Javohir Rasulov: "Superligaga chiqmoqchi bo'lgan jamoa raqib tanlamasligi kerak"
27 noy 2018 18:21
Yangiliklar
Javohir Rasulov: "Superligaga chiqmoqchi bo'lgan jamoa raqib tanlamasligi kerak"
"Istiqlol" - "Nurafshon" (2:1) uchrashuvidan so'ng farg'onaliklar yarim himoyachisi Javohir Rasulov "Championat.asia” saytiga intervyu berdi.
Bugungi o'yin qiyin bo'lishini bilardik - deydi Javohir Rasulov. Jamoadoshlarimiz bor imkoniyatlari bilan harakat qilishdi. Jamoaviy o'yin va murabbiylarimiz tomonidan tanlangan o'yin uslubi evaziga bugun g'alaba qozondik.
Jarohatim tufayli bir mavsum davomida futbol o'ynay olmadim. Mana endi asta-sekin o'z o'yinimni topib borayapman. Nasib qilsa o'z o'yinimni yanada kuchaytirib, "Istiqlol" jamoasini Superligaga olib chiqishga harakat qilamiz. Endi Superligaga chiqmoqchi bo'lgan jamoa raqib tanlamasligi kerak. Superliga yakuniy turida bizning raqibimiz aniqlanadi. Muxlislarimiz bizni qo'llab-quvvatlab turishsa, biz Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishga harakat qilamiz.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar