So’nggi yangiliklar

19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  6 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  1 19:46Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" - "Машъал". Таркиблар маълум  2 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   3 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  5 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  3 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1 15:54Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди  13 15:35"Олимпик"нинг қарзи 3 миллиардга етди, 4 ойдан буён маош йўқ  8 15:20"Тоттенхэм" яна оғзидаги ошни "Арсенал"га олдирмоқда   2 14:55"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади  3

Javohir Sohibov: "Hali Superligada qolish vazifasini bajara olmadik" Yangiliklar

Javohir Sohibov: "Hali Superligada qolish vazifasini bajara olmadik"

Superligada qolish uchun kurashishda davom etayotgan "Surxon" Superliganing 22-turida Jizzaxda muhim uch ochkoga ega bo'ldi.

Termizliklar “So'g'diyona”ga qarshi bahsda kichik 1:0 hisobida g'alaba qozonib, turnir jadvalidagi holatini yaxshilab oldi. Bu g'alabadan keyin “Surxon” turnir jadvalida 23 ochko bilan 11-o'ringa ko'tarildi. Xo'sh, jamoa Superligada qolish vazifasining uddasidan chiqa oldimi? Buni bilish istagida "Surxon" etakchi futbolchisi Javohir Sohibov fikrlariga quloq tutdik. 

- "So'g'diyona"ga qarshi bahs ko'proq qaysi jihatlari bilan yodda qoldi?

- Juda qiyin o'yin bo'ldi. CHunki "So'g'diyona" o'z maydonida yaxshi o'yin ko'rsatadi, oxirigacha kurashadi. Biz esa o'zimiz uchun muhim bo'lgan g'alabani qo'lga kiritdik. Katta ishtiyoq evaziga erishdik. CHunki jamoamizga uch ochko juda zarur edi. 

- Nima deb o'ylaysiz, bu jamoani Cuperligada qolishini anglatadimi?

- Yo'q, albatta. CHunki biz hali vazifani bajara olmadik. Bizni oldinda yanadan qiyin bellashuvlar kutib turibdi. Aynan shu bellashuvlarda ijobiy natijalar qayd etishimiz kerak.

- Jamoangizning qolgan 4 ta bahsi haqida fikringiz qanday?

- Juda qiyin bahslar kutib turibdi. Ko'rib turibsiz, Superligada birorta o'yin oson kechmayapti. Har bir o'yinni o'ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Ishonamanki, biz oldimizda turgan bahslarda ijobiy natija qayd eta olamiz. 

-  Ispaniyalik mutaxassislar jamoani qanchalik o'zgartira olishdi?

-  Ancha yaxshi tomonga o'zgartira oldi. Jamoamiz o'yindan-o'yinga yaxshilanmoqda. Evropacha uslubni qo'llashga intilishmoqda. Bu esa o'z samarasini beryapti.

- Bu yil Superligada kim chempion bo'ladi, deb o'ylaysiz?

- To'g'risi, buni oldindan ayta olmayman. CHunki g'oliblik uchun "Nasaf", "Navbahor" va "Paxtakor" kurashmoqda. Kim kuchli bo'lsa, o'sha chempionlikni tantana qiladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика