suhbatga chorladik.

- Javohir, jamoangiz Superliganing navbatdagi turida o'z maydonida “Paxtakor” bilan durang qayd etdi. Buni ijobiy qabul qilgan bo'lsanglar kerak?
- Albatta, “Paxtakor”dek mamlakatimizning amaldagi chempioniga qarshi durang natija ham yomon emas deb hisoblayman. Umid qilamanki, ushbu qayd etilgan durang natijasi keyingi muhim o'yinlarimizda bizga ruhan dalda beradi.

- Turnir jadvaliga etibor qaratadigan bo'lsak, “Paxtakor” chempionat peshqadami, “Turon” esa yaqqol autsayder ekanini ko'ramiz. Aytingchi durang natijasi nimaning evaziga qo'lga kiritildi?
- O'yindan oldin bu narsaga etibor bermasdan, diqqatimizni o'yinga qaratgandik. Har bir jamoa bilan o'ynash mumkinligini yaxshi anglab maydonga tushdik. Futbolchilarda ishtiyoq yuqori edi. Qolaversa murabbiy tomonidan berilgan ko'rsatmalarni bekamu-ko'st bajarishga intildik. Bundan tashqari darvozabonimiz ham juda yaxshi o'yin namoyish etib, bir necha bor jamoamizni muqarrar gollardan qutqarib qolganini alohida takidlab o'tgan bo'lardim.


 


- Yaxshi bilamiz, “Paxtakor” futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanasiz. Bundan bir necha yillar avval ushbu jamoa tarkibida o'ynab, xatto terma jamoa darajasiga ko'tarilgansiz. Sobiq jamoangizga qarshi murabbiylar sizni zaxiradan maydonga tushirdi. Maydonga tushayotganingizda xayolingizdan nimalar o'tdi?
- Yuzaga kelgan imkoniyatdan unumli foydalanishni, o'zimga bildirilgan ishonchni to'liq oqlash uchun bor kuchimni sarflashim kerakligini o'yladim. Yaratganga shukur, omadim kelib gol urdim va bu orqali jamoamga foyda keltirdim. Bundan xursandman.Nasib qilsa keyingi uchrashuvlarda ham faqat oldinga intilib, “Turon”ni yuqori pog'onalarga ko'taramiz.

- championat.asia saytining talqiniga ko'ra turning ramziy terma jamoasidan o'rin oldingiz. SHaxsan o'zingizni “Paxtakor”ga qarshi ko'rsatgan o'yiningizdan qanchalik ko'nglingiz to'ldi?
- Sayt xodimlarining bunday etiboridan juda xursand bo'ldim. To'g'risi, ramziy terma jamoaga kirishimni kutmagandim. Bunday etirof menga keyingi o'yinlarda qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Ko'rsatgan o'yinimga keladigan bo'lsam, 70-80 foizga qoniqdim. Xudo xohlasa yorqin o'yinlarim hali oldinda.

- Bu yil “Turon”da boshlang'ich tarkibda ko'p ham o'ynamayapsiz. Bu nima bilan bog'liq? Murabbiyning qarorimi yoki sport formangiz hozircha talab darajasda emasmi?
- Ayni damda sport formam ko'ngildagidek deya olaman. Menimcha zaxirada qolib ketishim murabbiyning qarori bilan bog'liq bo'lsa kerak. Bundan tashqari “Nasaf”ga qarshi o'yinni sog'ligim bilan bog'liq muammo tufayli o'tkazib yuborishga majbur bo'ldim.

- Jamoadagi raqobat to'g'risida nima deysiz?
- “Turon”da sog'lom raqobat hukmronlik qilmoqda. Aynan men o'ynaydigan chiziqda tajribali futbolchilar bor. Fozil Musaev, Muzaffar Muzaffarov va Davron Umirov singari o'yinchilar bilan raqobat qilyapman. Raqobatni bo'lgani yaxshi. O'sish bo'ladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика