So’nggi yangiliklar

01:23Суҳроб Иззатов: "Бир метрдан очиқ дарвозага ҳам тўп кирмаяпти"  1 00:54Зоир Жўрабоев: "Суперлигада учта гол урганман ва уларнинг барчаси "Бунёдкор" дарвозасидан ўрин олган"  0 00:39Луис Качорри: "Бугун "Бунёдкор" билан ўз майдонимиздаги сўнгги ўйиним бўлиши мумкин"  0 00:17Одил Ҳамробеков биринчи даврада унга энг кўп қийинчилик туғдирган футболчи кимлигини айтди  0 00:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. "Фламенго" - "Бавария" баҳсининг асосий таркиблари маълум қилинди  4 23:48Элдор Мойлиев: "Яккакурашларда ютқазсангиз, ҳеч қанақа тактика ёрдам бермайди"  0 23:33Михаил Еремчук: "Ғалаба учун аввало футболчиларга раҳмат"  2 23:30Суперлига. "Бухоро" ва "Бунёдкор"дан камбэк  1 23:14Иван Бошкович: "Ҳеч кимнинг бошини ёрмоқчи эмасман. Биз бундай ҳолатларга тайёр бўлиб боряпмиз"  3 22:56Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Интер Майами"га имконият қолдирмади  167 22:45Илёс Зейтуллаев: "Бундай ажойиб ҳиссиётларни фақатгина футбол бера олади. Носир Абдусаломовни ўтган йилдан бери кузатиб келаман"  2 22:15Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Шри-Ланкани 10:0 ҳисобида тор-морт этди. Нилуфар Қудратовадан "покер"  1 21:55Суперлига. "Бухоро" камбек амалга ошириб, "Шўртан"ни мағлуб этди   13 21:18Моуриньюга "Манчестер Сити" ҳимоячиси керак  0 20:56"Бунёдкор" суперкамбэк эвазига "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  15

Javohir Rasulov: “G'alabali seriyani davom ettirmoqchimiz” Yangiliklar

Javohir Rasulov: “G'alabali seriyani davom ettirmoqchimiz”

“Neftchi” hamda “Qo'qon-1912” (2:1) jamoalari o'rtasidagi bahsdan so'ng mezbonlar vakili Javohir Rasulov “Neftchi” matbuot xizmatiga intervyu berdi.

-  Derbiga yuqori kayfiyatda etib kelgandik. Maydonga raqibni mag'lub etishga ishongan holda tushgandik va vazifani uddaladik. “Qo'qon-1912” jamoasini jamoaviy o'yin hisobiga taslim qildik deb o'ylayman. Aytish kerakki, derbida “Neftchi” Qo'qon jamoasiga qaraganda kuchliroq o'ynadi. O'tgan yili qo'qonliklar bizni o'z uyimizda mag'lub etishgandi. SHu sababli ham bellashuvda g'alaba uchun jiddiy kurash olib bordik. Albatta g'alaba qozonganimizdan juda xursandman. Bizni oldinda oson bo'lmagan bahslar kutib turibdi. Mazkur uchrashuvlarda ham g'alaba qozonib, muvaffaqiyatli seriyani davom ettirmoqchimiz. SHu o'rinda bizni “Istiqlol” stadionida qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga katta rahmat aytmoqchiman. Ularning daldasi biz uchun har doim muhimdir.

Raqib haqida ham yomon fikrda emasman. “Qo'qon-1912” jamoasi “Neftchi” maydonidan ochko olib ketish uchun jiddiy kurashdi. Raqib safidagi Otabek Haydarov va Otabek Zokirov kabi yuqori saviyadagi futbolchilar borligini aytib o'tishim mumkin. SHuningdek, Abdulloh Olimov bahs davomida jamoamiz etakchisi Mansur Saidovga yaqqol bog'lanib o'ynadi va shu sababli ko'plab vaziyatlarda hujum tashkil qilishda muammoga duch keldik. “Qo'qon-1912” -  yaxshi  jamoa. Ularga faqat biroz omad etishmayapti.  Qo'qon shahri klubiga keyingi bahslarda omad tilab qolaman, - deb fikrlarini yakunladi Javohir Rasulov.

Eslatib o'tamiz, Oliy liga 11-tur doirasidagi “Neftchi” – “Qo'qon-1912” o'yinida maydon egalari SHukurali Po'latovning ikki to'pi evaziga g'alaba qozonishdi.

“Neftchi” matbuot xizmati

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика